Ekstremal Rayan Uilyams dunyo bo’ylab sayohati davomida JARning Durban shahridagi “Mozes Mabida” futbol stadioni tomidan arqonda pastga sakrashga qaror qildi. Bu stadion JARda 2010 yilda o’tgan jahon chempionati uchun qurilgan.

Sakrash balandligi 88 metrni tashkil qilgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, “arg’umchoq”ning eng pastki nuqtasi yer sirtidan 9 metr balandlikda bo’lgan.

Quyida ushbu ekstremal sakrash videosi taqdim qilingan. Rayanning sakrashi esa videoning 6 daqiqasidan boshlanadi.