Главная / Madaniyat / Fajr surasi

Fajr surasi

fajrNozil bulgan joyi: Makka.
Oyatlar soni: 30.
Tartib raqami: 89.
Sura nomining manosi: tong.

Bismillahir rohmanir rohiym!

1. Tongga qasam…
Alloh taolo bu oyatda tong bilan qasam ichmoqda. Malumki, tong otishi bilan zulmat chekinib, kun yorishadi. Bu narsa Alloh taoloning cheksiz qudratiga dalolatdir.
Mujohid mazkur oyat haqida: “U har kungi tong emas, qurbonlik kunining tonggidir”, degan (Ibn Abu Hotim rivoyati).

2. Va un kechaga qasam…
Bu erda Alloh taolo zulhijja oyining birinchi un kunligi bilan qasam ichmoqda. Mana shu kunlarda qilinadigan amallar Alloh nazdida eng sevimli sanaladi.
Ibn Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Alloh uchun (zulhijja oyining) un kunida qilinadigan amal boshqa kunlarda qilinadigan amallardan afzalroq va sevimliroqdir. Bas, (usha kunlarda) tahlil, takbir va hamdlarni kupaytiringlar!” (Ahmad va Bayhaqiy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih).

3. Juft va toqqa qasam…
Oyatda, yaratilgan jamiki makhluqotlar orasidagi juft va toq narsalar kuzda tutilmoqda . Zero, biron mavjudot yuqki, u juft qilib yaratilmagan bulsa. Faqat Alloh Yagonadir. Ibn Abbos roziyallohu anhu mazkur oyat haqida: “Alloh toqdir, sizlar juftsizlar”, degan (Ibn Jarir rivoyati).

4. Utib borayotgan kechaga qasamki, (albatta gunohkorlar azobga duchor buladilar!)
Tun kirishi va tong otishi ham mujiza. Alloh tunni makhluqotlariga rahmat qilib yaratgan. Agar umrbod kun bulganida jonzotlar tirikchilikdan khorib, tang ahvolda qolardilar.
Ikrima bu oyat haqida: “Bu juma tunlaridir”, degan (Ibn Jarir va Ibn Abu Hotim rivoyati).

5. Mana shularda aql egasi uchun (etarli) qasam bordir!
Aql-farosatini ishlatgan odam yuqorida Alloh qasam ichgan narsalarning ulugligini, ularning yaratilishidagi mukammallik Allohning cheksiz qudratidan dalolat ekanini biladi.

6-7-8. (Ey Muhammad,) Parvardigoringiz Od (qabilasi)ni, (uzga) yurtlarda ukhshashi yaratilmagan, (mustahkam) ustun(li qasr)lar ega bulgan Iram (shahri)ni qanday (halok) qilganini kurmadingizmi?
Alloh tarafidan hisobsiz nematlar bilan siylangan Od qabilasi kuch-quvvatlari bilan gururga ketib, uzgalarni mensimas, oyoqlari erdan uzilgan edi. Ular paygambarlari Hud alayhissalomni ham yolgonchiga chiqarishdi. Bu qabilaning Iram nomli shahri shu darajada guzal ediki, yaqin orada unga teng keladigani topilmasdi.
Alloh taolo mana shu oyatlarda Od qabilasi boylik, farovonlik, guzal va muhtasham shahar, ajoyib binolarga ega bulsalar ham, imonlari yuqligi uchun azobga giriftor bulganlarini eslatib, Makka mushriklarini ogohlantirmoqda.

9. Vodiyda kharsang toshlarni yunib olgan Samud (qabilasining qanday halokatga duchor qilingani)ni-chi?
Samud Solih alayhissalom qavmi bulib, qurilishda dong taratgandi. Jumladan, ular Shomdan Madinaga ketish yulidagi Quro vodiysida toshlarni yunib, binolar qurishgan edi. Ana shu qavm qanchalik dunyo ishlarida mohir va ilgor bulmasin, imonsizligi sabab azobga duchor buldi.

10. Qoziqlar egasi bulgan Firavnning (qanday halok qilinganini-chi, kurdingizmi)?
Hozirgacha butun dunyoni lol qoldirib kelayotgan ehromlarni qurdirgan Firavn ham Allohga imon keltirmagandi. Uning khos kishilari, minglab janchi va khizmatkorlari bor edi. Ammo ularning bittasi ham Firavndan Allohning azobini qaytarib qololmadi.

11. Ular yurtlarda tugyonga ketdilar.
Yuqorida zikri kelgan Od, Samud qabilasi va firavnlar hukmronliklaridan foydalanib, mansablarini suiistemol qildilar, odamlar haqiga tajovuz qilib, kibr va isyon qildilar, zulm-sitam etkazdilar.

12. Va u erda buzgunchilikni kupaytirib yubordilar.
Ular masiyat, bandalarni nohaq ezgilash va ularga zulm qilish bilan mamlakatlarida kup buzgunchiliklar sodir etdilar.

13. Bas, Parvardigoringiz ularning ustiga turli-tuman azob-uqubatlarni yogdirdi.
Hukmron sinflarga bechora khalqning kuchi etmasa, oddiy khalqning ulug Parvardigori bulmish Allohning qudrati etadi. Ha, Alloh adolatli Zotdir. Odamlarni nohaq khurlab, gunohlar botqogiga botib ketgan Od, Samud va firavnlar Alloh tomonidan qattiq azobga duchor qilindilar.

14. Albatta Parvardigoringiz (hamma narsani) kuzatib turuvchidir!
Alloh hamma narsani kurib turadi, hamma narsani bilib turadi va ularni hisobga olib quyadi. Jumladan, zolimlarni ham, mazlumlarni ham kuradi. Oqibatda yakhshi amallarga savob, yomonlariga munosib jazo beradi.

15. Qachon insonni Parvardigori imtihon qilib, uni mukarram qilsa va (kup miqdorda) nemat bersa, u: “Parvardigorim meni aziz qildi”, deydi.
Alloh bandasini imtihon qilish uchun keng rizq, kuch-quvvat, mansab, chiroy bersa, odam bolasi imtihon qilinayotganini bilmasdan, munosib kurilganim, Allohga sevimli bulganim uchun menga berildi, deb urinsiz khursand buladi va kibr sari qadam quyadi. Bunday banda shukr qilmaydi, bu ishlarning hammasi sinov ekanini uylab ham kurmaydi.

16. Ammo qachonki uni imtihon qilib, rizqini tor qilib quysa, tezda: “Parvardigorim meni khor qildi”, deydi.
Agar uning rizqi toraysa, ishlari orqaga ketsa yoki mansab kursisidan tushsa, Alloh meni yomon kurib qolibdi, U meni khor qilmoqda, degan gumonga boradi.
Bular qayta tirilishga imoni yuq yoki imoni kuchsiz bandaning gapidir. Zero, bunday odam fikricha, faqat mana shu dunyo bor. Bakhs-saodat ham, uning nazdida, boylikka ega bulish va farovon hayot kechirish bilan ulchanadi. Mumin banda bulsa, boy buladimi yoki kambagalmi, farqi yuq, Allohga har qanday holatda ibodat qiladi, boshiga tushgan kurguliklarga chidaydi va taqdirdan nolimaydi. Boylikka ega bulsa, shukr qiladi. Kambagallik bilan imtihon qilinsa, sabr qiladi.

17. Yuq! Balki sizlar etimni (izzat-)ikrom qilmaysizlar.
Yuq! Bu ikki holatda inson tomonidan aytilgan gaplar notugridir. Uning bakhti boylik, bakhtsizligi kambagallik emas. Haqiqiy saodat Allohga imon keltirib, ibodat qilishdir.
Ey bandalarim, sizlar Men bergan rizqimni uz urniga sarflamayapsiz, boylikka ega bula turib, etim-esir va nochor kishilarga taom ulashmayapsiz.

18. Va bir-birlaringizni miskinga taom berishga undamaysizlar.
Bir-birlaringizni bechorahol kishilarga yordam qilishga chaqirmayapsizlar, bakhillik qilmoqdasizlar.

19. Merosni esa qushib eyaverasizlar!
Uz nasibangizga qanoat qilmasdan, etim, ayollar va zaif kishilar merosiga kuz olaytirmoqdasiz, ularni ochkuzlik bilan, halol va haromning farqiga bormay, aralashtirib eyapsizlar.

20. Va boylikni juda qattiq yakhshi kurasizlar.
Notugri etiqod va nomaqul ishlaringizning sababi shu. Sizlar boylikka juda uchsizlar. Fikru khayolingiz boylikda. Ish shundangina iborat emas. Hali qiyomat bor, hisob-kitob bor.

21. Yuq! Qachonki er qattiq silkinganda…
Yuq! Bunday qilmanglar! Chunki qachon qiyomat bulib, er qattiq qimirlanganda…

22. Parvardigoringiz va farishtalar saf-saf bulib kelganida…
Usha kuni Alloh bandalar orasida hukm qilish uchun keladi. U Zotning oldi va atrofida pokiza farishtalar hozir bulib turadilar.

23. Ana usha kunda jahannam keltiriladi. Usha kuni inson eslatma oladi. Uning uchun qanday eslatma bulsin!
Farishtalar jahannamni sudrab olib keladilar. Uni hamma kuradi. Banda bularni kurib, dunyoda qilgan ishlarini eslay boshlaydi, gunohlari kuz ungida bir-bir uta boshlaydi. Biroq endi gunohni eslashdan ne foyda bor?! Bular ish buldi. Endi faqat hisob berish bor kholos!

24. U: “Eh, koshki men hayotlik chogimda (solih amallarni) qilgan bulsam edi!” deb qoladi.
Banda qiyomat kuni dunyoda gunoh qilganiga ming pushaymon chekadi, solih amallarni tark etganiga afsus-nadomatlar qiladi. Agar savoblari bulsa, hozir foydasi tekkan bulardi!..

25. Bas, usha kunda hech kim (Allohning) azobi kabi azoblay olmaydi.
Qiyomat kuni osiylar uchun Allohning azobidan qattiqroq azob bulmaydi. Birontasi gunohkorlarni Allohchalik shiddat bilan azoblay olmaydi.

26. Va hech kim U Zotning boglashi kabi boglay olmaydi.
Va usha kuni hech kim kofirlar qul-oyoqlarini zanjir va kishanlar bilan Alloh kabi boglay olmaydi.

27-28. Ey khotirjam nafs, rozi bulgan va sendan rozi bulingan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt.
Bu erda Allohga haqiqiy imon keltirib, imoniga shubha aralashmagan, shahvatlar girdobida qolmagan, taqdirdan rozi bulib hayot kechirgan, ulimi oldidan jannatiy ekani bashorat berilgan khotirjam nafsga murojaat qilinib, unga berilgan savob va mukofotlardan rozi bulgan holida va Parvardigori ham undan rozi bulgan holida U Zotning huzuriga qaytish amr qilinmoqda.

29-30. Bas, (solih) bandalarim qatoriga qushil va jannatimga kir!
Ey sokin nafs, endi sen solih bandalarim bilan Men hozirlab quygan jannatga kir. Undagi kuz kurib, quloq eshitmagan, kishi khayoliga kelmagan nematlar bilan huzurlan!

Odilkhon qori Yunuskhon ugli

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …