Главная / Jamiyat / ZAKOT NIMA VA FIQHIY HUKMLARI – qanday hisoblanadi

ZAKOT NIMA VA FIQHIY HUKMLARI – qanday hisoblanadi

Shariy istilohda «Zakot – makhsus moldan makhsus juzni makhsus shakhsga Allohning roziligi uchun shariatda tayin qilingandek mulk qilib berishdir».

«Zakot» suzi lugatda «poklik» va «usish» degan manolarni anglatadi. Zakot bergan kishining moli poklanadi. Qachon zakotini bersa, poklanadi, bulmasa yuq. Zakoti berilgan molga baraka kiradi, kupayib, usadi.

«Makhsus mol» – nisobga etgan mol demakdir. «Makhsus juz» – zakot beruvchining mulkidan ajratiladigan miqdordir. Misol uchun, bir kishiga «Ushbu uyda bir yil utirib turishing senga zakot», deb bulmaydi. «Makhsus shakhs» deganda zakot olishga haqli bulgan shakhs nazarda tutilgan. «Allohning roziligi uchun» jumlasi esa zakotning ibodat niyati bilan berilishi kerakligini anglatadi. «Shariat tayin qilgan» deganda zakot chiqarish miqdori shariatda kursatilgan miqdorga tugri kelishi kerakligi nazarda tutiladi. Ozgina sadaqa berib, «shu zakot» deb bulmaydi. «Mulk qilib berish» degan jumladan esa «usha berilayotgan mol uni oluvchiga mulk bulmagunicha zakot bulmaydi» degan mano anglanadi.

section_1528807951

Zakot Islomning besh ruknidan biri bulib, shariat farz qilgan amaldir.

Zakot Islomdagi besh ruknning uchinchisidir. U islomiy ibodat bulib, aqiydaning ajralmas qismidir. Kim zakotni inkor etsa, kofir buladi, bordiyu uni ado etmasa, osiy buladi.

Fiqh kitoblarimizda ibodatlar qismi alohida, muomalalar qismi alohida bayon qilingan bulib, zakot ibodatlar qismida kelgan. Zakotda ibodat manosi bulishi bilan birga, ulug insoniy goyalar, akhloqiy kurinishlar, ruhiy qadriyatlar ham mavjud. Unda faqat moddiy mano emas, balki manaviy, ruhiy, akhloqiy manolar ham uz aksini topgan. Zakotda uni beruvchiga ham, zakot oluvchiga ham, ular yashab turgan jamiyatga ham kuplab dunyoviy va ukhroviy foydalar bor.

Zakot ibodati tufayli zakot beruvchi kishi uzining ikhtiyoridagi mol-dunyo Alloh tomonidan berilgan nemat ekanini, bu mol-dunyoga vaqtinchalik ega bulib turganini tushunib etadi. Shuning uchun u qulidagi mol-dunyoni Alloh kursatgan halol-pok yullarga sarflashga intiladi. Bu har bir shakhs, har bir jamiyat uchun iqtisodiy muammolarni hal qilishda juda muhim va zarur omildir.

Zakot ibodati nafaqat zakot beruvchi va zakot oluvchiga, balki jamiyatga ham ulkan foyda keltiradi. Shuning uchun zakot ibodati tatbiq qilingan jamiyatlarda kup mushkulot va muammolar uz-uzidan hal buladi.

ZAKOTNING FIQHIY HUKMLARI

I. Zakotberuvchida bulishi lozim shartlar:

1. Musulmon bulish.

2. Balogatga etgan bulish.

3. Oqil bulish

4. Hur bulish.

II. Zakotfarz bulishi uchun molda bulishi lozim shartlar:

1. Nisobgaetishi.

2. Tuliqmulk bulishi.

3. Felanyoki taqdiran usuvchi mol bulishi.

4. Hojatiasliyadan ortiqcha bulishi.

5. Qarzdankholi bulishi.

6. Bir yil tulgan bulishi kerak.

III. Zakotning tugri bulishi shartlari:

1. Niyat.

2. Haqdorga mulk qilib berilishi.

1. Niyat.

Zakotni ado etish vaqtida yoki uni ajratish vaqtida niyat qilish shartdir. Molning hammasini sadaqa qilib yuborsa, niyat qilish shart emas.

Zakotning tugri bulib, urniga utishi uchun eng muhim shart zakot berishni niyat qilishdir. Chunki Islomda hech bir ibodat niyatsiz bulmaydi.

2. Haqdorga mulk qilib berilishi.

Zakot tugri bulishi uchun ajratilgan mol zakot beruvchi tomonidan haqdorlarga mulk qilib berilishi kerak. Foydalanib turishga berilgan buyumlar zakot bulmaydi, shuningdek, kishilarni taomlantirib, «mana shu mening zakotim» deyish ham joiz emas. Lekin taom sotib olib, zakot deb niyat qilib bersa buladi.

Hanafiy mazhabi buyicha, aqli zaif yoki yosh bolaga zakot berib bulmaydi.

«Sadaqa qilindi» degani «birovga bir narsa mulk qilib berildi» deganidir. «Faqirlargadir» deganda ham arab tili qoidasida ularga mulk qilib berish tushuniladi.

ChORVA HAYVONLARINING ZAKOTI

Chorva hayvonlari zakotining shartlari:

1. Yaylovdautlaydigan bulishi.

2. Ishchi hayvonbulmasligi.

Yaylovda utlaydigan bulishi, yani yilningkup qismida ommaviy yaylovda utlabsemiribbolalabyurishiYilning bazi vaqtida quldan em esa ham bulaveradiYilning kup qismidaqulda boqilgan hayvonlardan zakot berilmaydiChunki ularniboqishga shakhsiy mehnat va sarfkharajat kup ketganbuladi.

Yilning kup qismida yaylovda boqilgan hayvonlarga esa mehnat hamsarfkharajatham juda oz ketadiAsosan kupchilikning haqqi bulmish yaylovdan foydalaniladiShuning uchun kupchilik ichidagi kambagalmiskinlarga zakotberish kerak buladi.

Ishchi hayvon bulmasligi. Chorvahayvonlarining ishchisidanyani aravagaomochga qushiladiganyuk tashishgaishlatiladiganminiladiganjuvozdasuv chiqarishda yoki shunga ukhshash ishlarda foydalanib turiladiganidan zakot olinmaydichunki bundayhayvonlar hojati asliya va ish vositasi hisoblanadiusuvchi mol emasQolaversaularni ishga solibtopilgan narsalardan zakot chiqariladiAna usha zakotyulida khizmat qilganlari uchun ham ularning uzlaridan zakot olinmaydi.

Tuyadan olinadigan zakot miqdori

Tuyaning nisobi beshtadir. Turtta tuyasi bor kishiga zakot farz bulmaydi. Lekin egasi uzi khohlab, bersa, ikhtiyoriga havola.

Hanafiy mazhabida tuyaning soni bir yuz yigirma bitta bulgandan boshlab buning zakotiga tuyaga zakot berish boshlangan vaqtdagi zakot qushilib, khuddi avvalgidek ortib boraveradi. Tuyalar ikki yuzga etganda qushimcha qushish yana qaytadan boshlanadi.

Zakot qanday hisoblanadi (nisobi 2020)

Qoramolning zakoti

Qoramoldan zakot berish tartibi:

Uttizta qoramoldan bir yoshli erkak yoki urgochi buzoq;

Qirqta qoramoldan ikki yoshli erkak yoki urgochi buzoq,

Qirqtadan oshganda to oltmishtagacha ikki yoshli erkak yoki urgochi buzoq hamda qirqtadan oshgan har bir bosh uchun ana shunday sifatli buzoq qiymatining qirqdan biri berib boriladi.

