Главная / Madaniyat / shov-shuvli film haqida barcha faktlar

shov-shuvli film haqida barcha faktlar

«Qasoskorlar: Intiho» filmi premera haftasining okhirida dunyo buylab 1,2 mlrd dollar – ilk uikend uchun kino tarikhidagi eng kup mablagni jamgara oldi. Ushbu film Marvel kinokoinotining 10 yil davomida bir ipga tizib kelingan voqealar rivojidagi sunggi film hisoblanadi.

Premera kassabopligi buyicha ilk haftaning uzidayoq jahon kinoprokatidagi barcha rekordlarni yangilashi kutilgandi. Premera dastlab 22 aprel kuni AQShda, sung dunyo buylab Khitoyda 24 aprel kuni tomoshabinlar etiboriga havola etildi. «Qasoskorlar: Intiho» filmi, kinotahlilchilarga kura, ilk uikendning uzida 900 mln – 1 mlrd dollar atrofida foyda kurishi takhmin qilingandi. Umumiy kassa yigimlari esa rekordchi film «Avatar»ni (2,8 mlrd dollar umumiy kassa yigimiga ega) ortda qoldirishi ham mumkin.


Foto: Marvel

Rossiya Federasiyasida premera kuni keyinroqqa qoldirilgani sababli Uzbekiston kinoteatrlarida 29 aprel kuni namoyish qilinadigan ushbu film «Qasoskorlar: Cheksizlik jangi» filmining mantiqiy davomi hisoblanadi. «Qasoskorlar: Cheksizlik jangi» filmi 321 mln dollarlik byudjet bilan 2 mlrd 48 mln dollar daromad keltirgan.

Film Uzbekistonda ham uzining minglab tomoshabinlariga ega. Kinokartina haqida eng muhim malumotlarni esa quyida uqishingiz mumkin.

• Film Marvel Studios kinokoinotidagi ushbu filmlar ketma-ketligidan sung keladi:

–        «Temir odam» (2008)

–        «Ajabtovur Halk» (2008)

–        «Temir odam-2» (2010)

–        «Tor» (2011)

–        «Birinchi qasoskor» (2011)

–        «Qasoskorlar» (2012)

–        «Temir odam-3» (2013)

–        «Tor-2: Zulmat saltanati» (2013)

–        «Birinchi qasoskor: Boshqa jang» (2014)

–        «Galaktika Soqchilari» (2014)

–        «Qasoskorlar: Altron davri» (2015)

–        «Chumoli-odam» (2015)

–        «Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik» (2016)

–        «Doktor Strenj» (2016)

–        «Galaktika Soqchilari: 2 qism» (2017)

–        «Urgimchak-odam: Uyga qaytish» (2017)

–        «Tor: Ragnaryok» (2017)

–        «Qora Pantera» (2018)

–        «Qasoskorlar: Cheksizlik jangi» (2018)

–        «Chumoli-odam va Qovogari» (2018)

–        «Kapitan Marvel» (2019)

–        «Qasoskorlar: Intiho» (2019)

–        «Urgimchak-odam: Uydan yiroqda» (namoyishi 2019 yil 4 iyulda bulishi rejalashtirilgan);

• «Qasoskorlar: Intiho» filmining rejissyorlari aka-uka Entoni va Jo Russodir;


Foto: Screen Rant

• Film 3 soat 1 daqiqa davom etadi;

• Film Qasoskorlarning Cheksizlik toshlarini qulga kiritgan, Er yuzining yarim aholisi, shuningdek, superqahramonlarning yarmini yuqotgan Tanosga qarshi jangi tugrisida hikoya qiladi;

• Bosh rollarda:

Kenja Robert Dauni (ikhtirochi, milliarder, filantrop qahramon – Toni Stark, Temir odam)

Kris Evans (amerikalik askar, fan yutuqlari bilan super qobiliyatlarga ega bulgan qahramon – Stiv Rojers, Kapitan Amerika)

Kris Hemsvort (Asgard makonidan bulgan chaqmoq hukmdori – Tor)

Mark Ruffalo (olim, tadqiqotlar oqibatida yashil makhluqqa aylanish imkoniga ega qahramon – Bryus Benner, Halk)

Josh Brolin (titan, Cheksizlik toshlarini qulga kiritgan asosiy salbiy qahramon – Tanos)

Jeremi Renner (mohir kamonboz – Klint Barton, filmning avvalgi qismlarida Lochinkuz obrazini gavdalantirgan, sunggi qismda Ronin sifatida paydo buladi)

Skarlett Yokhansson (rus josusi – Natasha Romanova, Qora beva)

Bri Larson (amerikalik harbiy uchuvchi – Kerol Denvers, Kapitan Marvel)

Pol Radd (Skott Leng, Chumoli-odam)

Benedikt Kamberbetch (sobiq jarroh – Stiven Strenj, Vaqt toshining saqlovchisi)

Tom Hiddlston (Aldov va mugombirlik timsoli – Loki)

Kris Prett (Piter Kvill, Yulduz lordi)

Semyuel L. Jekson (josus, Nik Fyuri)

Tom Holland (maktab uquvchisi – Piter Parker, Urgimchak-odam)

Chedvik Bouzman (Vakanda qiroli – T’Challa, Qora Pantera)

• BoxMojo sayti malumotlariga kura, Marvel kinokoinoti 22 filmining umumiy hisobdagi jamgargan mablagi – 19 mlrd 848 mln 985 ming 785 dollarni tashkil qiladi. 2019 yilning 29 aprel holatga kura, ushbu summa 167 trln 318 mlrd 433 mln 659 ming 276 sum 75 tiyinni tashkil qiladi (1 sum = 8429, 57 sum);

• 22 filmni tasvirga olish uchun 3 mlrd 735 mln dollar sarflangan (31 trln 484 mlrd 443 mln 950 ming sum). Sof foyda – 16 mlrd 113 mln 985 ming 785 dollarni (135 trln 833 mlrd 971 mln 153 ming 662 sum) tashkil etmoqda;

• «Qasoskorlar: Intiho» filmining noqonuniy kuchirma shakli chiqib ketmasligi uchun kurashilsa-da, khitoylik videoqaroqchilar tomonidan filmning ekrandan yozib olingan sifatsiz talqini internet tarmoqlariga sizdirilgan. Jumladan, Toshkent kuchalarida filmning sifatsiz talqini disklarga kuchirib sotilmoqda. Disklarning urtacha narkhi – 5 ming sumdan 10 ming sumgacha;

• Shunga qaramasdan, Toshkentdagi kinoteatrlarda film premerasigacha chiptalarning katta qismi sotib bulingan. Chiptalar narkhi ertalabki seanslar uchun 22 ming sumdan praym-taymda 36 ming sumgacha belgilangan.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …