Главная / Jamiyat / 27 apreldagi dovul haqida nega oldindan khabar berilmadi? — masullar izohi
<

27 apreldagi dovul haqida nega oldindan khabar berilmadi? — masullar izohi

27 aprel kechasi Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol Uzbekistonning bir nechta hududlarida, ayniqsa Bukhoro viloyatida katta talafotlarga sabab buldi.

Foto: KUN.UZ

Dovul uylarning tomini uchirib yuborgan, elektr va gaz taminoti liniyalarini ham uzib tashlagan edi. Aloqa kanallari ishdan chiqishi oqibatida minglab aholi telefon va internet aloqasidan uzilib qoldi.

Kuchli shamol oqibatida bir kishi vafot etib, 41 kishi jarohatlandi.

Talafotni urganish va oqibatlarini bartaraf etish buyicha Bukhoro viloyati tezkor shtabi malumotiga kura, viloyat buyicha jami 5293ta obektning tom qismiga zarar etgan, shundan 4800tasi – yakka tartibdagi uy-joylardir.

Usha kuni viloyat buyicha 42 ming 400 dona yirik darakhtlar singan yoki qulagan. Binolar ostida va darakhtlar ostida quyilgan yuridik va jismoniy shakhslarning 415ta avtotransportiga jiddiy ziyon etgan.

Tabiiy ofat davlat byudjetiga kamida 10 mln dollarga tushdi. Bundan tashqari, 20 ming tonnaga yaqin hosil yuqotildi.

Kun.uz 27 aprel kungi ob-havoning keskin uzgarishi haqida nima uchun oldindan khabar berilmagani, nima sababdan aholi kuchli shamol bulishi haqida ogohlantirilmagani, bir kun avval – 26 aprelda Khorazm viloyati hududida kuzatilgan kuchli shamol, havo oqimining keskin uzgarishidan nima uchun tezkorlik bilan khulosa chiqarilmagani, faqatgina 27 apreldagi ofatdan sung Toshkentda odamlar ichki ishlar khodimlari tomonidan uyma-uy yurib ogohlantirilgani buyicha masullardan izoh oldi, sodir bulgan holatdan qanday khulosalar chiqarilgani bilan qiziqdi.

Murod Sodiqov – Favqulodda vaziyatlar vazirligi akhborot khizmati rahbari:

– Odatda «Uzgidrometeorologiya» markazi vazirligimizning Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markaziga kutilayotgan ob-havo tugrisida kuniga 2 marta akhborot yuborib turadi. 27 aprel kuni ham markazga soat 07:21da shu kuni kutilayotgan ob-havo haqida prognoz kelib tushgan. Ushbu prognozda 27 aprel kuni jiddiy talafotlarga sabab buladigan shamol bulishi qayd etilmagan. Respublikaning togli hududlarida sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esishi aytilgan. Bunday tezlikdagi shamol odatiy bulib, hech qanday talafotlarni keltirib chiqarmaydi.

Bu bilan «Uzgidrometeorologiya» markazini aybdor qilib kursatmoqchimasman. Mutakhassislarimizning takidlashicha, usha kuni ob-havo keskin uzgarib ketgan. Uzim ham ob-havo mutakhassisiman, bilamanki, bazida Uzbekistonda mavjud asboblar orqali aniqlangan prognozlar ham bazida khato bulib chiqadi. Dunyo buyicha ham ob-havoni aniq aytib beradigan markaz, prognozlarni 100 foiz tugri aniqlay oladigan asbob-uskunalar yuq.

27 aprel kuni shamol prognozdagiga nisbatan ikki barobar kuchli bulgan. Kaspiy dengizi buylab shakllanib, Kaspiy dengizi janub tomonidan chiqib kelgan dovul Turkmaniston orqali dastlab Bukhoro viloyatining Olot va Qorakul tumanlariga kech soat 20:05larda kirib kelgan. Olot va Qorakulda shamol birdan kuchayish tezligi 30 m/s, yogingarchilik miqdori 19,5 mm.ni tashkil etgan.

27 aprel kuni kechasi soat 22:00da «Uzgidrometeorologiya» markazi tomonidan yuborilgan prognozda ob-havodagi keskin uzgarishlar qayd etilgan edi. Lekin bu vaqtda dovul qiladigan ishini qilib bulgan, Bukhoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryoda kuzatilgan kuchli shamol sekinlashib bulgandi.

Agar ob-havodagi bu kabi keskin uzgarishlarni, dahshatli shamol yaqinlashayotganini aniqlashning imkoni bulganida «Uzgidrometeorologiya» markazi bizga albatta khabar bergan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi odamlar hayoti va sogligiga tugridan-tugri tasir kursatuvchi bu holat haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa vositalar orqali aholini ogohlantirgan, talafotlarning oldini olishga harakat qilgan bulardi.

