Главная / Jamiyat / «Vatandoshingizning ojizligini kurib, ichingiz achiydi» – Rossiyaga safardan jurnalist taassurotlari
<

«Vatandoshingizning ojizligini kurib, ichingiz achiydi» – Rossiyaga safardan jurnalist taassurotlari

Kun.uz mukhbirlari Rossiyadagi vatandoshlar hayotini yoritish, ular duch kelayotgan qiyinchiliklarga bevosita guvoh bulish uchun khizmat safari bilan Rossiya Federasiyasida bulib qaytdi.

Shu asosda tayyorlangan materiallar saytimizda elon qilib borilmoqda. Biz mukhbirlarimizning bir oydan kuproq vaqt davom etgan safari taassurotlari bilan qiziqdik.

«Uzbekiston poezdini nega chegaradan tashqari tranzit bekatlarda ham tekshirishadi?»

Tolib Rahmatov: Poezd safarida bir narsaga hayron qoldim. Uch kunlik yulning deyarli ikki kuni Qozogiston hududidan utadi. Uzbekiston temir yullariga qarashli tarkib tranzit hududdan utyapti. Bilishimcha, uzi odatda tranzit hududdan utayotgan temir yul tarkibi, vagonlari Uzbekiston hududi hisoblanadi. Biz rukhsat berilgan joyda 10-15 daqiqaga bekatlarda tushishimiz mumkin, lekin uni tark eta olmaymiz.

Meni nima ajablantirdi? Bojkhonadan utdik. Ikki kun davomida Qozogiston hududidan yurishimiz davomida har bir bekatda qanaqadir navbatchi chiqib, Uzbekiston poezdi – yani Uzbekiston hududida tekshirish utkazishi meni ajablantirdi. Hukumatlar kelishuvida bu narsa bor-yuqligidan khabarim yuq, lekin menimcha, bunday bulishi kerak emas. Noqonuniy mol olib utilayotganiga shubha bulsa, ikkita chegarada bojkhona punkti bor – ana usha erda aniqlashsin, usha erda kuradigan chorasini kursin.

«Vatandoshingizning ojizligini kurib, ichingiz achirkan»

Rahmatilla Isroilov: Yaqinda pasportimni yuqotib quyib, yangisini olgandim. Qozogistondan utib, Rossiya chegarasiga kelganda bu kuzatuvchilarda shubha uygotdi. Pasportdan boshqa hujjatim yuq edi. Bu sokhta pasport degan gumon bilan meni shubha ostidagilar khonasiga olib kirishdi.

Usha erda turganimda yoshi 50ga yaqinlashgan kishi bilan suhbatlashib qoldim. Hujjatlari bilan tushunmovchilik bulayotgan ekan. «Uzi qarz olib kelyapman, uyoqda 3-4 bolam bor… Rossiya chegarasidan Uzbekistonga qanday qaytaman, uyga nima deb kirib boraman?» YOrdam bergingiz keladi, lekin chegaradan utkazishmayapti. Uzimdan utganini uzim bildim. Vatandoshingizning ojizligini kurib, ichingiz achirkan.

Rossiyaga kelayotgan yurtdoshlarimiz yangi pasport olishgan bulsa, qushimcha hujjatlarini ham (haydovchilik guvohnomasi, bank kartochka va hk.) olib olishgani maqul ekan. Yangi pasportdan baribir shubhalanishadi.

«Rus polisiyasiga osiyoliklarga shubha bilan qarash buyurilgan»

Tolib Rahmatov: Safar davomida bir necha marta polisiya khodimlari kuchada tukhtatib, hujjatlarimizni tekshirishdi. Kelib, uzini tanishtirib, hujjatlarni kuraylik, deydi. Uzi sizni tukhtatib, hujjatingizni tekshirishga bir nechta asoslar bulishi kerak. Lekin odatda ular bu asoslarni umuman aytmaydi, bunga sizni yaqinlashtirmaydi ham.

Polisiya khodimlaridan birining aytishicha, ularga tashqi kurinishi osiyolik bulganlarni tekshirish buyurilgan. Biz hujjatlarimizni kursatamiz, lekin keyin sen ham bizga shu haqdagi topshiriqni bizga kursatasan, desak, bu faqat ogzaki kursatma, dedi.

Boshqa bir holatda polisiyachilardan biriga: «Tanishganimdan khursandman», desam, «A ya ne rad» deydi.

Rahmatilla Isroilov: Polisiya khodimlari Uzbekiston elchikhonasi va konsulkhonasiga boradigan yullarda turib olisharkan. Bilishadiki, diplomatik vakolatkhonaga hujjatida muammosi bor fuqarolar tez-tez murojaat qiladi. Saylov arafasida operatorimiz bilan Moskvadagi elchikhonamizga ketayotganimizda bizni ham tukhtatib, hujjatlarimizni tekshirishdi. Sal nariroqda bir uzbek shu polisiyachilarni kurgani uchun u erdan keta olmay turgandi. Havo sovuq. YOshi kattaroq inson ekan, «Hozir chiqsam, ushlab olib ketadi», deydi.

