Главная / Madaniyat / ALLOH SABR QILUVChILAR BILAN BIRGA

ALLOH SABR QILUVChILAR BILAN BIRGA

sabrAllohu taolo inson zotini barcha jonzotdan afzal qilib yaratdi. Uni aql va idrok sohibi qildi. Unga behisob nematlarini berdi. Shu bilan birga uni sinovlar bilan imtihondan utkazishni ham iroda qildi. Haqiqiy mumin kishi hayotida uchraydigan barcha salbiy holatlarga sabr-toqat qiladi va Parvardigoridan buning evaziga ajr-savob ato qilishini suraydi. Bu haqda hazrati Paygambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) mumin kishi sifati haqida bunday deganlar: “Agar muminga khursandchilik etsa, shukr qiladi. Bu unga khayrlidir. Agar unga biron zarar etsa, sabr qiladi. Bu ham unga khayrlidir”(Imom Ahmad va Muslim rivoyati).
Mumin kishi imon-etiqodidan kelib chiqib, hayotning barcha ogir sinovlari, turli musibatlar, betobliguyuqotishlarga sabr qilishi natijasida Alloh taoloning ulkan mukofotlariga sazovor bulishini quyidagi oyati karimalar misolida kurishimiz mumkin: “Sizlarni biroz khavf-khatar, ochlik (azobi) bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yuli bilan sinagaymiz. (Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga khushkhabar bering (ey Muhammad)! Ularga musibat etganda: “Albatta, biz Allohning ikhtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz”, deydilar. Aynan ushalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (magfirat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvchilardir”(Baqara, 155 – 157).
Demak, sabr qilish – ulug fazilat ekan. Sabrning manosi har qanday holatda inson uzini ushlab va tukhtatib turishidir. Sabrning yana bir manosi biror narsani kutib turishdir. Zero, sabr qilish muvaffaqiyatlar va saodatlar garovi ekanini barchamiz yakhshi bilishimiz zarur ekan. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ey imon keltirganlar! Sabr qilingiz, bagrikeng bulingiz va (Alloh yuliga) takht bulib turingiz va Allohdan qurqingiz, zora (okhiratda) najot topsangiz!”(Oli Imron, 200).
Paygambarimiz Muhammaddan (sollallohu alayhi va sallam) rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday deyiladi: “Sabr qiyinchiliklarni berkituvchi va bakhtsizlikda yordamchidir”. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) shunday deydi: “Qiyinchilikka sabr qilish eng yakhshi choradir”.
“Sabr” lafzi umumiy bulib, bir qancha fazilatlarni jam qiladi va ular turli ismlar bilan nomlanadi. Masalan, urushda sabr qilishlik shijoat deb ataladi. Turli musibatlarga sabrli bulganni qalbi keng va matonatli kishi deyiladi. Bu haqda Hujjatul Islom imom Gazzoliy keng malumot berib bunday deydi: “Sabr agar qorin va farj shahvatida bulsa, u iffat deb ataladi. Biron-bir yomonlikka sabr qilish bulsa, umumiy sabr nomi berilgan. Imonga taalluqli ahloqlarning aksari ham sabrga tegishlidir. Zero, Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) bir gal imon haqida surashganida, “Imon sabrdir”, deb javob qilganlar. Chunki imonning kupgina ulug amallari sabr bilan buladi”.
Inson uz tabiatiga kura boshiga biron-bir musibat tushsa, gam chekadi, khafa buladi. Bu tabiiy, insoniy hissiyotdir, ayb hisoblanmaydi. Ammo bu hissiyotga qattiq berilish, natijada haddan ziyod dod-faryod qilish va uzini yuqotib quyish nojoiz amal hisoblanadi. Balki sabrli kishiga eng munosibi chiroyli sabr qilishi va uziga etgan musibatdan aslo shikoyat qilmasligidir. Yusuf surasida esa Yaqub (alayhissalom) tillarida chiroyli sabr qilish zikri ikki marta kelgan.
Hazrati Rasul akram (sollallohu alayhi va sallam) sabrning darajasi va urniga baho berib, bunday deganlar: “Sabr ziyodir”. Boshqa bir hadislarida esa: “Sabr imonning bir bulagidir”, deb aytganlar.
Quroni karimda sabr va uning fazilati tugrisida juda kuplab oyati karimalar mavjud. Imom Ahmad (roziyallohu anhu) shunday deydi: “Quronning tuqson erida sabrning zikri kelgan. “Sabr qil” kalimasi un tuqqiz marta takrorlangan”. Quroni karimning yuzdan ziyod urnida sabrga chorlovchi amrlar, sabr qiluvchilarga buladigan ulug savoblar haqida suz yuritilgan. Masalan, Alloh taolo amr qilib bunday degan: “Sabr qiling! Bas, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoe qilmagay”(Hud, 115).
Bundan tashqari, Alloh taoloning “Sabr qilinglar”, degan amri olti marta zikr qilingan. Shuning uchun ham ulamolar yakdillik bilan sabr qilish har bir kishiga vojibdir, deyishgan. Zero, imonning yarim bulagi sabr bulsa, qolgan yarmi shukr qilishdir. Sabrning darajasi shu qadar ulugki, hatto Alloh taolo uni Uzining sifatlaridan biri qilgan. Zero Alloh taolo chindan ham “Sabur”dir, yani osiylarni gunohi uchun darhol jazolamaydi. Hadisi qudsiyda “Darhaqiqat Men Saburdirman”, deb rivoyat qilingan.
Shuningdek, Quroni karimda sabr Paygambar va elchilarning sifati ekani ham zikr qilinadi: Alloh taolo khabar berib aytadi: “Ismoil, Idris va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qiluvchilardandir!” (Anbiyo, 85).
Alloh taolo Quroni karimda sabrni bir necha urinlarda qiyinchilik va musibatlarga bardosh berishga qodir irodali va azmiyati qatiy kishilar bilan birga zikr qilib, bunday deydi: “Yuzlaringizni Mashriq va Magrib tomonlariga burishingiz (ibodat qilishingizning uzi tula) yakhshilik emas, balki Allohga, okhirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, paygambarlarga imon keltirgan, uzi yakhshi kurgan molidan qarindoshlariga, etimlarga, miskinlarga, yulovchiga, tilanchilarga va qullarni ozod qilish yulida beradigan, namozni tukis ado etib, zakotni tulab yuradigan kishi va kelishilgan ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek, ogir-engil kunlarda va jang paytida sabr qiluvchilar yakhshilik (ahli)dir. Aynan ushalar (imonlarida) sodiqdirlar va aynan ushalar taqvodordirlar”(Baqara, 177).
Hadisi sharifda ham bunday zikr qilingan: “Qiyinchiliklarga sabr qilishda juda kup yakhshilik mavjud”.