Oltmishtadan oshganda har uttizta qoramol uchun bir yoshli erkak buzoq, har qirqta qoramol uchun ikki yoshli urgochi buzoq zakot qilib beriladi.

Masalan, qoramollar soni 41 ta bulganda ikki yoshli erkak yoki urgochi buzoq hamda shunday buzoq qiymatining qirqdan biri beriladi. 42 ta bulsa, ikki yoshli erkak yoki urgochi buzoq hamda shunday buzoq qiymatining qirqdan ikkisi beriladi va hokazo.

Quy-echkilarning zakoti

40 ta quy yoki echkidan bitta, 121 dan ikkita, 201 tadan uchta, 400 tadan turtta, sung har yuztadan bitta quy zakot beriladi.

Quylarning soni qirqtaga etganda nisobga etgan buladi va ulardan bir dona quy zakotga chiqariladi. Quylarning umumiy soni uttiz tuqqizta bulsa ham, zakot farz bulmaydi. Bunda zakot berish-bermaslikni egasining uzi biladi. Beraman desa, beradi, bermasa, gunohkor bulmaydi.

Qirqtadan to bir yuz un tuqqiztagacha bulgan quylardan bir dona quy zakotga beriladi. Bir yuz yigirmataga etgandan sung to ikki yuzga etguncha ikkita quy berilaveradi. Ikki yuzdan utganidan keyin esa uchta quy beriladi.

Uch yuzdan oshgandan keyin esa har yuztasidan bitta quy zakotga chiqariladi. Bunda quy boqishni kupaytirish maqsadida ular qancha kup bulsa, shuncha oz zakot olish yulga quyilgan.

Echki ham quy hisobida bulishini unutmaslik kerak.

Otning zakoti

Quyidagi otlardan zakot olinmaydi:

1. Miniladigan, ishlatiladigan va harbiy khizmatga tayyorlangan otlar.

2. Em berib boqiladigan otlar.

Demak, tijorat uchun boqiladigan ot, khachir va eshaklardan zakot olinadi.

TILLA VA KUMUShNING ZAKOTI

Tillaning nisobi yigirma misqol, kumushniki ikki yuz dirham. Unta dirhamning vazni etti misqoldir. Khoh ishlangan bulsin, khoh yombi bulsin, qirqdan birini berish farzdir. Nisobga ziyoda bulgan har beshdan birdan hisobi ila chiqariladi. (Tillaning aralashgan narsadan) golibligi etiborga olinadi. Agar aralashtirilgan narsa golib bulsa, (tillaning) qiymati aniqlanadi (va zakoti chiqariladi).

Aytib utilgan narsalardan boshqada zakot farz bulmaydi. Agar tijorat niyatida bulsa, farz buladi. Meros yulidan boshqa yul bilan ularga molik bulgan vaqtda uning (tijorat molining) qiymati ikki pul birligi(tilla va kumush)dan faqirlarga manfaatliroq bulgan nisobga etsa, farz buladi («Kifoya»dan)

Kumush tanga puldan farz buladigan zakot miqdori undan birning turtdan biri, bugungi kun istilohi bilan aytilganda ikki yarim foizi ekan. Jumladagi «qirqdan biri» iborasi matnda «undan birining turtdan biri» deb aytilgan, chunki arab tilida «qirqdan bir» degan ifoda yuq. Demak, kimning kumush tangalari nisobga etsa, ikki yarim foizini zakot qilib chiqarishi kerak buladi.

Bir yuz tuqson tanga kumush pulga zakot farz bulmaydi. Ammo egasi uz ikhtiyori bilan zakot bermoqchi bulsa, joiz.

Kumush tanga pulning nisobi besh uvqiya. Bir uvqiya qirq dirhamga teng. Uni beshga kupaytirsak, ikki yuz dirham buladi. Ikki yuz dirham kumush pul nisobga etgan buladi.

