Главная / Iqtisodiyot / Tulov terminallari ijarasi va plastik kartochkalar buyicha tulovlar ham sumga utkazildi

Tulov terminallari ijarasi va plastik kartochkalar buyicha tulovlar ham sumga utkazildi

Markaziy bank Uzbekiston banklar Assosiasiyasi bilan hamkorlikda sum plastik kartochkalari vositasida banklararo chakana savdo tizimida mijozlarga khizmat kursatishda tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari uchun tavsiya etilgan tarif rejasiga bir qator qushimchalar va uzgartirishlar kiritdi, deb khabar qiladi Markaziy bank rasmiy sayti.

xndprjwpww5rdbbvga76uuf12bjxqsqr

Kiritilayotgan uzgartirishlar va qushimchalar davlatimiz rahbarining «Pul aylanmasi va bank plastik kartochkalari vositasida hisob-kitoblarni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi Qarori va «Valyuta siyosatini liberallashtirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari tugrisida»gi Farmoni doirasida qabul qilingan. Yangi tarif rejasiga kura, yuridik shakhslar va khususiy tadbirkorlar uchun tulov terminallarining ilgari 5 va 2,5 evrogacha miqdorda bulgan ijara tulovi endi sumga utkazildi va mos ravishda 25 ming va 15 ming sumni tashkil etadi.

Oldingi tarif rejasiga kura jismoniy shakhslarga yuqotilgan yoki buzilgan plastik kartalar urniga yangisi berilganida 5 evro miqdorida tulov olinar edi, yuridik shakhslar va khususiy tadbirkorlardan olinadigan tulov miqdori 10 evrogacha bulardi. Endi bu khizmat uchun jismoniy shakhslardan 10 ming sum, yuridik shakhslar va khususiy tadbirkorlardan 15 ming sum olish tavsiya etilmoqda.

Ilgari yuridik shakhslar va khususiy tadbirkorlar uchun korporativ plastik kartochka emissiya qilinganida tijorat banklari 5 evrogacha bulgan miqdorda komissiya haqi olar edi. Endi yangi tarif rejasi buyicha ushbu khizmat uchun tavsiya etilgan miqdor 15 ming sumni tashkil etmoqda.

Avvalgidek, jismoniy shakhslar uchun (oylik ish haqi, pensiya, stipendiya va oilaviy kharajatlar uchun) plastik kartochkalar emissiya qilinganida, shuningdek ularni qulflash yoki qulfdan echish (jumladan, «stop-list» ruykhatiga qushish) uchun tulov olinmaydi.

Tijorat banklari bank kartalari foydalanuvchilari tomonidan qiziqishni kuchaytirish uchun turli ragbatlantiruvchi bonuslar, diskont va mukofotlash khizmatlarini joriy etish amaliyotini davom ettirishadi.

Яна маълумот

Rj1axTqfRwTjCISEOyi1jmaKQK8ga0NG

Captiva 5 narkhi nech sum elon

«Saptiva 5» 221 mln 691 ming sumdan 309 mln 900 ming sumgacha narkhda sotuvga chiqariladi. …