Главная / Siyosat / 21 martdan khorijdagi Uzbekiston fuqarolarini charter reyslar orqali vatanga qaytarish boshlanadi
<

21 martdan khorijdagi Uzbekiston fuqarolarini charter reyslar orqali vatanga qaytarish boshlanadi

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev khorijda bulgan va qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni vatanga qaytarish buyicha tadbirlar ishlab chiqish tugrisida topshiriq berdi.

Yangi turdagi koronavirusning Uzbekiston Respublikasiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish buyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika makhsus komissiyasi bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida zudlik bilan aviakompaniyalarning Uzbekistonga kelishini taminlovchi charter reyslarining jadvalini ishlab chiqdi:

• 21 mart – Moskvadan (Rossiya) ertalab soat 03.30da va Dehlidan (Hindiston) ertalab soat 17:30da,

• 22 mart – Kuala-Lumpurdan (Malayziya) soat 04.30da, Moskvadan (Rossiya) soat 05.00da, Istanbuldan (Turkiya) soat 06.00da va Novosibirskdan (vaqti belgilanmoqda);

• 23 mart – Seuldan (Koreya Respublikasi) soat 02.00da;

• 24 mart – Jakartadan (Indoneziya) ertalab soat 07.00da;

• 26 mart – Bangkokdan (Tailand) soat 01.00 da.

Vatandoshlarimizning boshqa davlatlardan charter reysi orqali olib kelinishi davom ettiriladi.

Keyingi kunlarning parvoz jadvali tugrisidagi qushimcha malumotlar elon qilinadi.

Eslatib utamiz: Uzbekiston fuqarolari khorijdan qaytib kelgandan sung Jahon sogliqni saqlash tashkilotining tegishli talab va normalariga qatiy rioya qilingan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

О нас

Яна маълумот

Prezident Chiroqchi va Andijondagi voqealar uchun ichki ishlar organlari rahbarlarini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida odil sudlovni taminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga bagishlangan videoselektor …