Главная / Jamiyat / 1 yanvardan olis hududdagi ishga jalb qilingan oliy malumotli mutakhassisga 11 mln sum, shifokorga 30 mln sum beriladi
<

1 yanvardan olis hududdagi ishga jalb qilingan oliy malumotli mutakhassisga 11 mln sum, shifokorga 30 mln sum beriladi

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutakhassislarni jalb qilish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi khabar bermoqda.

Qarorga kura, olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy malumotli mutakhassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (11 million 150 ming sum) bir martalik boshlangich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (446 ming sum) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi berilishi belgilandi.

Prezidentning 2020 yil 12 noyabrda “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mekhanizmlarni joriy qilish va sogliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tugrisida”gi farmoni elon qilingan edi.

Unda tibbiy oliy talim tashkilotini okhirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi tibbiyot khodimi olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million sum miqdorida bir martalik boshlangich yordam puli, uy-joyi bulmaganlarga esa 3 yil davomida khizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensasiyasi berilishi qayd etilgan. Tibbiyot khodimlari uchun ushbu tartib amal qiladi.

Ushbu chora tadbirlar olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy malumotli mutakhassislar mehnatini yanada ragbatlantirish, bush ish urinlarini tuldirish hamda joylarda malakali kadrlarning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Khush, Uzbekistondagi olis va chekka hududlarga qaysilar kiradi?

Yuqorida qayd etilgan qaror ilovasida hududlar olis va chekka hududlar deb etirof etiladi. Ilovada mamlakatdagi 242ta qishloq, mahalla va ovullar sanab utilgan.

Shuningdek, qarorga binoan qayd etilgan hududlarda ishga qabul qilingan malakali mutakhassislarga beriladigan bir martalik boshlangich yordam puli hamda har oylik  kompensasiyasi soliq tulovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shakhslardan olinadigan daromad soligining soliq solish obekti hisoblanmaydi.

Mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlangich yordam puli va har oylik pul kompensasiyasi hamda uy-joy sharoitini yakhshilash buyicha imtiyozlardan oliy talim muassasasining bakalavriati yoki magistraturasini (talim shaklidan qati nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutakhassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga egadir, deyiladiSogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi malumotida.

Eslatib utamiz, prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasida “Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis hududlarda ish boshlaydigan mingdan ortiq vrachlarga 30 million sumdan yordam puli berilishini hamda ular khizmat uylari bilan taminlanishini malum qilgandi.

Mavzuga doir:

О нас

Яна маълумот

Qiynoqqa solish, shafqatsiz va gayriinsoniy muomalada bulish

Qiynoqqa solish, shafqatsiz va gayriinsoniy muomalada bulish holatlari buyicha Ombudsmanga murojaatlar okhirgi 4 yilda 7 …