    Alloh taolo sabrga va sabr qiluvchilarga beriladigan ajru-mukofotlar ham ulug bulishini va sobir kishilar jannat ahlidan bulishlari bashoratini berib bunday degan: “(Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga khushkhabar bering (ey, Muhammad)!”(Baqara, 155).
Quroni karim oyatlari sabr qiluvchiga beriladigan mukofot nihoyatda ulug va kafolatli ekanini takidlab, bunday khabar beradi: “Sizlarning huzuringizdagi narsalar tugab ketur. Alloh dargohidagi narsalar esa boqiydir. Biz, albatta, sabr etganlarni uzlari qilib utgan guzal (solih) amallari barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz” (Nahl, 96).
Darhaqiqat, Alloh taoloning beqiyos fazlu karami bilan sabr qiluvchilarga beriladigan ajru-savoblar chegarasiz ekanini quyidagi oyati karimada: “…Albatta, sabr qiluvchilarga (okhiratda) mukofotlari behisob berilur”(Zumar, 10).
Barchalarimiz mazkur oyati karima va hadisi shariflar mano va mazmuniga muvofiq hayotda bazan uchraydigan qiyinchiliklar va dunyo musibatlari oldida sabr-toqatli, qanoatli va chidamli bulishimiz lozimdir.
Sabr-toqatli bulishni taqozo etadigan ishlardan biri – bu farzand tarbiyasiga doir sanaladigan talim masalasidir. Farzandlarni yoshlik davrlarida ilmli-bilimli bulib etishishlari uchun faqat uqituvchilarning uzi kifoya qilmaydi. Ota-ona maktabga qatnab talim olayotgan farzandlarini doimiy nazoratga olishlari lozim. Ularning davomati, darslarini uzlashtirishlari, uquv jarayonida uchraydigan barcha muammolarni uz vaqtida hal qilish harakatida bulishlari – bularning hammasi ota-onadan sabr-bardosh, mehnat va himmat talab qiladi. Uqish yillarida farzand va nabiralarimizning chuqur bilim va kasb-hunarlarni egallashlariga jiddiy etibor berish har birimizning sharafli vazifalarimizdandir.
Alloh taolo barchalarimizni sabrli bandalardan aylab, ikki dunyo saodatiga musharraf qilsin!

Muslim ATAEV,

Uzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bulimi khodimi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …