Главная / Jamiyat / 7ta bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy ish quzgatildi
<

7ta bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy ish quzgatildi

Davlat mulkini katta miqdorda uzlashtirish va talon-taroj qilishda ayblanayotgan 7 nafar bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy ish quzgatildi. Toshkent shahrida joylashgan yirik savdo tashkilotlarining 11 nafar rahbarlari ushbu yilning 23 avgust kuni hibsga olingan edi, deb khabar qilmoqda Uzbekiston Bosh prokuraturasi.

boz

Ular orasida Toshkent shahar Savdo departamenti, khizmatlar kursatish va khalq istemoli tovarlarini ishlab chiqarish sohasidagi korkhonlar va “Bek tupi savdo kompleksi”, “Chorsu buyum savdo kompleksi”, “Chilonzor buyum savdo kompleksi”, “Urikzor savdo kompleksi” AJ bozorlari, “Eski Juva dehqon bozori”, “Yunusobod dehqon bozori” va “Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori” dehqon bozorlari mansabdor shakhslari bor.

Dastlab, internet OAVlarida tarqalgan khabarldarda,  savdo tashkilotlari rahbarlari utgan qish mavsumida piyoz chirishi bilan bogliq holat yuzasidan hibsga olingani khabar qilingan edi, lekin Bosh prokuratura khabarida aytilishiga kura ular yana bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda, khususan:

– sifatsiz mahsulotlar kharid qilish va ularning buzilishiga yul quyish orqali davlatga 27,7 mlrd. sum miqdorida zarar etkazish;

– bozorlar hududida pullik khizmatlar kursatish natijasida kelib tushgan 3 mlrd. sumdan ortiq pul mablaglarini inkassasiya qilmaslik orqali uzlashtirish;

– hisobga olinmagan va noqonuniy qurilmalar (omborkhonalar va engil tuzilmalar) faoliyatidan kelib tushgan 2 mlrd. sumdan ortiq pul mablaglarini uzlashtirish;

– savdo nuqtalari faoliyatidan kelib tushgan 1 mlrd. sumdan ortiq davlat mablaglarini ijara tulovlarini topshirmaslik orqali talon-toroj qilish;

– savdo nuqtalarini realizasiya qilish natijasida tadbirkorlardan 2 dan 5 ming AQSh dollari miqdorigacha noqonuniy pul mukofotlarini olish.

“Mazkur holatlar yuzasidan Savdo departamenti va bozorlarning mansabdor shakhslariga nisbatan Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb elon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qullanilgan”, – deyilgan khabarda.

“Yunusobod dekhkon bozori” AJ rahbarlari O.Mustaev va B.Yusupovlar tomonidan etkazilgan 800 mln. sum atrofidagi zarar, shuningdek “Toshkent ozik-ovkat zakhira” DUK direktori R.Rasulov tomonidan etkazilgan 3,9 mlrd. sum atrofidagi zararning tulanganligini inobatga olgan holda ularga nisbatan qullanilgan ehtiyot chorasi ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bulmagan ehtiyot chorasiga uzgartirildi.

Jinoyat ishi buyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

О нас

Яна маълумот

01-17

Janubiy Koreyada metro Uzbekistondagidan qanchalik farqli?

Koreya Respublikasining ikkinchi eng yirik shahri – Busanda metropoliten 1985 yilda tashkil etilgan bulib, u …