Главная / Siyosat / Vladimir Putin Toshkentga etib keldi
<

Vladimir Putin Toshkentga etib keldi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Uzbekistonga keldi.

Vladimir Putinning Il-96 samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent khalqaro aeroportiga kelib qundi.

Rossiya Federasiyasi prezidentining Uzbekistonga davlat tashrifi bilan bogliq asosiy tadbirlar ertaga — 19 oktyabr kuni bulib utadi.

Eslatib utamiz, V.Putinning Uzbekistonga tashrifi hamda uning doirasidagi tadbirlarni yoritish uchun Rossiya Federasiyasidan 27 ommaviy akhborot vositasi uzining 100ga yaqin jurnalist hamda tekhnik khodimlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.  Shuningdek, 10 gubernatorning akhborot khizmati vakillari qatnashish istagini bildirgan bulsa, mamlakatimizda doimiy akkreditasiyadan utgan 31 jurnalist ham bu jarayonlarni yoritishda ishtirok etadi.

Tashrif kun tartibidan dolzarb khalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va khavfsizlikni taminlash, Afgonistonda tinchlik urnatish jarayoniga kumaklashish masalalari ham urin olgan.

Rossiya Federasiyasi prezidentining Uzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ilk bor Talim forumi va “Uzbekiston – Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi utkaziladi, shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishiga bagishlangan marosim bulib utadi.

Tashrif asnosida, shuningdek, Uzbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari urtasida yirik investisiya va savdo shartnomalarining imzolanishi kutilmoqda.

О нас

Яна маълумот

Prezident non ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qullash buyicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 7 noyabr kuni utkazilgan videoselektor yigilishida joylarda non ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish …