Главная / Siyosat / 23 martdan tuy utkazish taqiqlandi. Umumiy ovqatlanish joylari ham yopilmoqda
<

23 martdan tuy utkazish taqiqlandi. Umumiy ovqatlanish joylari ham yopilmoqda

Uzbekistonda 23 martdan tuy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosim singari ommaviy tadbirlar utkazilishi bekor qilinadi. Bosh vazir matbuot khizmatidagi manba Kun.uz’ga khabar berishicha, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika makhsus komissiyasining navbatdagi majlisida shunday qaror qabul qilingan.

Foto: toylarmuborak.uz

«Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shakhslarni uz vaqtida aniqlash va respublika buylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda kurilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika makhsus komissiyasi yigilishining qarori qabul qilindi.

Qarorga kura, 21 martdan etiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud kungilochar obektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choykhona, oshkhona (uyga eltib berish khizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter uyinlari khizmatini kursatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bogliq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar tukhtatiladi.

Shuningdek, 23 martdan boshlab «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi tugrisida»gi Qonunga muvofiq mamlakat fuqarolarini sogligini himoya qilish maqsadida tuy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosim singari ommaviy tadbirlar utkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bulgan taqdirdagina ikhcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida utkazish tavsiya etiladi», deyiladi malumotda.

Majlisda ayni paytda chet ellarda bulib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar ichida olib kelish va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlash yuzasidan kurilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi.

«Komissiyaning bunday qarorga kelishidan kuzlagan birdan-bir maqsadi shuki, khalqimizning salomatligini saqlash, ular orasida yangi turdagi COVID-19 virusining tarqalishi oldini olishdir. Ishonamanki, bunday paytda har qanday orzu-havasdan shu aziz Vatanga bulgan mehrimiz, bir-birimizga bulgan samimiy muhabbatimiz ustun keladi. Sinovli kunlarda yanada hamjihat bulsak, barcha qiyinchiliklarni engib utamiz.

Sizlardan shunday paytlarda uzingizni va yaqinlaringiz sogligiga befarq bulmay, bir-biringizni qullab-quvvatlashingizni, gigiena talablariga qatiy rioya qilishingizni yana bir bor iltimos qilamiz», deya yozadi Bosh vazir matbuot khizmati khodimi Bekzod Hidoyatov.

О нас

Яна маълумот

Hududlar qaytadan toifalanadi. «Yashil» «qizil»ga aylanishi mumkin

Uzbekiston hududlari epidemiologik vaziyatga kura qaytadan toifalanadi, hozirgacha «yashil» va «sariq» hisoblangan tuman yoki shaharlar …