Главная / Jamiyat / Viloyatlardagi ayrim yul patrul-postlar faoliyati qayta tiklandi. IIV bu borada izoh berdi
<

Viloyatlardagi ayrim yul patrul-postlar faoliyati qayta tiklandi. IIV bu borada izoh berdi

«Fargona—Vodil», «Fargona—Avval» yullarida 2018 yil boshida tugatilgan nazorat postlari qayta tiklangan.

Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Fargona vodiysi yullaridagi nazorat postlari qayta tiklanayotgani haqida tarqalgan khabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Okhirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda viloyatlarning chegara hududlarida qayta tiklanayotgan «post»lar haqida malumotlar tarqatilib, nima sababdan bunday ishlar amalga oshirilayotganligi tugrisida savollar kupayib bormoqda.

32tyx-o4w_0jjoag4o0zfuw8zn-ieqyv

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi «Uzbekiston Respublikasi yul khavfsizligini taminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi 377-son qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud bulgan 133ta yul-patrul khizmati stasionar postlari va patrul-post khizmati postlaridan 74tasining faoliyati tugatilib, bugungi kunda ulardan 59tasi uz ishini davom ettirmoqda.

Shu bilan bir qatorda, yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda, urnatilgan tartibda, Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, Qoraqalpogiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan yul-patrul va patrul-post khizmati postlarini vaqtincha tashkil etish va tugatish tartibi mavjud.

Yurtimizda rejalashtirilayotgan nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik kurish va utkazish jarayonida khavfsizlikni taminlashni samarali tashkil etish maqsadida, ayrim hududlarda vaqtinchalik yul-patrul va patrul-post khizmati postlari tashkil etilmoqda.

IIV Akhborot khizmati rahbari fuqarolarimizdan ushbu khavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilayotgan muhim vazifalarni tugri qabul qilishlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli nomaqbul fikrlarni tarqatmasliklarini suraydi», deyiladi vazirlik matbuot khizmati khabarida.

Bundan avvalroq, mahalliy nashrlarda «Fargona—Vodil», «Fargona—Avval» yullarida 2018 yil boshida tugatilgan nazorat postlari, shuningdek, Quvasoy shahriga kirishdagi «Pakana» posti, Quchqorchiga kirishdagi post, «Quvasoy—Arsif» yunalishidagi «Behizor» postlari qayta tiklangani haqida khabarlar tarqalgandi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Agrar universitet bilan Salor qurgoni oraligidagi post, Bukhoro viloyatining Gijduvon tumanidagi «Sarmijon» va «Eshonkuprik» postlari faoliyati 2018 yil boshida tukhtatilgach, kup utmay yana qayta tiklangan.

Eslatib utamiz, viloyatlar chegaralaridagi nazorat postlari Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga 2017 yilgi murojaatnomasidan sung olib tashlangan edi.

«Uzingiz uylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Khorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bulsa, yulda 17 ta postdan utadi. Fargona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi», degan edi bunday postlarning «eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy tasir kursatayotgani»ni takidlagan davlat rahbari.

О нас

Яна маълумот

EmFqWJ6cVOJb5vjwuumZnn8EkBrOK2E2

Mingbuloq tuman hokimi mamuriy javobgarlikka tortildi

Namangan viloyati Mingbuloq tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Nurshod Khudoyberdiev mamuriy javobgarlikka tortildi. U 4 mln …