Tilla pulning yigirma dinordan ozida zakot farz bulmaydi, chunki tilla pulning nisobi yigirma dinordir.

Tilla pul ham nisobga etganidan keyin bir yil utsagina, zakot farz buladi. Bir yildan oz miqdorda nisobdan kam bulib qolsa, zakot farz bulmaydi.

Yigirma dinor tilla puldan yarim dinor zakot beriladi.

Nisobdan ortiq puldan nisbatiga qarab ikki yarim foizi zakotga chiqarilaveradi.

NAQD PULDAN OLINADIGAN ZAKOT

Naqd puldan qanday qilib zakot chiqariladi? Uning shartlari qanday?

Naqd puldan zakot chiqarish farz bulishi uchun unda quyidagi shartlar mavjud bulishi lozim:

1. Pul nisobga etgan bulishi.

2. Bir yil tulishi.

3. Qarzdan kholi bulishi.

4. Hojati asliyadan ortiq bulishi.

Pul nisobga etgan bulishi. Tilla pul bulsa, yigirma dinor, kumush pul bulsa, ikki yuz dirham nisob ekanini yakhshi bilib oldik. Ammo hozir tilla ham, kumush ham pul sifatida ishlatilmaydi. Qogoz puldan qanday qilib zakot chiqariladi? Uning nisobi qancha?

Kumush khalqaro miqyosda pul urnida umuman qabul qilinmay quydi. Tilla esa pul ulchovi sifatida dunyo buyicha maqbul bulib turibdi. Shuning uchun ulamolar qogoz pulni tillaning qiymati bilan ulchash kerak, degan fikrga kelganlar. Paygambar sollallohu alayhi vasallamning vaqtlarida yigirma dinor pulning ogirligi yigirma misqol bulardi. Yigirma misqol esa sakson besh grammga teng.

Demak, 85 gramm tillaning bahosi qogoz pulning nisobi buladi. Kimda 85 gramm tillaning qiymatiga teng yoki undan kup qogoz pul bulsa, zakot berishi farz buladi. U odam pulini hisoblab turib, ikki yarim foizini, yani qirqdan bir bulagini zakotga berishi kerak.

Bir yil tulishi kerak. Naqd pullardan yoki ularning urniga utadigan narsalardan zakot farz bulishi uchun lozim bulgan shartlardan biri – usha pul nisobga etgan holida tuliq bir yil turishi kerak. Hanafiy mazhabi buyicha, yilning urtasida pul nisobdan kam bulsa ham, yilning boshida va okhirida tuliq bulsa, zakot farz bulaveradi.

Foydaga kelgan mollardan: oylik maosh, ish haqqi, mukofotlar, hunar qilib topilgan pullar, ijaraga quyilgan imoratlar, mehmonkhona, zavod yoki fabrika va mashinalardan tushgan foydalarni ham asl sarmoyaga qushib turib zakot chiqariladi.

Qarzdan kholi bulishi kerak. Puldan zakot farz bulishi uchun u qaytarib berilishi zarur bulgan qarz bulmasligi kerak. Aytaylik, birovning qulida nisobga etgan puli bor. Shu bilan birga, qarzi ham bor. U avval qarzini berishi kerak. Uni berganidan keyin puli nisobdan kam bulib qolsa, unga zakot farz bulmaydi.

Hojati asliyadan ortiq bulishi kerak.  Deylik, bir kishining qulida nisobga etgan puli bor. Ammo u uziga va qaramogidagi kishilarga qishlik yoki yozlik kiyim olishi kerak. YOki bir yillik oziq-ovqatining sarf-kharajati ham bor. Uy sotib olishi, uyiga kerakli anjomlar, kasb-hunari uchun asboblar, mingani, zarurat uchun ulov yoki uqigani kitob olishi kerak. Ushbu narsalarni yoki ulardan bazilarini sotib olganidan keyin puli nisobdan kam bulib qolsa, unga zakot farz bulmaydi. Sotib olishidan oldin esa puli nisobga etgan bulsa, farz buladi. Chunki zakot uziga tuq, uz ehtiyojlaridan ortiqcha puli bor boy odamlarga farzdir.

