Главная / Siyosat / 1 apreldan qonunchilikda nimalar uzgaradi?
<

1 apreldan qonunchilikda nimalar uzgaradi?

Toshkentda ikkilamchi bozordan uy olish huquqi, tan olinadigan fuqarolik, adliya tizimiga qaytayotgan «ZAGS», kengaytirilayotgan elektron davlat khizmatlari va boshqalar.

Kun.uz sayti 2020 yil 1 apreldan boshlab kutilayotgan ayrim uzgarishlarni etiboringizga havola etadi.

Toshkentdan propiskasiz uy sotib olish mumkin buladi

Prezidentning shu yil 2 martda imzolagan farmoniga asosan 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchmas mulk olishda Uzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bulish talab qilinmasligini kuzda tutuvchi tartib joriy etiladi.

Shuningdek, Uzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bulgan Uzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda kuchmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish muljallanmoqda.

Eslatib utamiz, ushbu tartibni joriy etishni kuzda tutuvchi «Uzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi buyicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish tugrisida»gi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga quyilgan. Muhokama shu yilning 31 martiga qadar davom etishi nazarda tutilsa, mazkur masalaning ijrosi buyicha belgilangan muddat buziladi.

Ayrim fuqaroligi bulmagan shakhslarga nisbatan Uzbekiston fuqaroligini tan olish boshlanadi

Shu yilning 13 mart kuni tasdiqlangan «Uzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugrisida»gi qonun ayrim qoidalari 1 apreldan boshlab kuchga kiradi.

Jumladan, 1995 yil 1 yanvarga qadar Uzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan utgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bulmagan shakhsga Uzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shakhs istak bildirgan taqdirda, Uzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasi (yolgiz otasi yoki onasi) Uzbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga kura Uzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

FKhDYO organlari adliya tizimiga qaytadi

Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938 sonli farmoni bilan 2020 yil 1 apreldan FHDYOlar adliya tizimiga, yani Adliya vazirligi huzuridagi Davlat khizmatlari agentligi tasarrufiga utkaziladi.

Bunda, agentlikka FHDYO organlari ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga quyish, huquqni qullash amaliyotini muvofiqlashtirish, «FHDYOning yagona elektron arkhivi» akhborot tizimini yuritish va FHDYO organlarining hududiy arkhivlariga rahbarlik buyicha funksiyalar yuklanadi.

Eslatib utamiz, prezidentining 2018 yil 12 iyundagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida» PQ-3785-son qaroriga muvofiq, FHDYO organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga utkazilgan edi.

Hududlardagi 1 ming 576 nafar ogir turmush sharoitidagi, nogironligi bulgan khotin-qizlar arzon uy-joylar bilan taminlanadi

Davlat dasturining 204-bandiga muvofiq, 1 aprelga qadar hududlarda ogir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bulgan khotin-qizlar arzon uy-joylar bilan taminlanadi. Bunda Khotin-qizlar va oilani qullab-quvvatlash jamoat fondi mablaglari hisobidan uy-joylarning boshlangich badal tulovini qurilish kompaniyalariga utkaziladi. Band ijrosi uchun Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi masul etib belgilangan.

Onlayn davlat khizmatlarini kursatish kengaytiriladi

Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son farmoniga muvofiq quyidagi davlat khizmatlari 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat khizmatlari portali hamda davlat va khujalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali kursatiladi:

Ruhiy va Narkologiya dispanser malumotnomalari Davlat khizmatlari markazlari orqali beriladi

Vazirlar Mahkamasining shu yil 10 yanvardagi «Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga malumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari tugrisida»18-sonli qaroriga muvofiq 1 apreldan boshlab Ruhiy kasalliklar buyicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turishi yoki turmasligi tugrisidagi malumotnomani tugridan-tugri berish amaliyoti bekor qilinadi.

Fuqarolarga Ruhiy kasalliklar buyicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi tugrisidagi malumotnoma faqat Davlat khizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat khizmatlari portali orqali taqdim etiladi.

Narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

Ayrim tumanlarda er uchastkalarini qishloq khujaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov utkazish orqali ajratish mekhanizmi joriy etiladi

Prezidentning shu yil 28 yanvardagi PQ-4575-sonli qaroriga asosan 2020 yil 1 apreldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati Qibray va Toshkent tumanlari, Fargona viloyati Fargona va Oltiariq tumanlari hamda Qashqadaryo viloyati Kitob va Nishon tumanlarida:

  • jismoniy va yuridik shakhslarga er uchastkalarini qishloq khujaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov utkazish orqali ajratish mekhanizmi joriy etiladi;
  • jismoniy va yuridik shakhslarga keyinchalik tanlovga quyish buyicha tashabbus kursatish huquqini taqdim etgan holda makhsus geoportal orqali er uchastkasi tugrisidagi malumotlarni joylashtirish huquqi beriladi;
  • qishloq khujaligiga muljallangan erlardan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash hamda ulardan soliqqa tortishda foydalanish mekhanizmi joriy etiladi.

О нас

Яна маълумот

VkJrM3E1SSWRTvMBydDG4D9SFsS5zO5W

«Hududingda kimdir vafot etsa, tobutini kutar, shunda hurmat qilishadi» – Almatov ichki ishlar organi khodimlarining urni haqida gapirdi

Kun.uz sizni qiziqtirgan mavzularda suhbatlar uyushtirishda davom etadi. Bu galgi suhbatdoshimiz Uzbekistonning eng taniqli insonlaridan …