Главная / Jamiyat / Uzbekistonda Farmasevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
<

Uzbekistonda Farmasevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti «Farmasevtika tarmogini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmonni imzolagani haqida khabar berilgandi.

Hujjat bilan Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi huzurida Farmasevtika tarmogini rivojlantirish agentligi (keyingi urinlarda Agentlik) tashkil etildi.

Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Khususiylashtirilgan korkhonalarga kumaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qumitasining:

Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalari ekspertizasi va standartizasiyasi davlat markazini;

Uzbek kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot institutini;

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutini;

“Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutini Agentlikka berish tugrisidagi taklifi maqullandi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi: 

farmasevtika tarmogini barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-khususiy sheriklikni joriy etish orqali ishlab chiqish va ruyobga chiqarish, farmasevtika korkhonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sogliqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot tekhnikalari bilan taminlash dasturlarini amalga oshirish;

farmasevtika bozori konyunkturasini urganishni tashkil qilish, ichki va tashqi bozorlarda yuqori sifatli, raqobatbardosh dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni uzlashtirishga hamda ularni jahon bozoriga olib chiqishga kumaklashish;

aholi va davlat sogliqni saqlash muassasalarining dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalari, shu jumladan ularning mahalliy ishlab chiqarilgan turlari bilan taminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish, shu asosda ichki bozorni yanada tuldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish buyicha takliflar ishlab chiqish;

farmasevtika tarmogi korkhonalarining asbob-uskunalarini modernizasiya qilish va tekhnologik qayta jihozlashga kumaklashish, chet el investisiyalarini, shu jumladan khorijiy va khalqaro moliya institutlarining mablaglarini keng jalb qilish;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini ishlab chiqarish jarayoniga innovasion tekhnologiyalarni yanada joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari utkazilishini tashkil etish;

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ruykhatini takomillashtirish buyicha takliflar ishlab chiqishda, shuningdek, ularga qatiy narkhlarni urnatish buyicha takliflar tayyorlash va kiritishda bevosita ishtirok etish;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga etakchi chet el farmasevtika kompaniyalari bilan hamkorlikni tashkil etishga kumaklashish;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulot deb topish uchun mezonlarni ishlab chiqishga kumaklashish;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini davlat ruykhatidan utkazish;

davlat sogliqni saqlash muassasalarida foydalanilayotgan tibbiyot tekhnikalarining hisobi va reestri yuritilishini taminlash hamda ularning holatini tahlil qilish;

davlat sogliqni saqlash muassasalari uchun dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiyot tekhnikalari va makhsus tibbiyot avtotransportining markazlashtirilgan kharidini tashkil etish;

Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorikhonalari (keyingi urinlarda ijtimoiy dorikhonalar deb yuritiladi) tarmogini tashkil etish va faoliyat kursatishini taminlash;

farmasevtika tarmogiga khalqaro standartlarning joriy etilishini muvofiqlashtirish.

Agentlik Uzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi. Agentlik direktori maqomi, maishiy, tibbiy va transport khizmatlari kursatish buyicha Uzbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vazirining birinchi urinbosariga tenglashtiriladi.

Agentlikka quyidagi huquqlar berildi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mamlakat farmasevtika tarmogini rivojlantirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari buyicha ishini muvofiqlashtirish;

Agentlik vakolatiga taalluqli bulgan masalalar buyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik malumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, khulosalar va boshqa akhborotlarni surash va olish;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini urnatilgan tartibda davlat ruykhatidan utkazish va sertifikatlash;

Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, etakchi loyiha institutlari, ilmiy-talim muassasalari, shuningdek, khalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali khodimlarini va mutakhassislarni jalb qilish;

farmasevtika tarmogini rivojlantirish masalalari buyicha khorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan tugridan-tugri malumot almashish;

farmasevtika tarmogining erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish va faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularni boshqarish masalalarini kelishish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, akhborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;

farmasevtika korkhonalarini GMP qoidalariga muvofiqligi yuzasidan sertifikasiyadan utkazish;

farmasevtika tarmogi mutakhassislarining malakasini oshirish.

О нас Anvar

Яна маълумот

15 avgustdan keyin ham bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi

Respublika makhsus komissiyasining qaroriga binoan Uzbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Khususan, 15 …