Главная / Jahon / 12 yoshli qizni zurlagan pedofilga ugil farzand tarbiyasida ishtirok etish huquqi berildi

12 yoshli qizni zurlagan pedofilga ugil farzand tarbiyasida ishtirok etish huquqi berildi

2008 yilda Kristofer Mirasolo 12 yoshli qizni uldirish bilan tahdid qilib, uni zurlagan, natijada qiz homilador bulib, ugil farzandni dunyoga keltirgan. Ushanda erkak bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi, biroq u olti oygina tutqunlikda buldi. Tuqqiz yil utgach, Kristofer uglining tarbiyasida ishtirok etishga qaror qildi va sud unga bolani birgalikda tarbiyalash huquqini berdi. Detroit News shu haqida khabar berdi.

Mudhish voqea ruy bergan kun qiz uzining 13 yoshli opasi va ularning dusti bilan birga bolaning katta yoshli tanishi Kristofer bilan uchrashishgan. Erkak bolalarga mashinada aylanib kelishni taklif qilgan, ular Kristofer “Makdonalds”ga olib boradi deb uylab rozi bulishgan. Biroq buning urniga Kristofer ularning mobil telefonlarini tashlab yuborib, ikki kun qarindoshlarining yonidagi bum-bush uyda saqlagan. Okhir-oqibat u katta opani quyib yuborgan, qiz sodir bulgan voqea haqida boshqalarga suzlab bergan.

Kristofer bir oydan keyin qulga olingan, bu vaqtga kelib esa qizcha homilador bulgan. Jabrlanuvchi bolani qoldirishga qaror qilgan. U uqishni tashlab, ishga joylashishiga tugri kelgan.

Mirasolo olti oyda, muddatidan avval quyib yuborilgan, zero u bemor onasini parvarish qilishi kerak bulgan. Biroq 2010 yilda uni boshqa bir khuddi shunday jinoyat uchun yana bir bor qamoq jazosiga hukm qilishgan – bu safar u 13-15 yoshlar atrofidagi usmirni zurlagandi.

Kristoferning advokati aytishicha, uning himoyasidagi shakhs qanday qilib 8 yoshli uglining tarbiyasida ishtirok etishi hozircha noaniq, shu bois u himoyasi ostidagi shakhsning avvalgi jinoyatlarini muhokama qilishdan bosh tortgan. Zuravonlik qurboni bulgan qiz va uning advokati sud qaroriga nisbatan appelyasiya berishgan.

Яна маълумот

snaiperist

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi, deb khabar berdi mamlakat Qurolli kuchlari bosh qumondonligi Twitterda. “Snayperlar razvedka, …