Главная / Madaniyat / 5 yuqotishning sababi
<

5 yuqotishning sababi

5Islom shariatining ajralmas qismi sifatida etirof etiluvchi, musulmon insonning ziynati ularoq namoyon buluvchi, uning yuksak martabalarga kutarilishiga sabab buluvchi asosiy omil – bu odob akhloq masalasidir. Ushbu muhim masalaga Quron va Sunnatda alohida etibor berilgan. Jumladan, quyida etiboringizga havola etiladigan hadis, ushbu masalaning muhim jihatlarini yoritib beradi.
Paygambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilar:

“Kim besh narsani khor qilsa, besh narsani yuqotadi:

Kim ulamolarga hurmatsizlik qilsa, dinini yuqotadi;

Kimki boshliqlarga hurmatsizlik qilsa, dunyosini yuqotadi;

Kim dustlariga hurmatsizlik qilsa, manfaatlaridan judo buladi;

Kim qarindoshlarini behurmat qilsa, rishtalaridan ayriladi;

Kim uz oila-azolarini hurmat qilmasa, hayot quvonchidan mahrum buladi”.

Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu suzlari naqadar haq ekanini har kim hayoti davomida kurishi mumkin. Ushbu hadis bizlarni nafaqat dinda, balki qushnichilik, qarindoshchilik aloqalari kabi ishlarda ham husnu khulqli bulishga chaqiradi. Zero, U zotning suzlari hikmatlarga boydir. Chunki Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam hech qachon behuda gap gapirmaganlar. Balki Alloh subhanahu va taolo tomonidan vahiy qilingan hikmatlarnigina suzlaganlar. Shunday ekan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashish biz ummatning zimmasiga yuklangan oliy vazifadir.

О нас

Яна маълумот

lJM_TdUp5jvOGrv3ZESMUKFtMff4V426

Madaniyat va sanat muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etiladi

Ular tugrisidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan, deb yozmoqda Norma. …