Главная / Jamiyat / 1 sentyabrdan boshlab uzini uzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi
<

1 sentyabrdan boshlab uzini uzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi

Vazirlar Mahkamasining “Uzini uzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish tugrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab uzini uzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va ragbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilinadi.

0qzxo70v8i89xm-1tupenibbdw2iz4g

Belgilab quyilishicha:

mehnat daromadi olishga yunaltirilgan jismoniy va yuridik shakhslarga khizmatlar kursatish, ishlarni bajarish buyicha shakhsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ruykhatga olinmagan va uz faoliyatida yollanma khodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shakhslar mehnat stajini hisobga olish va ragbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan uzini uzi band qilgan fuqarolar hisoblanadi;

uzini uzi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan ularning doimiy yashash joyidan qati nazar (eksterritoriallik prinsipi buyicha) pulli asosida beriladi, ushbu tulovlarni undirishdan tushgan tushumlarning bir qismi uzini uzi band qilganlarning pensiya sugurtasini taminlashga maqsadli yunaltiriladi;

vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi;

tashkilotlar tomonidan uzini uzi band qilgan maqomiga ega bulgan fuqarolarni shartnoma asosida khizmatlar kursatish va ishlarni bajarish buyicha faoliyatga jalb qilishga yul quyiladi. Bunda kursatib utilgan fuqarolar mehnatiga haq tulash yagona ijtimoiy tulovni hisoblab chiqish obekti hisoblanmaydi;

vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun tulov undirishdan tushgan mablaglarning 60 foizi Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga – uzini uzi band qilgan fuqaro tomonidan yagona ijtimoiy tulovni tulash hisobiga, 20 foizi Uzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka kumaklashish davlat jamgarmasiga va 20 foizi tumanlar (shaharlar) byudjetlariga yunaltiriladi;

vaqtinchalik mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda uzini uzi band qilgan fuqaro Bandlikka kumaklashish davlat jamgarmasi mablaglari hisobiga ishsizga tulanadigan ishsizlik buyicha nafaqani va kasbga uqish davrida stipendiyani ololmaydi.

О нас

Яна маълумот

1500009242_pochemu-zhena-ne-hochet-blizosti-s-muzhem

Khotin jinsiy aloqani khokhlamasa

Nega ayol erkakni khohlamaydi? Agar khotin eri bilan jinsiy aloqada bulishdan bosh tortsa, nima qilish …