Главная / Madaniyat / Gunohlarim kechirilmaydi deb uylayapsanmi?

Gunohlarim kechirilmaydi deb uylayapsanmi?

grehiKuplab gunoh va fahsh ishlarni qilganni Alloh kechirishi qiyin deb uylovchiga quyidagi “Yuz kishini uldirganning tavbasi” hadisini keltiramiz. Abu Said Sad ibn Molik ibn Sinon al-Khudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlardan oldingilar ichida 99 ta jonni uldirgan bir kimsa bor edi. U er yuzi ahlining eng bilimdon kishisini surishtirdi. Uni bir rohibga dalolat qilishdi. U rohibning oldiga keldi va uzining 99 ta jonni uldirganini, tavba qilishiga imkon bor-yuqligini suradi. Rohib: “Imkon yuq” deb javob berdi. Shunda boyagi kimsa rohibni ham uldirdi va sanoqni 100 taga etkazdi. Keyin yana er yuzining eng ilmli kishisini surishtirdi. Uni bir olim kishiga dalolat qilishdi. U borib, uzining 100 ta jonni uldirganini, endi tavba qilishiga imkon bor-yuqligini suradi. Olim: “Imkon bor. Sen bilan tavba orasini kim tusa oladi?! Sen falon erga bor. U erda Alloh taologa ibodat qilayotgan insonlar bor. Ular bilan birga ibodat qil. Uz eringgga qaytma. Chunki, u yomon joy ekan” deb javob berdi. Boyagi kimsa aytilgan tomonga junadi. Yarim yulga etganda, ulim farishtasi unga etib oldi (vafot etdi). Shunda u odam khususida rahmat farishtalari bilan azob farishtalari tortishdilar. Rahmat farishtalari: “Bu odam tavba qilgan holda qalbi bilan Alloh taolo sari ketayotgan edi” deyishdi. Azob farishtalari: “Bu odam (umrida) hech yakhshilik qilmagan” deyishdi. Shunda ularning yoniga bir farishta odam suratida keldi. Farishtalar uni bu ishga hakam qildilar. U: “Sizlar uning yashagan joyi bilan bormoqchi bulgan joyini ulchab kuringlar. Bu odam qaysi tarafga yaqinroq bulsa, usha tarafga hukm qilinadi” dedi. Farishtalar ulchab kursalar, u odam bormoqchi bulgan tarafiga yaqin ekan. Darhol uning ruhini rahmat farishtalari olib ketdilar”. Muttafaqun alayh.
Bir rivoyatda: “U odam bir solih qishloqqa bir qarich yaqinroq ekan. Shuning uchun usha qishloq ahlidan deb etibor qilindi” deyilgan.
Boshqa bir rivoyatda esa: “Alloh taolo bu erga: “Bu odamdan uzoqlash” deb, bunisiga esa “Bu odamga yaqinlash” deb vahiy qildi va ularning orasini ulchanglar” deb buyurdi. Farishtalar ulchashsa, u odam bunisiga yaqinroq ekan. Bas, uning gunohlari magfirat qilindi” deyilgan.
Darhaqiqat, u odam bilan tavbaning orasini tusishga kimning haqqi bor?! U odamni tavbadan mahrum qilishga kimning huquqi bor?! Ey kup gunohlar sodir etgan kishi! Sen uzingni rivoyatda keltirilgan, Alloh tavbasini qabul qilgan kimsadan ham gunohkorroq deb bilasanmi?! Unday emas, tugrimi? Nega unda umidsizlikka tushmoqdasan?!
Alloh taoloning ushbu suzini yakhshilab uylab kur: “Ular Allohga qushib, boshqa “iloh”ga iltijo qilmaslar va Alloh uldirishni man etgan jonni nohaq uldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlar)ni (imonsiz holda) qilsa, gunohga (uqubatga) uchrar, qiyomat kunida unga azob bir necha barobar ziyoda qilinur va u joyda khorlangan holida mangu qolur. Illo, kimki (shu dunyoda) tavba qilsa va imon keltirib, yakhshi amal qilsa, bas, Alloh ana ushalarning yomonlik (gunoh)larini yakhshilik (savob)larga aylantirib quyar. Alloh magfiratli va rahmli Zotdir” (Furqon, 68-70).
Gunohning savobga aylanib qolishi qanday mano kasb etishi khususida turlicha tafsirlar bor. Masalan, sobiq gunohlari tavba bilan uchib, urniga savobli ishlarni qilish bilan; gunoh qilish qobiliyati savobli ish qilish qobiliyatiga aylanishi bilan; Allohning tavfiqi sababli toat-ibodat va khayrli ish qilishga utish bilan va hokazo. Hadisda bazi muminlarning kabira gunohlari kechirilib, sagira gunohlari hasanotga aylantirilishi haqida bashorat qilingan.
Oyatdagi “Alloh ana ushalarning yomonlik (gunoh)larini yakhshilik (savob)larga aylantirib quyar” jumlasi senga Allohning buyuk fazlini bayon qilmoqda. Ulamolar bu erdagi tabdil (aylantirish)dan murod 2 khil tabdil deydilar.

1. YOmon sifatni yakhshi sifatga aylantirish. Masalan, shirkni iymonga, zinoni iffatga, yolgonni rostga, khiyonatni omonatga va hokazo.

2. Qilingan yomonlikni qiyomat kuni yakhshiliklarga aylantirish. Bunday fazldan kura buyukrogini biror joyda kurganmisan?!

Nozimjon Iminjonov

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …