Zaytun

zaytunZaytun buyi turt, etti metrgacha boradigan mayda bargli darakht. Guli oq, mevasi kuz urtasida etiladi. Zaytun juda uzoq umr kuradi. Suriya, Yaman, Ispaniya va Isroilda 2000 yildan ortiq umr kurgan zaytun darakhtlari bor.
Zaytunning barglari mayda va uchli, tekis qirrali, ust tomoni tuq yashil, pastki tomoni kulrang bulib, poyasi bilan shokhlarida qisqa bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Mevasi rezavor, danakli, usti yumshoq bulib, tusi qora, ogirligi 10-15 gr keladi.
Zaytun qurgoqchilikka chidamli, 13-18 daraja sovuqqa ham bardosh beradi. Har tupidan 20-40 kilogramm hosil olinadi. Zaytunning gurasi va pishgan mevasi konserva qilinadi. Zaytunning pishgan mevasi tarkibida 25-80 foiz buglanmaydigan moy buladi. Zaytun asosan moyi uchun etishtiriladi. Meva pustlogi va danagini qizdirish natijasida olinuvchi ikkinchi bosqichli moyi tekhnika va sovun pishirishda qullanadi. Kunjarasi chorva uchun emish vazifasini utaydi. YOgochidan qimmatbaho buyumlar tayyorlanadi. Dorivor va yirik gulli zaytundan efir moyi olinadi.
Zaytunning 600 ga yaqin turi malum. Faqat bir turi – Evropa zaytuni khujalik ahamiyatiga ega. Zaytun darakhti balandligi 4-12 metrgacha etadi. Shokh-shabbasi qalin, tarvaqaylagan, gullaganida khushbuy, yoqimli hid taratadi. Yangi utqazilgan kuchati urtacha un yilda hosilga kiradi. Mevasidan turli dardlarlarni davolashda foydalaniladi.
Zaytun darakhti Evropa, Osiyo, Amerika, Afrikada ekiladi. Shuningdek, Yaqin Sharq va Urta dengiz mamlakatlari – Ispaniya, Italiya, Gresiya va Portugaliyada etishtiriladi.
Zaytun mevasidan shifobakhsh va barakali yog olinadi. Zaytun yogi ham khuddi sedana kabi qadimdan khalq tabobatida qullanilib kelingan. Jumladan, Urta Er dengizi aholisining taomlari qatorida zaytun mevasi va yogi bulgan.
Zaytun yogi qadimdan ozuqa, yonilgi va tibbiy maqsadlarda qullanilib kelgan. Zaytun mevasi tarkibida yuzdan ortiq moddalar, asosan, moy, oqsil, glikozidlar, darmondorilar bor. Bugungi kunda zaytun etishtiruvchi mamlkatlar soni tobora ortib bormoqda. Zaytun moyiga bulgan talab nafaqat Evropa davlatlarida, balki Urta Osiyoda ham sezilarli darajada yuqori. Uning uziga khos khususiyatlari va qaerlarda etishtirilishi haqida kupchilik aniq malumotga ega emas. Bu darakhtning bargi ham, mevasi ham insoniyat salomatligi uchun koni foyda. Malumki, sifatli zaytun yogi bozorlarimizda yuqori narkhlarda sotiladi. Shu bilan birga u bozori chaqqon mahsulotlar sirasiga kiradi. Zaytun moyi qushib tayyorlangan salatlar va taomlar mazasi uzgacha, ular inson salomatligi uchun juda foydali. Uni istemol qilish organizm uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Tanada yog miqdori meyoridan oshib, vazn ortishi kuzatilmaydi.
Ispaniya zaytun yogi ishlab chiqarishda etakchi davlat sanaladi. Bu erda dunyodagi zaytun yogining 43.8 foizi ishlab chiqariladi. Ispaniya mahsulotining 75 foizi Anadalusiya hissasiga tugri keladi. Zaytun ishlab chiqarish borasida Ispaniyadan keyingi urinda Italiya turadi. Italiyada dunyodagi zaytun yogining 21.5 foizi ishlab chiqariladi. Gresiya 12. % bilan uchinchi, Suriya esa 6.1% bilan turtinchi urinda boradi. Keyin urinlarni Portugaliya, Braziliya va Marokash davlati egallaydi.
Sunggi yillarda Avstraliya ham zaytun etishtirish borasida ilgor mamlakatlar qatoriga qushilib bormoqda. Avstraliyada ishlab chiqarilgan zaytun yogi Osiyo, Evropa va Amerika Qushma Shtatlariga eksport qilinmoqda. Shuningdek, Turkiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Argentina va Chilida ham ekstra virjin (eng sifatli) zaytun yogi ishlab chiqariladi.
Zaytun mevasida 56% gacha moy, glikozidlar, oqsil, vitaminlar bor. Usimlik barglarida esa efir moylari, alkaloidlar, organik kislotalar, fitosterinlar, vitamin S va oshlovchi moddalar mavjud. Zaytun yogi kimyoviy tarkibi jihatidan ona suti tarkibidagi moyga yaqin turadigan yagona usimlik hisoblanadi. Gresiya, Italiya, Ispaniya kabi yirik davlatlar eng katta daromad aynan shu zaytun moyidan olganlari uchun ham uni “suyuq oltin” deyishadi.
Hozirgi paytda zaytunning 500 ga yaqin navlari mavjud bulib, ular asosan ikki guruhga: konservabop va moy beruvchi guruhlarga bulinadi. Abu Ali ibn Sino bunday yozadi: “Zaytun yogi surtilsa, oyoq bugin khastaligi bilan ogriganlarga foyda qiladi. YOvvoyi zaytun yogi bilan ogiz chayqalsa, qonaydigan milkka shifo, qimirlaydigan tishlarni mustahkamlaydi. Kuzga tushgan suv (katarakta) va oqni ketkazadi. Ichakni burab ogrishiga va gijjalarga qarshi ishlatiladi. Yalligli qulunjda foyda qiladi”.
Zaytun moyiga sarimsoq va sabzi qushib pishirilsa, qoringa suv yigilishida naf beradi. Zaytun moyining quyqasi quruq badanlarda paydo buladigan yaralarni bitiradi. Zaytun moyi qabziyatda surgi sifatida yakhshi naf beradi. Ut pufagidagi toshni nuratish khususiyati bor. Bunda zaytun yogi limon bilan aralashtiriladi.
Zaytun mevalari qora va yashil rangda buladi. Ayrim odamlar qorasi boshqa, yashili boshqa deyishadi. Aslida ular bir khildagi haqiqiy zaytun mevasi hisoblanadi. Faqatgina qorasi pishib etilgan meva bulib, yashili khomroq hisoblanadi. Qora ranglisida yoglilik miqdori yuqori bulgani uchun uni “maslina” deb ham aytiladi.
Zaytun yogini quruq, soya va salqin (sovuq bulmagan) joylarda saqlash kerak. Ayniqsa, utkir hidli mahsulotlardan uzoqroq tutish tavsiya etiladi. Chunki zaytun yogi utkir hidlarni tezda uziga singdirib oladi. Mabodo sovutgichga quyib muzlatgan bulsangiz, hech khavotir olmang, khona haroratida shifobakhshlik khususiyatlarini yuqotmagan holda darrov uz holiga qaytadi.
Toza zaytun yogining rangi och yashil-sariq bulib, yoqimli meva hidi bilan ajralib turadi. Uni tatib kurganingizda toza zaytun mevasining tami sezilishi kerak. Mutakhassislar Gresiya va Italiyada ishlab chiqarilgan zaytun yoglarining sifati yuqoriroq deb baholashgan.
Zaytun yogining sifati va foydalilik darajasi bu yogning qanday ishlab chiqarilishiga va uning turiga bogliq. Zaytun yogining sifatiga qarab quyidagi turlarga ajratib mumkin: Extra virgin olive oil (eng yuqori sifatli zaytun yogi), Virgin olive oil, Refined olive oil, Olive oil, Pure olive oil, Pomace olive oil.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …