Главная / Madaniyat / Nima uchun “Ommaviy madaniyat” ni niqob deymiz?

Nima uchun “Ommaviy madaniyat” ni niqob deymiz?

havaskhon-akbarovaTabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida akhloqiy buzuqlik va zuravonlik, individualizm, egosentrizm goyalarini tarqatish, kerak bulsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa khalqlarning necha mingyillik anana va qadriyatlari, turmush tarzining manaviy negizlariga bepisandlik, ularni quporishga qaratilgan khatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay quymaydi.

Islom Karimov

Bugun yoshlarimiz uziga khos “tushunchalar urushi” sharoitida yashamoqdalar. “Ommaviy madaniyat” ota-bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq” degan narsalarini “qora” deb uqtirmoqda. Bugungi kunda “Ommaviy madaniyat” jamiyat orasida quyidagi galati odatlarni vujudga keltirmoqda:

• yangi tugilgan chaqaloqni tugruqkhonadan birqancha dabdabali mashinalarda, suratkashlaru karnay – surnaychilarni yollab uzining boyligini kuz – kuz qilgan holda olib chiqish

• dabdabali tuylar qilish

• mahobatli uylar qurish

• ayollarning tuydan avvalgi va keyingi turli – tuman yangicha tadbirlari

• tuy kuni sanoqsiz va qimmatbaho mashinalar bilan kelin – kuyovning sayrga chiqishi va hokazo

“Ommaviy madaniyat”, shuningdek, jamityaga bir qator illatlarni odat tusiga kiritmoqda. Kashandalik:

• AQShda 13 yoshgacha bulgan usmirlarning 6 milliondan kupi chekadi.

• Passiv chekish natijasida 200 mingdan 1 milliongacha bulgan bolalarda astma kasalligi ogir shaklda kechadi.

• Har yili bolalarda pnevmoniya, bronkhit kabi yuqumli kasalliklarning soni 150 – 200 mingni tashkil qiladi. U asosan 18 oygacha bulgan yangi tugilgan va yosh bolalarda uchraydi.

• Bundan 10 yil avval qilingan hisob-kitoblarga kura sayyoramizda 40 foizdan kup kashanda bor ekan. Ular bir soniyada 300 ming dona, 1 yilda esa 12 mln. sigaret chekishar ekan.

• Kashandalar dastidan bir yilda salkam 700 tonna sinil kislota, 400 ming tonna ammiak, 600 ming tonna qoramoy va 100 ming tonna chekilgan sigaretadan atmosferaga zahar tarqalar ekan

Bir bulgan voqea bu illatning jamiyat orasida odatiy tus olganidan darak beradi. 2011 yil. Kuz fasli. Ayni pakhta terimining avj pallasi. Toshkent viloyatidagi tumanlardan birida pakhta terimiga hasharga bordik. Usha erlik Nasiba degan qiz bilan yonma – yon juyakka tushib qoldim. U qiz mendan sigareta suradi. Men hazil aralash: “Biz – yoshlar soglom turmush tarzi tarafdorimiz!” dedim.

– Chekmaysizmi? – dedi haligi qiz.

– Yuq, – dedim.

–Mazza – ku. Asabingiz buzilganda nima qilasiz?

– Birinchidan, oz munchaga asabim buzilavermaydi, ikkinchidan, asab buzilganda chekish kerak degan qoida ham yuq.

– Meniki kecha tugab qoluvdi, bugun ololmadim. Kollejda 3 – bosqichligimda urgangan edim. Mana ikki yildan beri tashlolmayman.

– Uyingizdagilar biladimi?

– Yuq. Usha kursdoshlarimdan boshqa hech kim bilmaydi. Siz ham bilmasdingizu, chidamay ketdim – da.

– Turmushga chiqsangiz nima qilasiz?

– Kelinoyim uzi bilmagan holda urgatib quydi. Uning aytishicha, khomiladorlik paytida eriga nima khohlayotganini aytsa, eri muhayyo qilar ekan. U ham turk kabobini egisi kelayotgan ekan. Akam har kuni yo uyga turk kabob olib keladi, yo kelinoyimni markazga olib borib keladi. Men ham shu yulni tutmoqchiman.

– Nima qilmoqchisiz?

– Nima qilardim. Khomilador bulgunimcha bir amallab turaman – da, undan keyin sigaret chekkim kelyapti, chekmasam bulmaydi, deyman.

– Bolangizni uylaymaysizmi?

– Bir gap bular. Men ketdim, pakhtamni topshirib, birortadan sigareta olay…”.

Tor va ochiq kiyinish zararlimi?

Yaqinda buyragim ogrib, shifokorga bordim. Bemorlar navbatda turishibdi. Navbatim keldi. Tekshirtirdim. Tosh bor ekan. Shifokor buyragimdagi toshni tushirish uchun bir necha kun muolaja olishim kerakligini aytdi. Shu orada uni gapga soldim:

– Bu, men bir uzimmikanman desam, buyragi kasallar ham kup ekanmi?

– Ha. Keyingi paytda ancha mijozlarimiz kupayib qoldi.

– Bir sizgami yoki hammagami?

– Umuman, mana shunaqa menga ukhshagan shifokorlarga-da. Etibor bergan bulsangiz, bemorlarning 80%i ayollar, – dedi shifokor takidlab.

– Haqiqatan ham shunday ekan. Nega bunaqa?

– Okhirgi vaqtlarda ayollarimiz modadan qolmayin, deb tor va ochiq kiyimlar kiyishni odat qilishdi. Kupchiligi belini nozik qilib kursatish uchun turli tasmalar taqib yurishadi. Bilmaydiki, tasma aynan buyrakning ustiga qadaladi va uni qisib turadi. Aksariyat ayollar esa kindigini ochib yuradi. Ayollarda ayniqsa kindik shamollashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi, desa ham buladi. Undan tashqari, kiygan koftalari aynan mana shu buyrak ustiga kelganda etmay qoladi. Qarabsizki, uch-turt yil yoki keyinroq buyrak shamollashi kasalligini orttirib turibdi – da. Shuning uchun, qizlarimni ham har kuni ertalab ishga va uqishga uzim kuzataman. Qanday kiyim kiyganiga etibor beraman. Modasiga qarshi bulmasam ham, sogligini saqlash uchun ota sifatida javobgarman.

Demak, buyrakning shamollashi kiyinishga bogliq ekan – da? Faqat buyrak shamollashi emas, boshqa kuplab kasalliklar ham aynan notugri kiyinishdan kelib chiqadi.

Sukinishlar

Yaqinda bir dustim uquvchilarining telefonidan kuchirib olgan videolavhani kursatdi. Unda poytakhtdagi oliy uquv yurtlaridan birida dars jarayonidagi talaba qiz va domlaning uzaro munosabati kursatilgan. Talaba qiz domlaga shunday sukinayaptiki, erkaklar uyalib ketyapti. 2012 yil. YOz. “Farhod” bozori. Bozorga kirib ketayotgan edim, yulakda olomon tuplangan. Kimningdir baqirigi eshitilayapti: “he, onangni…”, “Sen, iflos, da…, pi…., falon…. falon qilay!”, “Men bilan hazillashmagin, onangni Uchqurgondan kursatvoraman!” Khullas, ogziga olmagan gapi qolmadi. Eng qizigi u ayol kishi edi. Boshqa bir ayolni dupposlayotgan ekan. Jabrlanuvchi girt mast. Oyogida turolmaydi. Uning ham ogzidan bodi kirib, shodi chiqyapti.

Starizm nima?

Starizm – subektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish. YOsh yigit – qizlarning shakhsiy khonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el qushiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet ellik sportchining bir necha yuzlab rasmlarini devorlarga yopishtirib tashlaganiga kuzingiz tushadi. Eng qizigi ular ana shu qahramonlarining rasmini yaqin kishilaridan ham ustun quyishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, “Bu sendan qimmat turadi, nega yirtding!?” deb udagaylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari och qolsa ham non olmasdan uzlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto uzgalarga shikast etkazishdan ham.

Tatuirovka nima?

Badanga turli khil shakllarni chizish va chizdirish Islom dinida katta gunoh hisoblanadi, – deydi Imom Bukhoriy khalqaro markazi hadisshunoslik bulimi mutakhassisi Nodirjon Qobilov. – Bu amallar milliy uzligimiz va urf-odatlarimizga ham tugri kelmaydi. Na uzligimizga va na dinimizga tugri keladigan, iymonimiz, jismimizga zarar keltirishdan boshqa narsaga yaramaydigan bunday manfur amaldan uzimizni va boshqalarni asramogimiz lozim.

Tarikhiy kitoblarda yozilishicha, tatuirovka ashaddiy jinoyatchilar uchun jazo vositasiga aylangan. Ammo qaysi manbani qidirmang, khalqimiz utmishida tatuirovka tugrisida biror malumot topilmaydi.

Bir jinsli nikoh

“Odamni hayvondan ajratib turuvchi narsa ongli ravishda pokiza oila qurish. Oila deganda biz er va ayolning birgalikda turmush qurishini tushunamiz. Lekin erkak bilan erkakning, ayol bilan ayolning turmush qurishini «oila» deb atab bulmaydi. Urgochi bilan urgochining, nar bilan narning qushiluvi hayvonlarda ham yuq.