TIJORAT MOLIDAN QIYMATINI ZAKOTGA ChIQARISh

Sotib olingan har bir narsa ham tijorat moli bulavermaydi, chunki ularning orasida shakhsiy va oilaviy foydalanish uchun narsalar ham buladi. Faqatgina sotish, foyda olish niyatida kharid qilingan narsagina tijorat moli hisoblanadi.

Ulamolarimiz: «Tijoratda ikkita asosiy unsur: niyat va amal bor», deyishadi. Niyat – foyda kurish maqsadi bulsa, amal – oldi-sotdidir. Ushbu ikki unsur bir bulgandagina, tijorat buladi. Biri bulib, ikkinchisi bulmasa, tijorat bulmaydi.

Shunga kura, birov uzi uchun biror narsa olib, uni ishlatib yursa-yu, yakhshiroq foyda chiqsa sotib ham yuborish maqsadi bulsa, u narsa tijorat moli bulmaydi. Chunki uni aslida uzi uchun olgan. Aksincha, sotib, foyda kurish niyatida olgan narsasidan uzi vaqtincha, yakhshiroq kharidor chiqquncha foydalanib tursa ham, u narsa tijorat moli hisoblanadi. Ammo ushbu narsani «Sotmayman, uzim foydalanaman», deb niyat qilsa-yu, foydalanib yursa, usha mol tijorat moli bulmaydi va undan zakot ham bermaydi.

Tijorat mollaridan zakot farz bulishining shartlari ham khuddi puldagi shartlarga ukhshaydi, yani buning uchun mol nisobga etishi, bir yil tulishi, qarzdan kholi bulishi va hojati asliyadan ortiq bulishi lozim.

Zakot berish vaqti kelganda tojir qulidagi va hisob raqamidagi pullarini, savdoga quyilgan mollaridan bir yil tulganini va odamlarga bergan qarzlaridan qaytib kelishiga kuzi etganlarini jamlab hisoblaydi, sungra buning ikki yarim foizini zakotga chiqaradi.

Hisoblash vaqtida tijorat dukoni binolari, binoning asbob-anjomlari, tijorat mollari quyiladigan joylar, peshtakhta va shunga ukhshash sotuvga quyilmagan narsalar hisobga olinmaydi. Tijorat mollarining qiymati zakot chiqarilayotgan kundagi bahosida ulchanadi. Zakotni tijorat mollarining uzidan yoki qiymatidan chiqarsa ham buladi. Ammo kambagallarga foydaliroq bulgani uchun qiymatidan chiqarilsa, yakhshi buladi.

Zakot, sadaqai fitr, kafforat, ushr va nazrlarda ularning qiymatini berish ham joiz. Bir yil tulgandan keyin kamaysa, zakotning usha kamaygan miqdordagi ulushi soqit buladi. Zakot nisobdadir, afv qilingan narsada emas. 

Agar qirqta tuyaga bir yil tulgandan keyin un beshtasi halok bulsa, binti makhoz berish vojib buladi.

Yilning urtasida kurilgan foyda uz jinsidan bulgan nisobga qushiladi. 

Nisobni mukammal qilish uchun tilla kumushga va tijorat mollari qiymati ila ikkisiga qushiladi. 

Nisobning yil davomida noqis bulgani (kamaygani) hisob emas. Zakotni bir yil va undan ham avvalroq berish joiz.

Shuningdek, bir nisobga sohib bulgan kishi bir necha nisobning zakotini oldindan bersa buladi («Kifoya»dan).

Bu erda zakotga oid bir necha masala muolaja qilinmoqda. Avvalo, zakot va unga ukhshash moliyaviy ibodatda beriladigan narsalarning uzini bermay, qiymatini bersa ham bulishi haqida suz bormoqda.

Zakot, sadaqai fitr, kafforat, ushr va nazrlarning qiymatini berish ham joizligi haqida hanafiy mazhabining ulamolari: «Qiymatini chiqarsa yakhshi buladi, bazi vaqtlarda qiymatini berish miskin va faqirlar uchun manfaatliroq buladi», deyishadi. Zamondosh ulamolarimiz bu boradagi barcha malumotlarni tuliq va atroflicha urganib chiqib, hanafiy mazhabining tutgan yuli hozirgi zamon uchun munosib, degan fikrga kelishgan.

Zakotga beriladigan hayvon urniga uning qiymatini bersa buladimi? Hanafiy mazhabida: «Zakotga beriladigan hayvon urniga uning qiymati berilsa buladi», deyiladi. Qiymat har yurtning uz narkhida va zakot berilayotgan kunning bahosiga qarab buladi.

TILLA-KUMUSh BUYuMLAR, IDIShLAR VA TAQINChOQLARNING ZAKOTI

Ushbu masalada fiqhiy mazhablar ikkiga bulinishgan:

1. Hanafiy mazhabi: «Ayollarning taqinchoqlaridan zakot chiqariladi», degan.

2. Molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhablari: «Ayollarning odatdagi tilla va kumush taqinchoqlaridan zakot chiqarish farz emas», degan.

Hanafiy ulamolarimiz tilla-kumush buyumlar, idishlar va taqinchoqlardan zakot berish borasida quyidagi fikrlarni aytishgan:

1. Tilla va kumushdan yasalgan turli buyumlar, idishlar uchun zakot berish farzdir. Avvalo, Islom bu narsalarni isrofgarchilik, manmanlik hamda kambagallarning kungli chukishiga sabab bulgani uchun harom qilgan. Musulmon odam mazkur narsalarni uyida saqlamagani maqul. Ammo kim ushbu qoidaga rioya qilmay, ularni uziga mulk qilib olgan bulsa, usha narsalarning uzi yoki boshqa mulk bilan qushilganda nisobga etsa, zakot berishi farz buladi.

Ulamolarimizdan bazilari: «Bunday idish va buyumlarning nisobga etganini aniqlash uchun ularning ogirligi etiborga olinadi, agar 85 grammga etsa, nisobga etgan buladi», deganlar. Bazilari esa: «Qiymati etiborga olinadi, chunki bu narsalar sanat asari sifatida bahosi yana ham ortgan buladi», deyishadi.

2. Erkak kishilarning tilla va kumush taqinchoqlaridan ham zakot olinadi. Erkak kishiga shariatimizda bitta kumush uzuk taqishga rukhsat berilgan. Lekin shunday bulsa ham, usha narsalardan taqinchogi bulsa, uni taqish yoki taqmasligidan qati nazar, uziga mulk bulib turgani uchun zakot beradi. Uni boshqa mulklarga qushib nisob hisobiga kiritadi. Bu narsalarning hammasi usishi kerak bulgan molni ulik mol qilib quyish hisoblanadi va Islomda qoralanadi. Zarurat uchun, kishining sogligi uchun qilingan tilla va kumush narsalar, masalan, tish, burun va shunga ukhshashlardan zakot berilmaydi.

3. Marjon, lal, zumrad, olmos, yoqut kabi narsalardan zakot berilmaydi. Chunki bu narsalar usmaydigan mol hisoblanadi. Faqat ayollarning zebu-ziynati shaklida ishlatiladi.

4. Tilla va kumush taqinchoqlar taqish uchun emas, pulni band qilish uchun, jamgarma qilish uchun, sotib-foyda kurish uchun olib quyilgan bulsa, ulardan zakot berish vojib buladi. Agar shunday qilinmasa, odamlar zakot berishdan qochib, puliga tilla va kumush taqinchoqlar olib quyishga utadi. Qolaversa, bunday taqinchoqlar ayollarning hojati uchun emas, pulni ushlab va uning foydasini olish uchun jamgarilgan buladi.

