Главная / Madaniyat / “Mustaqil vatanda azizdir inson!”

“Mustaqil vatanda azizdir inson!”

  vatanMustabid tuzum barham topib mamlakatimiz istiqlolga erishgach, yurtimizda chuqur iqtisodiy islohotlar, khalq farovonligi va osoyishtaligini taminlash yulida katta uzgarishlar davri boshlandi. Darhaqiqat 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Uzbekiston Respublikasining asosiy Qonuni muhim vazifalarni hayotga tatbiq etishda mustahkam asos bulib khizmat qilayotir. Unda inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr qimmati, diniy etiqodi va boshqa dakhlsiz khuquqlari oliy qadriyat ekanligi belgilab quyilgan. Jumladan Qonunning 45-moddasida: “Voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgiz keksalarning haquqlari davlat himoyasidadir.”
Shu kabi inson manfaatlarini himoya qilishiga hizmat qiluvchi qonunlar natijasida Respublikamizda Alloh taoloning ilohiy qadariga kura, otasi yoki onasidan ajralib qolgan norasida etim-esirlarni qullab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, hayotda uz urinlarini topishlariga kumaklashish, tugma nogiron yoki keyinchalik majruh bulib qolgan kimsalarga nisbatan mehr-shafqat kursatish azaliy diniy qadriyatlarimizga mos khayrli amallardandir. Davlatimiz tomonidan mustaqillik yillarida turli shahar va qishloqlarda ochilgan mehribonlik va nogironlar uylarining sharoitini yakhshilash, khatto yura olmay uz uylarida yashab keladigan nogiron bolalarni tarbiyalashda ishiga eng mohir va yuksak malakali ustoz va muallimlarning jalb qilish ishlari oliy darajada tashkil etilgan. 2008 yil 11 iyuldagi “Uzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tugrisida”gi Qonuniga uzgartirish va qushimchalar kiritish haqidagi qonuniga muofiq yangi tahrirda qabul qilindi.
Jumladan, mazkur Qonunning 6-moddasiga kura nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yunalishlari etib quyidagilar belgilandi;

-nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonunniy manfaatlarini taminlash;

-nogironlarning kamsitilishiga yul quymaslik;

-nogironlarning shani qadr qiymatini himoya qilish;

-nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini taminlash;

-nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari talimini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy urta, urta makhsus, kasb hunar va oliy talim olishini taminlash.

      Shu kabi huquq va erkinliklardan istifoda bulgan nogiron yurtdoshlarimiz jamiyatimizda uz urinlarini topib kelmoqdalar. Hatto jahon arenalariga borib yurtimiz shanini himoya qilib kelayotgan nogironlarimizning jahon chempioni bulishlari esa mutlaqo tahsinga loyiq. Hatto yurtimizda har yili 3 dekabr “Khalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” sifatida keng nishonlanib keladi. Ushbu kunda yurtdoshlarimiz joylardagi nogironlik uylarida tarbiyalanuvchilar va uz khonadonlarida istiqomat qiladigan nogironlar kholidan khabar olish, bayram sovgalari bilan taqdirlash, mehr, sahovat kursatish, ularga moddiy va manaviy yordam kursatish ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.
Bularning barchasi diniy, milliy va azaliy qadriyatlarimizni amalga oshirishimiz uchun asosiy Qonunimiz asosida olib borilayotgan faoliyat va say-harakatlar uzining ijobiy natijalarini bermoqda. Bunday holni mamlakatimiz musulmonlari ham diniy, marifiy qadriyatlarni qayta tiklanishi borasida ham shohid bulmoqdamiz.
Muqaddas Islom dini irqi, nasabi, millati, boyligi, mansabi va jamiyatdagi tutgan urnidan qatiy nazar, barcha insonlarga tenglik, hurlik, uzaro bir-birlari bilan hamjihatlikni taminlovchi, birodarlikni kafolatlagan yagona etiqodiy talimotdir. Bu mazmunni bayon qiluvchi oyat, hadislar juda ham kup, jumladan Paygambarimiz s.a.v. bir hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar: “Kimiki, bir mumindan dunyo qiyinchiliklaridan birini engillashtirsa, Alloh taolo undan qiyomat ogirliklaridan birini engil qiladi. Kimiki hayotda qiynalgan kishiga osonlikni ravo kursa, Alloh taolo unga dunyo va okhiratda engillikni ato qilur”, deb aytganlar.
Musulmon ummati ichida Alloh taolodan uziga etgan balo sinovlarni yakhshi kurgan, ularni uzi uchun nemat deb bilgan zotlar juda kup bulganlar va hozir ham borlar.
“Imron ibn Husoyn roziyallohu anghuning qorni shishib, yotib qolgan edi. U chalqancha tushganicha uttiz yil yotdi. Tura olmaydi ham, utira olmaydi ham. Unga khurmoning pustlogidan qilingan yotogidan qazoi hojati uchun teshik qilib berilgan edi. Uning huzuriga Mutrof va ukasi Alo kirishdi. Uning holini kurib, yiglay boshladi. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu:

“Nimaga yiglayapsan?” dedi.

“Seni shunday ogir holatda kurganimdan yiglayman”, dedi.

“Yiglama! Allohga mahbub bulgani men uchun ham mahbubdir. Senga bir gap aytaman. Shoyat, Alloh u ila senga manfaat bersa. Ammo men ulgunimcha uni hech kimga aytmagin. Farishtalar meni ziyorat qilib turishadi. Men ularning salomini eshitaman”, dedi.

Bu bilan u kishi ushbu etgan balo uzi uchun uqubat emasligini, taqdir qilingan qismati, kasallikka sabr qilishlari oqibatida hatto soglom bulaturib topaolmaydigan ulug maqom, farishtalar uni ziyorat qilib salom berishlik darajasiga etganliklarini bildirib quydilar. Abu Hurayra Roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallalohu alayhi vasalam: “Alloh kimga yakhshilikni iroda qilsa. Uni sinovga uchratur”, dedilar”.

    Abu Hurayra R.A.dan rivoyat qilinadi:“Nabiy s.a.v: “Musulmonga qay bir musibat: horginlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, gam gussami, hattoki tikan kirishmi etadigan bulsa, albatta, Alloh taolo ular ila uning khatolarini kafforat qilur”, dedilar”. Yakhshiliklar, savobli amallar bardavom bulgan el-yurt mustahkam bulib taraqqiy etadi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …