5 noyabr kuni kechqurun soat 11da Ar-Riyoddagi Ritz-Carlton mehmonkhonasidagilardan barcha narsalarni olib foyega chiqish suralgan. Mehmonkhona mijozlarining hech biriga bu galati iltimosning sababi tushuntirilmagan. Mijozlar avtobuslarga utkazilgan va Saudiya Arabistoni poytakhtidagi boshqa bir besh yulduzli mehmonkhonaga kuchirilgan.

Ritz-Carlton esa usha kuni qulga olingan shahzodalar va yuqori martabali amaldorlar uchun qamoqkhonaga aylangan.

5 noyabr kuni qirollik khonadonining 30 nafarga yaqin azosi hamda yuqori martabali amaldorlar korrupsiyada ayblanib qulga olindi. The Guardian khabariga kura, hibsga olinganlarning mulklari musodara etilmagan.

Hibsga olish ishlari qirol Salmon ibn Abdulaziz farmoyishiga kura ruy bermoqda. Bunda unga vorisi Muhammad ibn Salmon boshqaruvidagi korrupsiyaga qarshi qumita  kumak bormoqda.

Izoh berilishicha, u boshqa badavlat khonadonlar bilan munosabatlar buzilmasligi uchun shahzodalarni qimmatbaho mehmonkhonag joylashtirishga qaror qilgan va Ritz-Carlton ular uchun vaqtincha qamoqkhonaga aylangan.

Foto © Booking.com/The Ritz-Carlton, Riyadh

Foto © Booking.com/The Ritz-Carlton, Riyadh

Foto © Booking.com/The Ritz-Carlton, Riyadh

Foto © Booking.com/The Ritz-Carlton, Riyadh

Siyosatshunos, professor Abdulkholiq Abdullaning fikr bildirishicha esa, endi Saudiya Arabistonida avvaldan mavjud normalar yuqolishi, badavlat khonadonlar urtasidagi aloqalar endi avvalgidek bulmay qolishi mumkin.

«Saudiya Arabistonida barchaga birdek qarashga harakat qilishiadi. Agar elita vakili aybdor deb topilsa, uning joyi qamoqda buladi», degan u.