QIMMATBAHO TOShLARNING ZAKOTI

Togdan topilgan feruzadan zakot berilmaydi, chunki bunga ukhshash narsalar tuz kabi erning bir bulagi hisoblanadi.

Shuningdek, marvarid, lal, zumrad, olmos, yoqut kabi narsalardan zakot berilmaydi, chunki bu narsalar usmaydigan mol hisoblanib, faqat ayollarning zebu ziynati sifatida ishlatiladi.

Odamlar tomonidan erga kumilgan narsa topilsa va unda kalimai shahodat yoki shunga ukhshash islomiy alomatlar bulsa, uning hukmi tushib qolgandan keyin topib olingan narsaning hukmi kabi buladi. Albatta, bu kabi narsalar musulmonlarning mulki hisoblanadi. Bu holda khuddi topib olingan narsa kabi mazkur dafinaning ham egasini topib, unga qaytarib berish uchun shariatda qabul qilingan choralar kuriladi. Egasi topilmasa, topilmaning hukmida buladi.

Hanafiy, molikiy va hanbaliy mazhabi ulamolari: «Dafinaning zakoti davlat mulkiga qushiladi», deyishgan. Shofeiy mazhabida esa: «Dafinaning zakoti boshqa zakotlar beriladigan haqdorlarga beriladi», deyilgan. Nima bulganda ham, dafinaning zakotini berish kerak.

ZAKOT OLIShI MUMKIN BULMAGANLAR

Zakot olishi harom bulganlar quyidagilardir:

Orasida tugishganlik va er-khotinlik aloqasi borlar.

Bu toifaga kishining tuqqanlari, yani ota-onasi, bobo-momolari necha pogona yuqori bulsa ham kiradi. Mazkur kishi ana ushalarga zakotini berishi mumkin emas.

Uzining quliga, bir qismini ozod qilgan quliga zakot berilmaydi.

Qul khojaning mulki buladi. Uzining mulkiga zakot berish durust emas.

Zimmiyga emas. Unga (zimmiyga) zakotdan boshqasini bersa buladi.

Zimmiyga zakotdan boshqasini bersa buladi. Islom davlati soyasida yashayotgan «ahli zimma» deb ataluvchi boshqa din vakillariga zakotdan berib bulmaydi. Chunki zakot musulmonlardan olinib, musulmonlarga berilishi shart. Ammo ahli zimmaga nafl sadaqalardan, sadaqai fitrdan bersa buladi. Chunki avval aytilganidek, zakot moliyaviy ibodat bulib, uni berish uchun ham, olish uchun ham musulmon bulish kerak.

Fosiq kishiga zakot bersa buladimi?

«Fosiq» deb bazi gunoh ishlarni qilib nomi chiqqan odamga aytiladi. Uzi musulmon odam-u, lekin gunoh ishlar ham qilgan buladi. Qadimgi ulamolarimiz bunday odamlarga zakot berish mumkin, deyishgan va zakotni olgandan keyin uni fisq va gunoh ishlarga sarflamasligi aniq bulishi kerak, degan shartni quyishgan.

Kuch-quvvati etarli, biror kasbga qodir kishilarga zakotdan berilmaydi.

Kasb-korga qodir bulgan, soglom kishiga zakotdan ulush berilmasligi uchun unda quyidagi shartlar mavjud bulishi kerak:

1) Uz kasbiga yarasha ishi mavjud bulishi;

2) Bu ish halol ish bulishi;

3) Mazkur ish toqatidan tashqari, chidab bulmaydigan darajada bulmasligi;

4) Bu ish unga munosib, uziga ukhshash kishilarning obrusini tukmaydigan ish bulishi;

5) Uzida va qaramogidagilarda etarli kasb qilish imkoni bulishi.

