Главная / Jamiyat / 2020 yil 1 yanvardan yangi notarial harakatlar joriy etiladi
<

2020 yil 1 yanvardan yangi notarial harakatlar joriy etiladi

Prezident “Uzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari tugrisida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga kura, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi yangi notarial harakatlar joriy etiladi:

fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bulgan jarayonda dalillarni taminlash;

mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish;

mualliflik va turdosh huquq obektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.

rscv8dx1eyhsdaltrghcz7gv8l6dyoi8

2020 yil 1 yanvaridan quyidagi qulayliklar yaratiladi:

kuchmas mulklar buyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda MIBning vakolatlariga kiradigan kommunal khizmatlar buyicha qarzdorliklar haqida malumotlar faqat Byuroning akhborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi;

agar taraflar turli hududlarda bulsa, usha hududdagi notarial idorada turib videokonferensaloqa orqali bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin;

ochiq akhborot tizimidagi ayrim hujjatlarning elektron shakli mulkni begonalashtirish bilan bogliq bulmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qogoz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega buladi;

respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar notariusga taqdim etilmasdan turib, ularni noyob raqam orqali tekshirish mumkin buladi;

notariusga murojaat etishda elektron navbat olish va hujjatlarni oldindan tayyorlab quyish khizmati joriy etiladi;

notarial arkhivda mavjud bulgan hujjatlar nuskhasini Yagona interaktiv davlat khizmatlari portali orqali olish imkoni yaratiladi.

2020 yil 1 yanvargacha Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta eksperimental notarial idora tashkil etiladi.

Ushbu idoralarda quyidagilar joriy etiladi:

mol-mulkni tasarruf etish bilan bogliq bulmagan bitimlarni tasdiqlash, ijro khatlarini yozish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga tugri tarjima qilinganligini shahodatlash elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi;

arizalar elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtiriladi.

Masofadan turib khizmat kursatilganda rasmiylashtirilgan hujjatlarni mijozga kurer khizmati orqali etkazib berish imkoniyati yaratiladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar notarial arkhivda saqlanayotgan kuchmas mulkka bulgan huquqni vujudga keltiruvchi bitimlar raqamli kurinishga utkaziladi.

О нас

Яна маълумот

3TcsCKyeEK4dlxIh2RC0LqlEjOA_TCDj

Energetika vazirligi: aqlli hisoblagichlar elektr energiyasi uchun tulovni 99 foizgacha oshirdi

Energetika vazirligida mamlakatda ASKUE tizimini joriy etish buyicha asosiy hamkor hisoblangan Janubiy Koreyaning «KT Corporation» …