Erkakning erkakka intilishidan jamiyat nafratlanib kelgan, kupayishiga yul quymagan… Endilikda esa bunday «oila» qurishga turli mamlakatlarda qonun yuli bilan rukhsat berilmoqda. Eng dahshatlisi shundaki, ularga bola boqib olishga ham rukhsat etilyapti”. Tabiiy savol tugiladi: “Ular boquvidagi bola qanday tarbiya kuradi, kim bulib etishadi?” Ular boqqan bola ota – onam deb emas, balki yo ona – onam yoki ota – otam deb katta buladi. Uning manaviyati qay darajada bulishi haqida esa uzingiz khulosa qilavering.

Kheppining

Kheppining (vahshiyona «kungil ochish»lar). Bu kabi voqealar bizning yurtimizda deyarli kuzatilmaydi. Lekin “ommaviy madaniyat” mahsuli bulgan film va uyinlarning yurtimiz sarhadlaridan yashirinib, sezdirmay kirib kelishi va ularni yosh avlod tomonidan qabul qilinishini bizning mamlakatimizda ham kheppining bulishiga sababchi bulishi ehtimoldan holi emas. Ogoh bulaylik.

Jamiyat manfaatlarini mensimaslik

Nikoh kuni mashinalar karvonini uyushtirish odatini ana shunday illatlardan biri sifatida keltirish mumkin. Chunki birgina kuyov va kelin uz manfaati deb butun shahar yullarida harakatlanayotgan yulovchi avtoulovlarga khalaqit beradi. Tuylardagi mashinalar karvoni kundan-kunga kengayib bormoqda. Bu esa uziga yarasha noqulaylik va ayrim holatlarda fojealarni keltirib chiqarmoqda. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik illatiga yana kuplab misolar keltirish mumkin.

Nigilizm

“Nigilizm” lotincha “Nihil”, yani “hech nima”, “hech narsa” suzidan olingan. Nigilizm – jamiyatning akhloqiy, manaviy norma va ustunlari, tarikhiy hamda madaniy qadriyatlarining inkor etilishi; umumetirof etilgan, obektiv qadriyatlarga nisbatan mutlaqo salbiy hamda uta tanqidiy munosabatda bulish; muayyan hodisaga nisbatan bir yoqlama, kelishuvni rad etgan tarzda munosabat bildirish; buzgunchilik goyalarini uzida ifodalash. Nigilizmning mohiyati manaviy qadriyat va meyorlar tusigini urtadan kutarib tashlab, kungil tusagan hamma ishni qilishga chaqiradi.

Skeptisizm

Dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga oluvchi talimotlardan biri. Skeptisizm – bilimdan kura hissiy idrokni ustun quyish va shu asosda ish tutish. Yani ular bilim va tajribalar asosida emas, balki uzlarining his – tuygulari asosidagina ish kurishni khohlovchilardir.

Sinizm

Beadablik – asosiy maqsad emas, omadga erishish vositasi, kholos. Zarurat tugilganda uz prinsiplaridan chekinmaslik oqibatida inson bir umr aziyat chekib, uz behayoligi evaziga qulga kiritilgan erkidan shikoyat qilib utishi mumkin. Bunday beadabliklardan biri – yigit kishining uziga bino quyib, tuydan avval biror qizning nomusini toptashi yoki qiz bolaning uz nomusini toptalishiga yul ochib berishidir.

Vandalizm

Madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vahshiylarcha vayron qilib, oyoq osti qilish, yuqotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlik. Bugun bir haqiqatni sira ikkilanmasdan, baland ovoz bilan aytish uchun barcha asoslarimiz bor: “Istiqlol yulida qanday suronli kunlarni, qiyinchilik va tusiqlarni engishga tugri kelmasin, yurtimizga nisbatan qanday khuruj, zugum va pupisalar bulmasin, biz eng ogir va mashaqqatli damlarda ham mustaqillik goyasiga sodiq qolib, uzbekiston manfaatini hamma narsadan ustun quyib, uz tanlagan yulimizdan qaytmadik va bu yuldan hech qachon qaytmaymiz”

Jamiyatdagi illatlar bartaraf etilmas ekan, yoshlar yorug istiqbolidan umid qilmasa ham buladi. YOshlar tarbiyasida jismoniy poklik va qalb pokligi bir – biriga mutanosib olib borilsagina, ijobiy natijaga etishish mumkin.

Havaskhon AKBAROVA
Khadichai Kubro ayol – qizlar urta makhsus islom bilim yurti talabasi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …