b0f604e069899209ad03124163ed6b58Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Adliya vazirligi tizimidagi 30 nafar sudyani sud hokimiyatining turli darajalariga tayinlash to’g’risidagi farmonni imzoladi. Bu yuqori mansabli amaldorlar va tadbirkorlar korrupsiyada ayblanib ommaviy ravishda hibsga olinganidan bir necha kun o’tib ro’y berdi, deb xabar qilmoqda Saudiyaning SPA yangiliklar agentligi.

“Podshoh farmoni 26 nafar sudyani sud tizimidagi turli darajalarga ilgari surish va 30 sudyani tayinlashni nazarda tutadi”, – deyiladi xabarda.

Saudiya Arabistoni adliya vaziri Volid bin Muhammad al-Somoni podshohlik hukmdori tomonidan amalga oshirilgan bu tayinlovlar “uning sud tizimini doimiy qo’llab-quvvatlovidan darak berishi” haqida aytib o’tdi.

Avvalroq Saudiya Arabistonida 11 shahzoda va 4 vazir hibsga olingani, ular qatorida dunyoning eng boy kishilaridan biri borligi xabar berilgandi.

Bundan tashqari, so’nggi xabarlarga ko’ra, saudiyalik milliarderlar o’z mablag’lari muzlatilishi va ommaviy hibsga olinishlardan vahimaga tushib qolgan.