Tarkidunyo qilib, ibodatga berilgan odamga zakotdan ulush berilmaydi.

ZAKOT BERUVChINING VAZIFALARI

Zakotni ado qiluvchi bandaning zimmasida bajarishi lozim bulgan quyidagi vazifalar bor:

1. Zakotdan murod nimaligini fahmlashi kerak. U uch narsadan iborat: Alloh taoloning muhabbatini davo qiluvchini uzi muhabbat quygan narsasini chiqarishi bilan sinash; halokatga olib boruvchi bakhillik sifatidan poklanish; mol-mulk nematiga shukr qilish.

2. Riyokorlikdan kholi bulish uchun zakotni sir tutish. Uni izhor qilishda faqirni khorlash bor. Agar «zakotni bermadi» degan tuhmatdan qurqsa, faqirlarga jamoat ichida ochiqchasiga beradi. Boshqalarga pinhona ravishda beradi.

3. Zakotini minnat va ozor bilan buzmaydi. Inson faqirga ehson qilayotganida  minnat hosil bulishi mumkin. Aslida esa, uning zakotini olgan faqir kishi Alloh taoloning unga buyurgan haqqini qabul qilib, unga yakhshilik qilayotgan, uning molini birovning haqqidan poklayotgan buladi. Zakot beruvchi yakhshiroq uylab kursa, uning zakot chiqarishi u bilan faqir urtasidagi muomala emas, balki mol nematiga shukrdir. Shuning uchun faqir odam faqirligi uchun haqoratlanmasligi kerak, chunki fazl mol-mulkning borligi yoki yuqligida emas.

4. Berayotgan narsasini kichik sanashi lozim, chunki ishni katta sanagan odam u bilan fakhrlanadi. Yakhshi ish uch narsa bilan: uni kichik sanash, tezlatish va sir tutish ila tugal buladi.

5. Zakot beruvchi molidan eng halolini, eng yakhshisini va uziga eng mahbubini chiqarsin.

6. Sadaqasini berishga loyiq odam topish. Ularda quyidagi sifatlar bulishi kerak:

Birinchi sifat: taqvo.

Ikkinchi sifat: ilmli bulish.

Uchinchi sifat: «Nemat berish yolgiz Alloh taoloning Uzidan buladi», deb etiqoddagi odam bulishi.

Turtinchi sifat: faqirligini yashiradigan, hojatmandligini bekitadigan va oshkora shikoyat qilmaydigan bulish.

Beshinchi sifat: ayolmand, qarzga duchor bulgan, ogir kasallikka chalingan kishilar bulsin.

Oltinchi sifat: qarindosh-uruglardan bulsin, chunki ularga qilingan sadaqa – ham sadaqa, ham silai rahmdir. Kimda ushbu sifatlardan ikkitasi yoki kuprogi jam bulsa, zakotni ana shunday odamga berish afzaldir.

Zakot oluvchining vazifalari

Zakotni oluvchi Quronda zikr qilingan sakkiz toifadan biri bulishi lozim. Uning zimmasida bir necha vazifa bor:

1. Alloh taolo uni gamga solgan narsani bartaraf qilish uchun zakotni unga berishni buyurganini fahmlasin va barcha gamini yigib, bitta gamga – Alloh taoloning roziligini topishga aylantirsin.

2. Beruvchiga tashakkur aytib, uning haqqiga duo qilsin. Lekin bu duosi sababning shukri miqdorida bulsin.

3. Uziga berilgan narsaga etibor bersin, halol bulmagan narsani mutlaqo olmasin, chunki bir kishi birovning molidan zakot chiqarsa, bu narsa zakot bulmaydi. Agar shubhali narsa bulsa, uzini olib qochsin. Ilojsiz qolgandagina hojatiga yarashasini olsin.

4. Uziga muboh bulgan miqdorda olsin, hojatidan kupini olmasin. Agar qarzdor bulsa, qarzidan ortigini olmasin.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …