%d1%81%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0-%d0%b0-%d0%b2-%d0%ba%d0%be%d0%bf%d0%b8%d1%8fSuriya armiyasi harbiylari Abu-Kamol shahri ustidan nazorat o’rnatdi va IShIDning mamlakat hududidagi oxirgi tayanchini yo’q qildi. Bu haqda armiya qo’mondonligi bayonotida ma`lum qilingan.

«Suriya armiyasi va ittifoqchi kuchlar Dayr az-Zor viloyatidagi Abu-Kamol shahrini ozod qildi», deyilgan bayonotda.

Hukumat harbiylari ayni vaqtda bu aholi punktini to’la egallagan, shahar minalardan tozalanmoqda.

Terrorchilar shahardan qochib ketishgan va Frotning narigi qirg’og’iga o’tishgan.

Suriya armiyasi 3 yil davomida IShID qo’lida bo’lib kelgan Dayr az-Zor viloyatini qaytarib olish uchun 5 sentabr kuni boshlangan keng ko’lamli yurishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu viloyat olinishi bilan mamlakatning sharqiy va g’arbiy hududlari yana birlashtirildi.