Главная / Iqtisodiyot / Virus kirib kelishi, Khitoydan kutilayotgan yordam va karantin sharoitlari. Ekspert bilan suhbat
<

Virus kirib kelishi, Khitoydan kutilayotgan yordam va karantin sharoitlari. Ekspert bilan suhbat

«Nemis olimlarining koronavirus ikki yil davomida tarqalishi buyicha takhmini tugrimi? Nega karantindagilardan telefon olib quyiladi? Isiriq yuqumli kasalliklarga qarshi foyda beradimi va uning briketlari ikhtirochisi kim? Bemorlar davolanayotgan shifokhonalarning uzi virus uchogiga aylanib qolmaydimi?..»

Bugungi suhbatdoshimiz bu va bu kabi savollarga javob berish buyicha eng vakolatli shakhs – Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligi, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov.


Nurmat Otabekov

– Nurmat Satiniyazovich, kech bulishiga qaramay tahririyatga kelganingiz uchun tashakkur. Lekin tungi tashrifingiz sababi tushunarli, hozirgina davlat rahbari boshchiligida asosan koronavirusga qarshi kurashga bagishlangan selektor yigilishidan kelyapsiz (suhbat 18 mart soat 21.00 da yozib olingan).

– Chindan ham, hozirgina yigilishdan kelyapman. Shuncha yillik tajribam davomida davlat rahbarining biror yuqumli kasallikka bu qadar jiddiy etibor berganini kurmaganman. Bugungi selektor vaqtining takhminan etmish foizi aynan shu masalaga qaratildi. Prezident har bir jihatga olgan holda aniq chora tadbirlarni belgilab berdi.

Ming afsuski, shuncha ehtiyot choralari kurilishiga qaramay bu kasallik avj olganidan 4 oy utib, Uzbekiston hududida ham qayd etildi.

– Koronavirus Uzbekistonda tarqalishi buyicha prognozlar ishlab chiqilyaptimi, kasallikning yana tarqalishiga qay darajada tayyormiz?

– Har qanday yuqumli kasallik, epidemik jarayon uchta buginga asoslanadi: manba, yani kasallik uchogi, yuqtirish yuli va yuquvchi odam kabi zanjirlar bulgandagina epidemiya tusini oladi. Uzbekiston respublikasiga virus kirib kelishining oldini olish buyicha shuncha chora-tadbirlar qullanishiga qaramay kirib kelganining sababi – bu kasallikning yashirin davri 14 kungacha.

Biz chetdan kirib keluvchilarning barchasini karantinga ololmaymiz va bunday tajriba jahonda yuq. Misol uchun, karantin elon qilinganidan keyin ham, charter reyslar, poezdlar va avtomobillar orqali yurtimizga 25 mingga yaqin kishi kirib kelgan. Tabiiyki, buncha odamni 14 kun davomida karantinda saqlash notugri buladi. Shu bois, epidemik nokhush hududdan kelayotganlarga alohida etibor berilgan holda hamma teplovizorlar orqali tekshiruvdan utkaziladi. Shubha qilinganlar tuliq tekshiriladi.

– Mushtariylardan kelgan savol urinli: bemor deb nazoratga olingan fuqarolar izolyasiya qilingan joylar – muassasalarda ahvol qanday? Bu joylarda kasallik shifokorlar orqali odamlarga yuqmasmikan?

– Bemor uz nomi bilan bemor, shifokor uz nomi bilan shifokor. Agar shifokor uz sogligidan qurqib, davolashdan bosh tortsa javobgarlikka tortilishi mumkin. Shifokorlar har qancha himoyalanmasinlar, kam miqdorda virus yuqishi mumkin. Buning ortidan ularda immunitet hosil buladi. Men Khitoyning usha kasallik uchogi bulgan Uhan shahrida bulganman. 10 milliondan ortiq odam yashagan u shaharda virusologiya tadqiqoti bilan shugullanuvchi juda yirik ilmiy markaz mavjud va biz ular bilan memorandum ham imzolaganmiz. Ana shu shaharda ishlagan yoki yashaganlarda immunitet hosil buldi va aytish mumkinki, ayni shu shtamm endi ularda kasallik chaqirmaydi.

– Khitoylik shifokorlarning yurtimizga kelishi goyasi amalga oshyaptimi?

– Bu masalaga bevosita prezidentimiz etibor qaratgan. Bosh vazirimiz muzokaralar olib borgan. Makhsus samolyotda khitoylik mutakhassislar olib kelinib, bizdagi davolanish usullarini kurib chiqish, bamaslahat keyingi choralar rejasini tuzish muljallangan.

– Kasallik tarqalishi buyicha tadqiqot olib borgan nemis mutakhassislari bu virus yana 2 yil davomida tarqala borishini takhmin qilishdi. Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish va ommaviy qullash uchun ham 2 yil vaqt kerakligi hisoblab chiqilgan. Bu malumotlar tibbiyotning bu sinov oldida butunlay ojizligini bildirmaydimi?

– Bilasizmi, mana shunday murakkab vaziyatlarda turli bashoratchilar ham kupayib qoladi. Nemis olimlarining iqtidoriga shubha qilmagan holda ilmiy salohiyati ulardan kam bulmagan boshqa davlat olimlarining khulosalarini sizga aytmoqchiman – bu virus aprel-may oylaridayoq engiladi va insoniyat bu darddan forig buladi.

