Главная / Jahon / Zelenskiy tayinlagan gubernatorlar orasida birinchi istefo ruy berdi
<

Zelenskiy tayinlagan gubernatorlar orasida birinchi istefo ruy berdi

Ukrainaning Kiev viloyati gubernatori Mikhail Bno-Ayriyan istefoga chiqishga ariza berdi.

Bu haqda uning uzi Facebook’da malum qildi.

Bno-Ayriyan ijtimoiy tarmoqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nomiga yozilgan arizaning suratini ilova qilgan. U istefoga chiqishi sabablarini malum qilmagan, biroq istefosini yozuvchi Ivan Bagryanoyning “Getsiman bogi” romani qahramoni Andrey Chumakka tegishli suzlar bilan izohlagan.

“Tiz chukib emaklab, ikki marta – ham manan, ham jismonan ulgandan kura, bir marta magrurona, sinmagan qalb bilan ulgan yakhshi. Biroq ikkinchi variantda umuman ulmaslik imkoni bor”, deb yozgan gubernator.

Zelenskiy Bno-Ayriyanni Kiev viloyati gubernatori etib tayinlanishi haqidagi farmonni joriy iyulda imzolagan. 19 oktyabrda u Facebook’dagi sahifasida uz lavozimida 100 kundan beri ishlayotganini yozgandi. “Men ishongandim va ehtimol hozir ham ishonaman, mamlakatda uzgarishlarning imkoni yuq. Asosiysi – buni istash”, deb takidlab utgan gubernator.

Bno-Ayriyan Zelenskiy tayinlagan gubernatorlardan istefoga chiqqan birinchisi buldi.

О нас

Яна маълумот

f7bfQyknIvtl2VF4MhgVtaZ-kmVmHDFv

Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydi

Vermont shtati senatori, Demokratlar partiyasidan nomzod Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydigan buldi. Berni …