Главная / Jamiyat / 2020 yili Uzbekiston aholisi orasida kuzatilgan ulim va uning sabablari malum qilindi
<

2020 yili Uzbekiston aholisi orasida kuzatilgan ulim va uning sabablari malum qilindi

Statqum Uzbekistonning demografik holati buyicha malumotlarni elon qildi. Unda 2020 yilda kuzatilgan ulimlar va uning sabablari ham keltirilgan.

Foto: Motortion Films / Shutterstock

Davlat statistika qumitasi 2020 yilgi Uzbekiston Respublikasining demografik holati buyicha dastlabki malumotlarni elon qildi, deb khabar bermoqda Kun.uz mukhbiri.

Statqum malumotiga kura, Uzbekistonning doimiy aholisi soni 2021 yil 1 yanvar holatiga kura, 34 million 558,9 ming kishini tashkil etadi. Jumladan, shahar aholisi soni 17 million 487,5 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 17 million 71,4 ming kishi (49,4 foiz)ni tashkil etdi.

Takidlanishicha, 2020 yilda 841,8 mingta bola tugilganligi qayd etilgan bulib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tugilish koeffisienti 24,6 promilleni tashkil etdi hamda 2019  yilga nisbatan 0,3 promillega oshganligi kuzatildi (2019  yilda 24,3 promilleni tashkil etgan).

Malumot uchun, tirik tugilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urish, kindik pulsasiyasi, muskullarning beikhtiyor qisqarishi) biri mavjud bulsa, bola tirik tugilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning buyi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bulishi lozim.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni kursatmoqdaki, 2021 yil 1 yanvar holatiga kura, hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi buyicha eng kup kursatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni, keyingi urinlarda Fargona viloyati 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyati 9,7 foizni va Andijon viloyati 9,2 foizni tashkil etgan.

Joriy yil boshiga kura, respublika doimiy aholisi sonining 31,0 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga tugri kelmoqda.

Hisobotda 2020 yilda 175,6 mingta ulim qayd etilgani malum qilindi. Unga kura 2020 yilda 21 ming «ortiqcha ulim» qayd etilgan – 2019 yilda ulim holatlari soni 154,6 mingtani tashkil etgan. Shunda, har 1000 aholiga ulim koeffisienti 5,1 promilleni tashkil etgan hamda 2019 yilga nisbatan 0,5 promillega oshganligi kuzatildi (2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 4,6 promille bulgan).

Takidlanishicha, 2020 yilda qayd etilgan ulim holatining 60,0 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8 foizi – usimtalardan, 7,2 foizi – nafas olish azolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – ovqat hazm qilish azolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – bakhtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,6 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan.

О нас

Яна маълумот

Qiynoqqa solish, shafqatsiz va gayriinsoniy muomalada bulish

Qiynoqqa solish, shafqatsiz va gayriinsoniy muomalada bulish holatlari buyicha Ombudsmanga murojaatlar okhirgi 4 yilda 7 …