Ruschada oddiy savolga javob bera olmagan uzbek yigit va Moskvadagi qurilishda ishlayotgan fermer haqida

Tolib Rahmatov: Patent olish uchun bordim. Bir yosh yigit mendan keyingi darchaga borishi kerak edi – qulida navbati yozilgan raqam bor. Qaysi darchaga borishi kerakligini katta ekranda kursatib turibdi, yana u darchadagi ayol aytib turibdi. Lekin foydasiz, yigit ruschani tushunmaydi. Hatto navbat raqamini anglamayapti. Bir kishi qaerga borishi kerakligini kursatib yubordi, mening yonimdagi darchaga keldi. U erdan «Rossiyaga nega kelding?» deya rus tilida berilgan savolga javob berolmay, pasportini uzatdi. Mana talim tizimining ahvoli. U ertaga kimning quliga tushadi? Qanday qilib uz huquqini talab qila oladi?

Patent bilan qurilish kompaniyasiga ishga bordim. Bilasizmi, urtacha kattalikdagi khonada 16ta krovat. Ishchilar orasida kupni kurganlar ham bor. Ishonasizmi, ikkitasi fermer ekan… «Menga yuz gektar qilasan, deb majburlab quyishdi, – deydi ulardan biri. – Traktorim bor edi, boshqam bor edi, baribim imkonim bulmadi. Pakhta ekmaslik kerak bulgan joyga pakhta ektiradi… Ketdim».

Masalan necha gektarni eplay olasan, deb suradim. Menga bir gektar bulsa etadi, deyapti. Bu erda qancha ishlayapsan, desam: «Uyimga 300 dollar junatyapman, menga shu etadi. Boshogriq kerak emas», deydi. Mana taassurot. Uzbek fermeri Rossiyada qurilishda ishlab yuribdi.

«Ruslar bazida surab qoladi: «Siz uzbeklarda ham maktablar bormi?»

Rahmatilla Isroilov: Uzimiz guvohi bulgan holatlardan yana biri – bir khonada yashayotgan ikki er-khotin. Urtalariga parda vazifasini bajaruvchi mato tutib quyishgan…

Tolib aka qurilishga ketgan paytda men tungi smenadagi ishga chiqdim. Kupgina muhojirlar kunduzi asosiy ishida ishlab, kechasi hujjat suralmaydigan norasmiy ishda ishlashadi. Borib, ruykhatga yozilishadi va bir necha soat ishlab, pulini olib ketishadi. Tipografiyada ishlab kurdim. Kuniga 1200-1300 rubl berisharkan. Ishchilar – asosan yoshi katta erkak va ayollar. Kunduzi asosiy ish joylarida bulib, kechasi mana shu engilroq ishda ishlashadi.

Ish jarayonida fargonalik bir ayol bilan suhbatlashdim. Fargonada adashmasam kotiba bulib ishlagan, 800 ming oylik olgan ekan. «Uyda ikki bolam bor. Bu erga kelishdan oldin bir tanishim bilan gaplashgandim, u meni aldadi – u aytgan ish yuq ekan. Hujjatim ham yuq…»

Bir muhojir akamiz aytib qoldi: «Ruslar bazida savol berib qoladi: «Siz uzbeklarda ham maktablar bormi, sizlar ham uqiysizlarmi?» Bu savolni eshitib, uzimdan uzim khafa bulib ketaman».

Muhojirlar – oson daromad izlab, romantika istab ketuvchilarmi?

Rahmatilla Isroilov: Kunduzi asosiy ishida ishlab, kechqurun yana tungi smenadagi ishga chiqadi. Mana romantika.

Ikki smenada ishlab, halol mehnat qilyapsiz. Uyda ota-onangiz, farzandlaringiz kutib turibdi. Lekin masalan 30-35 ming rubl oylik olganingizda har gal 2 ming patentga, 5 ming kvartiraga, yana har uch oyda qandaydir registrasiyasiga, uz kharajatlaringizga olib quyasiz… Khullas, bir oy shuncha mehnat qilib, topganingizning yarmini Moskvaga tashlab ketyapsiz.

Tolib Rahmatov: Khotini, oltita farzandi bilan Rossiyaga kelib, endi ajrashaman deyapti. Mana romantika. Qaynonasi aytyapti ekan: «Sen beshta qizni chiqarguningcha, tamom bulasan. Buldi, yangi uylanasan».

О нас

Яна маълумот

W0KDghQQJroh6j1j57b5ZIcJJ7qW1eU8

Sirdaryoda ayol kishi tuman hokimi etib tasdiqlandi

Sirdaryo viloyati hokimi urinbosari, senator Dilfuza Uralova viloyatning Boyovut tumani hokimi etib tasdiqlandi. Khalq deputatlari …