20c320947bc75a57cab4a1fb091825e0Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada ayblanib, qo’lga olingan shahzodalardan jami 800 milliard dollarlik aktivlarni musodara qilmoqchi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida qirol Salmon ibn Abdulaziz farmoni bilan qirollik xonadoni a`zolaridan tashqari, vazirlar, yirik amaldorlar va bir qancha nufuzli biznesmenlar qo’lga olindi. Ayni vaqtga kelib poraxo’rlikda ayblanayotganlar soni 60 nafarga yetdi. Ulardan ayrimlarining bank hisoblari muzlatilgan.

Gazeta manbasining qayd etishicha, gumonlanuvchilarning aktivlarining aksar qismi mamlakat tashqarisida, shu tufayli bu aktivlarni qaytarish qiyin bo’ladi.

Bundan avvalroq, qirollik xonadonining 30 nafarga yaqin a`zosi va boshqa qo’lga olinganlar 5 noyabr kuni Ar-Riyoddagi besh yulduzli mehmonxonaga joylashtirilgani ma`lum qilingandi. Qo’lga olinganlar orasida dunyoning eng badavlat kishilaridan biri — biznesmen va Citigroup hammuassisi shahzoda al-Volid ibn Talal ham bor.