Prezidentning «Farmasevtika tarmogini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmoni bilan Uzbekiston Respublikasi prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ–2647-son qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan taminlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funksiyalarini Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatildi.

Belgilanishicha, Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ruykhatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari uchun qatiy narkhlar Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zmedimpeks” DUKning Uzbekiston Respublikasi Investisiyalar buyicha davlat qumitasi bilan kelishilgan takliflariga kura belgilanadi.

“O‘zmedimpeks” DUK 2023 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy tulovlar tulashdan, shuningdek, Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining buyurtmalari buyicha dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiyot tekhnikalari va makhsus tibbiyot avtotransporti etkazib berish shartnomalari yuzasidan bojkhona tulovlari (bojkhona rasmiylashtiruvi uchun yigimlardan tashqari) tulashdan ozod qilindi.

Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda: 

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ruykhatga olish, narkhini belgilash tartibini takomillashtirishni, qonunchilikka “in bulk” mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Uzbekiston Respublikasi Investisiyalar buyicha davlat kumitasi, Khususiylashtirilgan korkhonalarga kumaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qumitasi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qatiy narkhini, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining tartibga solinadigan narkhlarini belgilash tartibini tasdiqlaydi;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini ularning khalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlarini tasdiqlash tugrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlarini tasdiqlangan kundan boshlab dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish nuqtai nazaridan ularning ishlab chiqarilishini tekhnologik auditdan utkazadi;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot tekhnikalarini olib kirish buyicha yagona logistika markazini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi;

Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari doirasida yaratilgan loyihalarni bajarish guruhlari faoliyatining samaradorligini urganadi.