Главная / Siyosat / 2019 yilda 16 kishi qiynoqqa solishda ayblanib qamalgan, ularning aksari IIV va DKhKh khodimlari – Svetlana Ortiqova
<

2019 yilda 16 kishi qiynoqqa solishda ayblanib qamalgan, ularning aksari IIV va DKhKh khodimlari – Svetlana Ortiqova

2019 yilda qiynoqqa solish bilan bogliq holat tasdigini topgan va aybdorlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan. Bosh prokuror urinbosari Svetlana Ortiqovaning malum qilishicha, javobgarlikka tortilgan shakhslarning aksariyati IIV va DKhKh khodimlaridir.

«Sunggi vaqtlarda qiynoq bilan bogliq holatlar kupayishi kuzatilayotgani aholini urinli tashvishga solmoqda. Mamlakatimizda 2017 yilda 7ta, 2018 yilda 10ta, 2019 yilda esa 16ta qiynoqqa solish jinoyati, yani Jinoyat kodeksining 235-moddasida nazarda tutilgan jinoyat (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qullash) qayd qilingan, natijasi buyicha aybdor shakhslarning javobgarlik masalasi hal etilgan.

Qiynoqqa doir murojaatlarni kurib chiqish hamda qiynoq holatlariga doir ishlar buyicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishning bugungi holati talabga tuliq javob bermaydi. Sunggi uch yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar khodimlari tomonidan qiynash, qurqitish va boshqa tazyiqlar qilinganligi yuzasidan 757ta (2019­ yilda 208ta, 2018 yilda 352ta, 2017 yilda 197ta) ariza kelib tushgan bulsa, ularning 33tasi, yani 4,4 foizi buyicha jinoyat ishi quzgatilgan.

Sohalar kesimida tahlil qiladigan bulsak, qiynoq bilan bogliq jinoyatlarni sodir etishda aybdorligi isbotlanib, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan shakhslarning aksariyati IIV va DKhKh khodimlaridir. Shuningdek, prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Majburiy ijro byurosi khodimlari tomonidan ham shunday jinoyatga qul urilgani aniqlangan», deya Svetlana Ortiqovaning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

Bosh prokuror urinbosarining suzlariga kura Uzbekistonda qiynoqning oldini olish buyicha milliy tizim khalqaro huquqning umumetirof etilgan prinsiplari va normalariga tuliq muvofiq emas, bu esa mamlakatimizning nufuziga hamda khalqaro reyting va indekslardagi urniga salbiy tasir kursatmoqda.

Khususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan har yili elon qilinadigan Inson taraqqiyoti indeksida (Human Development Index) Uzbekistonning urni sunggi yigirma yilda ijobiy tomonga uzgarmagan. Inson taraqqiyoti indeksining baholovchi kursatkichlaridan biri – insonning fundamental huquqlari, shu jumladan qiynoqning oldini olish buyicha khalqaro shartnomalarning ratifikasiya qilinishi va amal qilinishi holatini aks ettiradi.

«Respublikada jinoyat ishini yuritish chogida ushlab turilgan shakhslarning yagona elektron reestrini yuritish tizimini yulga quyish jiddiy zaruratga aylangan, chunki jinoyat ishini yuritish chogida ushlab turish jarayonida belgilangan muddatdan ortiqcha vaqt davomida ushlab turish, ushlab turish boshlangan vaqtni kechiktirib kursatish, gayriqonuniy ravishda ushlab turish kabi holatlar kuzatilmoqda. Qiynoqdan jabrlangan shakhslarga etkazilgan moddiy va manaviy zararning urni qoplanishini taminlash hamda ularga ijtimoiy, huquqiy va psikhologik yordam kursatish ishlarini takomillashtirishni davrning uzi talab etmoqda.

Amaliyot tahlil qilinganda qiynoqdan jabrlangan shakhslarga etkazilgan zararning urni qoplanishi va ularga kursatilgan yordam (ijtimoiy, huquqiy, psikhologik) masalalari buyicha aniq statistik malumotlarni yuritish tizimi yulga quyilmaganligini kursatmoqda.

Qiynoqning barvaqt oldini olish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari buyicha milliy markaz, Uzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish buyicha vakil va boshqa mutasaddi organlarning faoliyatlarini uzaro muvofiqlashtirgan holda ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joylarga muntazam ravishda monitoring tashriflarini amalga oshirishini yulga quyish zarurati yuzaga kelgan.

BMTning Qiynoqqa qarshi qumitasi tomonidan 2020 yil 14 yanvarda bildirilgan Uzbekistoning beshinchi davriy hisoboti buyicha yakuniy etirozlarda qiynoqning oldini olish tizimini khalqaro-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek qiynoqning barvaqt oldini olish, qiynoqqa doir murojaatlarni qabul qilish, kurib chiqish, qiynoqdan jabrlanganlarni reabilitasiya qilish buyicha samarali huquqiy, institusional mekhanizmlarni joriy etish buyicha qator tavsiyalar berilgan. Ushbu tavsiyalarni hisobga olish zarurati qiynoqning oldini olish buyicha milliy tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini takomillashtirishni taqozo etadi», deydi Svetlana Ortiqova.

Brifingda Uzbekistonda sunggi uch yilda qiynoqning oldini olish maqsadida vaqtincha saqlash, tergov hibskhonalari va jazoni ijro etish muassasalariga 3 mingdan ortiq audio hamda video yozuv uskunalari urnatilgani, tergov hibskhonalari va jazoni ijro etish muassasalarida advokatlar uchun jihozlangan 69ta khona tashkil etilgani malum qilindi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda

Uzbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika buyicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, …