FVVda tegishli meyoriy hujjatlarga asosan favqulodda vaziyatlarni oldini olish yuzasidan khabardor qilish tizimi mavjud. «Aholini va hududlarni tabiiy hamda tekhnogen khususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tugrisida»gi qonunining 4-moddasida oshkoralik va akhborotning uz vaqtida berilishi va ishonchli bulishi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari etib belgilangan.

Qanday turdagi ob-havo prognozlarida aholini ogohlantirish yoki evakuasiya qilish talab etiladigan meyorlarimiz bor. Shunga kura, talafotlar va moddiy zarar miqdoridan kelib chiqqan holda kutilayotgan holat favqulodda vaziyat sifatida ruykhatga olinadi va oldini olish yuzasidan vazirlik va idoralar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Bukhoro, Navoiy viloyatlaridagi dovuldan sung Toshkent shahrida odamlar ichki ishlar khodimlari tomonidan uyma-uy yurib ogohlantirilgani IIV va FVVning birgalikda amalga oshirgan tadbir hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlar paytida ushbu tuzilmalar hamisha hamkorlikda faoliyat yuritadi, umumiy faoliyatni FVV muvofiqlashtirib turadi.

Garchi prognozlarda 28 aprel kuni Toshkent shahri va viloyati hududida kuchli shamol bulishi qayd etilgan bulsa-da, amalda bunday bulmagan. Bu ham ob-havo prognozlarini aniq aytib berish naqadar murakkab jarayon ekanining isbotidir.

26 aprelda Khorazm viloyatida kuchli shamol kuzatilganiga kelsak, haqiqatan ham usha kuni viloyat hududida boshqa paytlarga qaraganda shamol tezligi yuqoriroq bulgan, momaqaldiroq bulgan. Lekin u jiddiy talafotlarni keltirib chiqarmagan. Agar favqulodda vaziyat elon qilinadigan darajadagi ob-havo uzgarishlari haqida mutasaddi idoralar bizni vaqtida ogohlantirsa, kerakli malumotlar bilan taminlashsa, butun tizimimiz talafotlarning oldini olish, odamlarni qutqarish uchun safarbar qilinadi.

Malika Mirjamolova – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Uzgidrometeorologiya» markazi akhborot khizmati rahbari:

– Uzbekiston meteorologik stansiyalari malumotlariga kura, bu tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 22-25 metrgacha etdi, Qorakul tumanida (Bukhoro viloyatining janubi) shamolning shiddati sekundiga 30 metr, Navoiy tumanida 35 metrni tashkil qildi.

Ushbu tabiiy ofatga khorijiy janub hududi ustida shakllangan siklon sabab buldi. 27 aprel kechqurun sovuq siklon fronti Uzbekistonning Turkmanistonga tutash janubi-garbiy tumanlaridan utdi.

Atmosfera fronti zonasida ikkita – kunduzi 34-37 darajagacha qizigan issiq va sovuq siklon fronti ortidagi salqin havo oqimlari tuqnashdi, bu holat havoning yuqoriga kuchli harakatlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratdi hamda momaqaldiroq va shiddatli shamolning rivojlanishiga olib keldi.

«Uzgidromet» sinoptiklari 27-29 aprel kunlari Uzbekiston hududi buylab ob-havoning beqaror bulishini kutgan edilar – ob-havo malumotlarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi va vaqti-vaqti bilan momaqaldiroqli yomgir yogishi kursatildi. Khususan, Bukhoro va Navoiy viloyatlarida bu hodisalar 27 aprel kuni kechqurun va 28 aprel kuni kechasi kutilgan edi. Yani shamolning tezligi odatdagidan kuchliroq bulishi haqida tegishli idoralarga khabar berganmiz, Uzbekiston hududining katta qismida shamolning kuzatilgan tezligi 15-20 m/s atrofida buldi. Biroq, Bukhoro va Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida shamolning tezligi prognoz qilingan qiymatlardan yuqori buldi.

Shamol shunday ekstremal tezlikka erishishini oldindan prognoz qilish mumkinmidi? Afsuski, barcha ob-havo hodisalarini, shu jumladan khavfli hodisalarni oldindan bilish qiyin. Bir joyning uzida yuzaga keladigan kichik hududlarni qamrab olib juda tez rivojlanadigan lokal (mahalliy) hodisalarni prognozlash juda murakkab hisoblanadi.

OAVda elon qilinadigan bir parchagina ob-havo malumotining ostida juda katta mehnat yotadi. Ob-havo hodisalari, undagi uzgarishlar har uch soatda uzluksiz kuzatib boriladi. Markazimiz mutakhassislari ob-havo malumotlarlarini tayyorlayotganda nafaqat uzimizdagi malumotlarga tayanishadi, balki jahonning etakchi markazlarining malumotlari, suniy yuldoshlar tomonidan uzatilayotgan malumotlardan foydalanishadi.

Jahon ob-havo markazlarining hisob-kitoblariga kura ham 27-28 aprel kunlari shamolning tezligi sekundiga 20 metrdan yuqori bulishi kutilmagan edi. Balki hisob-kitoblarning bunday natijasi pandemiya davrida yuzaga kelgan malumotlar etishmasligi sababli bulishi mumkin, chunki bugun dunyoda kuzatilayotgan pandemiya davrida meteorologik malumotlar hajmi bir necha marta kamaydi.

Bukhoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilganidek, shamol kuchining sekundiga 30-35 metrgacha etishi – Uzbekiston hududida juda kam uchraydigan hodisa. Lekin bu anomal holat degani emas. Khususan, 2019 yilda Navoiyda shamol tezligining 35 m/s ga etgani ikki marta qayd etilgan. Qorakul meteostansiyasida 1981 yil may oyida shamolning tezligi 40 m/s bulgani qayd etilgan.

Yana shuni ham etiborga olish kerakki, shiddatli shamollar meteostansiyalar yuq bulgan rayonlarda yuzaga kelgan holatlar ham kuzatiladi, bunday holatda ular meteokuzatuvlar tarikhida qayd etilmaydi.

Ruy bergan holat mutakhassislarimiz tomonilan atroflicha tahlil qilindi. Bunaqa buron, dovullar haqida bizda qanaqadir malumot bulsa, biz bu haqda albatta Favqulodda vaziyatlar vazirligiga khabar beramiz. Hech qachon bu narsa yashirilmaydi yoki makhfiy malumot darajasida ushlab utirilmaydi. «Uzgidromet»ning asosiy vazifasi – buladigan ob-havo hodisalarini iloji boricha oldindan tugri, aniq aytib, uz vaqtida khabar berish. Kutilayotgan ob-havo hodisalari, keskin uzgarishlar haqida ogohlantirish eng birinchi funksiyamizga kiradi.

«Soha modernizasiyaga muhtoj»

Kun.uz suhbatlashgan soha mutakhassislaridan biri ismini ochiqlamaslik sharti bilan ayrim muammolar haqida gapirib utdi. Uning aytishicha, «Uzgidrometeorologiya» markazining tekhnik va tekhnologik hamda inson resurslari ancha cheklangan. Tizimning kuzatuv tarmogi va stansiyalari kup emas.

«Aslida har bir tumanda bitta, hududi katta tumanlarda esa aholi sonidan kelib chiqib bir nechta stansiyalar bulishi, bunda hududdagi iqlimning uzgaruvchanligi, uziga khosliklari inobatga olinishi kerak.

Shunday hududlar borki, hududining bir qismi tog, bir qismi tekislik, boshqa qismi chuldan iborat. Bunday sharoitda bitta stansiya barcha hududlardagi ob-havo uzgarishlarini birday aniqlab bera olmaydi. Biroq Uzbekistonda shunaqa joylar borki, u erda «Uzgidrometeorologiya» markazining stansiyalari yuq. Respublika buyicha 83ta stansiya bor», deydi soha vakili.

U markazning ham, stansiyalarning ham moddiy-tekhnik bazasi ancha eskirgani, tizim modernizasiyaga muhtoj ahvolda ekanini takidladi.

«2018 yilda «Uzgidrometeorologiya» markazini modernizasiya qilish haqida qaror chiqqan, lekin hujjat ijrosiz qolib ketgan. Tizim faoliyatini yakhshilash uchun ancha-muncha zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar kerak, lekin ular juda qimmat. Hududlarga avtomatik metereologik stansiyalar quyilishi kerak, bu esa katta mablagni talab qiladi.

Uzbekistonda haliyam hisob-kitoblar inson mehnati bilan amalga oshiriladi. Uzbekistondayam avtomatlashtirilgan stansiyalar bor, lekin boshqa davlatlar bilan solishtirganda juda kam. Bu esa ish sifatiga tasir qilmay qolmayapti», deydi mazkur sohada uzoq yillik tajribaga ega mutakhassis.

Uning aytishicha, tizimda faoliyat kursatayotgan khodimlarga tulanayotgan ish haqi kam: shunday khodimlar borki, 800-900 ming sum oylikka ishlashadi. Bu – respublikadagi urtacha ish haqi kursatkichidan ham ancha past.

Manba maosh pastligi tufayli yakhshi mutakhassislar kelmayotgani, ayni paytda sohada kasbining fidoyilarigina faoliyat kursatayotgani, ulardan keyin nima bulishi nomalumligini aytib utdi.

О нас

Яна маълумот

RGh_NfShTb2X4AmksDYQdKDAO8cZTE-h

Uzbekning «shum bola»si — Abdurayim Abduvahobov yaqinlari khotirasida

14 iyul kuni uzbek khalqining katta-yu kichigiga qadrli bulgan aktyor Abdurayim Abduvahobov upka raki tufayli …