Главная / Jamiyat / 2011 yil namunasidagi biometrik pasport urniga identifikasiyalash ID-kartalarini berish tizimi joriy etiladi
<

2011 yil namunasidagi biometrik pasport urniga identifikasiyalash ID-kartalarini berish tizimi joriy etiladi

Respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida Uzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti urniga identifikasiyalash ID-kartalarini berish tizimini joriy etish muljallangan.

Foto: KUN.UZ

Harakatlar strategiyasini “Ilm-marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi elon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihalari va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Bunda:

shunga ukhshash tizimlarning joriy etilishi va uning elektron hukumat tizimlariga integrasiyasi buyicha khorijiy tajribani hisobga olgan holda, loyihaoldi urganishni utkazish;

loyihani amalga oshirishni boshlash maqsadida tekhnik-loyiha va meyoriy hujjatlarni, jumladan standartlarni tayyorlash;

davlat organlarining tekhnologik infratuzilmasini, jumladan malumotlar uzatish tarmoqlari, apparat-dasturiy taminot tizimlari va boshqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;

yangi tugilgan barcha shakhslarga va 16 yoshga tulmagan shakhslarga Jismoniy shakhsning shakhsiy identifikasiya raqami (JSh ShIR) biriktirish, barcha jismoniy shakhslarga elektron kurinishdagi davlat khizmatlari kursatish va ularni identifikasiya qilish uchun farzandlarni ota-ona malumotlari bilan boglash nazarda tutiladi.

Ijro uchun masullar – Davlat personallashtirish markazi, Akhborot tekhnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi.

О нас

Яна маълумот

Qishloq khujaligi vaziriga yangi urinbosarlar tayinlandi

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Qishloq khujaligi vazirligida Uzbekiston prezidenti administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov raisligida …