Urni kelganda sizga bir malumotni aytmoqchiman – har yili Germaniyada gripp kasalligidan 25 mingdan ortiq odam nobud buladi. Holbuki, bu davlatdagi koronavirusdan ulim kursatkichi 1 foizdan sal ortiqroq. Evropadagi eng kup ulim kursatkichi Italiyada ekanligining ham sabablari aniq – bu davlat aholisi orasida keksalar juda kup. Bu kasallik asosan keksalarda ogir kechayotganini hisobga olsak hammasi ravshan buladi. COVID-19 har qancha shov-shuvlarga sabab bulmasin, 80 foiz hollarda juda engil va hatto umuman simptomlarsiz kechadi. 15 foiz hollarda engil, faqat takhminan 5 foizda ogir kechadi. Shu 5 foizning ham 90 foizi keksalardir.

Uylaymanki, tez orada bu ham oddiy kasallikka, yani organizmimiz urgangan shtammlardan biriga aylanadi va bizga vaksina ham zarur bulmaydi.

– Umuman, bemor bilan kontaktda bulganlarni aniqlashda epidemiologik surishtiruv shartlarini tushuntirib bersangiz. Bunga ichki ishlar ham jalb qilinishi mumkinmi?

– Har qanday kasallik surishtiruvdan boshlanadi va kasallik tarikhida yuqumli jihatlarga alohida band ajratiladi. Shifokor-epidemiolog kimdan bu kasallik yuqishi mumkinligini surishtiradi, zarur malumotlarni yigadi, kontaktda bulganlarni nazoratga oladi. Faqat boshqalarga kasallik yuqtirishi mumkin bulganlar nazoratdan yoki karantindan buyin tovlasa, ichki ishlar va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari jalb qilinadi.

– Karantinga olinganlarning telefonlari olib quyilayotgani tugrisidagi khabarlar qanchalik asosli?

– Birortamiz har qancha uqimishli bulmaylik, biror kitobni telefonchalik kup qulimizga olmaymiz. Zamonamizning bu qurilmasi tanamiz azosiga aylanib ketdi guyo. Lekin telefon orqali kasallik yuqish khavfi juda yuqori va uni kupchilik qulma-qul qilishga urganib qolgan. Shu bois bu chora asosli. Ammo shunday qilingan taqdirda ham karantindagilarning tashqi olam bilan muloqot qilishlari cheklab quyilmagan, ular uchun makhsus videotelefonlar taqdim etilgan.

– Kasallikning murakkab jihati, uning aniq davolash taktikasi yuq. Uzbekiston qaysi usulni qullamoqda?

– Shu paytga qadar 82 ming odam davolanib chiqdi. Biz mana shu tajribani olishimiz kerak va hali rasman tasdiqlanmagan bulsada, aniqlash, davolash va odamlar orasiga qaytarishda JSSTning davolash algoritmidan foydalanamiz.

– Domla, mushtariylarga oddiy gigiena qoidalari, tugri ovqatlanish, turli tavsiyalarning qay biriga amal qilishni yana bir bor eslatib utsangiz.

– Biz oddiy gigiena qoidalari – qulni sovunlab yuvish, ogiz chayib turish, tishlarni yuvib yurishni unutayozdik. Mana shu sinov bahona yana bir eslab olyapmiz. Qul berib kurishish urniga qadriyatlarimizga khos tarzda qulni kuksimizga quyib surashishni yodga oldik.

Shu kunlarda turli-tuman tavsiyalar kupaydi. Kimdir sirka kislotani suvga aralashtirib ogiz chayishni, kimdir sarimsoq eyishni tavsiya qildi. Men ularga shu tavsiyalarni uzlari sinab kurishlarini «maslahat berardim». Sirkali suv ogiz bushligining shilliq qavatini emirib, aksincha virusga yul ochadi.

Shu urinda isiriq buyicha bir narsa aytib bersam. Men hozir dorikhonalarda sotilayotgan isiriq briketlari ikhtirochilaridan biriman va bundan juda fakhrlanaman. Sobiq ittifoq davrida bu vosita buyicha 13 mingdan ortiq sinovlar utkazganmiz va foydali, yangi dezinfeksiya vositasi deya tan olinib, mualliflik guvohnomasini ham qulga kiritganmiz.

– Domla, mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur. Uylaymanki, keyingi suhbatimizda kasallikka qarshi samarali davo usullari qullanilayotgani, koronavirus engilgani haqida gaplashamiz.

– Men prezidentimiz suzlarini aytmoqchiman. Biz hozir imtihon davridamiz. Mana shunday paytda profilaktika qoidalariga amal qilsak, kattalar yoshlarga urnak bulsak, nafaqat bu kasallik, boshqa kuplab kasalliklarni ham engib utamiz.

 

О нас

Яна маълумот

raCy-t4YkFNT2vUQGJ9tYpu-OYjHpcrB

«Uzbekistonda qiynoqlar oldindan bor, faqat hukumat buni tan olmasdi» – Ombudsman

Oliy Majlisning inson huquqlari buyicha vakili (ombudsman) Ulugbek Muhammadievning takidlashicha, mamlakatimizda jazoni ijro etish muassasalarida, …