990a43e2e09b186d4c540ada18bbd718BMT Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiyani Yamandan blokadani olishga chaqirdi. Bu qamal Yamanga gumanitar yordamni olib kirishga tusqinlik qiladi, deb aytdi BMT vakili Stefan Dyujarrik.

“Portlar, aeroportlar, quruqlikdagi yullarning blokada qilinishi shundoq ham falokatli bulgan vaziyatga favqulodda salbiy tasir qiladi. Mojaroning barcha tomonlari portlar va aeroportlar orqali barcha muhtoj odamlarga gumanitar yordamning khavfsiz va tez etkazilishini engillashtirishlari kerak”, deb aytgan BMT vakili.

Saudiya Arabistoni koalisiyasi Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon raketalar otilgandan keyin Yamandagi barcha portlar va aeroportlarni yopishga qaror qilgan.

BMT malumotlariga kura, Yamanda hozirda 20 mln ga yaqin odam gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda, ulardan 7 mln nafari ocharchilik yoqasida turibdi. Shuningdek, mamlakatda vabo avj olgan va hozirda bu kasallikka uchragan va uchraganlikka gumon qilinayotgan 850 ming kishi qayd qilingan.