Главная / Jamiyat / 4 kun ichida kamida 6 fuqaro YPKh khodimiga pora berayotganida qulga tushdi
<

4 kun ichida kamida 6 fuqaro YPKh khodimiga pora berayotganida qulga tushdi

Ichki ishlar vazirligi Yul harakati khavfsizligi bosh boshqarmasi sunggi kunlarda YPKh khodimlariga pora berish bilan bogliq holatlar yuzasidan malumot berdi.

24 yanvar. Samarqand viloyati Kattaqurgon tumani. «Kamaz-5320» rusumli yuk mashinasi haydovchisi transport vositasini boshqarishga hujjatlari bulmagani sabab, mashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchi shu kuni YPKh khodimiga 1 mln sum pora taklif qilib, ertasi kuni berayotgan vaqtida ushlangan.

26 yanvar. Namangan viloyati Kosonsoy tumani. «Damas» haydovchisi R.A. avtomobil boshqarishga hujjatlari bulmagani sabab, mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan. YPKh khodimi bilan muloqot jarayonida haydovchi R.A. javobgarlikdan qochish uchun 100 dollarni pora sifatida berayotganida ushlangan.

26 yanvar. Namangan viloyati Kosonsoy tumani. «Spark» haydovchisi A.M. avtomobil boshqarishga hujjatlari bulmagani sabab, mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan. U inspektorga 600 ming sum pora taklif qilib, 460 ming sum berayotgan vaqtda ushlangan.

27 yanvar. Bukhoro viloyati. Shofirkon tumanida yashovchi fuqarolar D.E. va R.T.lar D.E.ga tegishli bulgan «Ford» rusumli avtomobilning dvigatel qismiga yozilgan agregat raqamlari qulbola usulda urilganini inobatga olmasdan, avtomashinaga yangi davlat raqam belgisini olish uchun tekshiriladigan agregat raqamini davlat standartlariga tugri keladi, deb imzo quyib berishini surab, buning evaziga YPKh khodimiga 200 ming sum pora taklif qilgan.

Ular khodimning bildirgisiga kura utkazilgan tezkor tadbir davomida 200 ming sum pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

27 yanvar. Fargona shahri. «Vaz 2106» haydovchisi T.R. avtomashinani hujjatlarsiz boshqarib kelgani aniqlangach, unga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchi javobgarlikdan qochish uchun YPKh khodimiga 500 ming sum taklif qilib, bu pulni berayotganida pora bilan qulga tushgan.

О нас

Яна маълумот

Qishloq khujaligi vaziriga yangi urinbosarlar tayinlandi

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Qishloq khujaligi vazirligida Uzbekiston prezidenti administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov raisligida …