Главная / Jamiyat / Vabo chiqqanda sabr qilib uyda qolganga qanday savob bor?
<

Vabo chiqqanda sabr qilib uyda qolganga qanday savob bor?

Vabo nima uzi? U qanday paydo buladi? Musulmon kishi vabo chiqqanda uzini qanday tutadi? Bunday sinovning mohiyati nima? Uning etiqodi, amali qanday bulishi kerak? Vabo chiqqanda sabr qilib, uyda utirganga ham savob bormi? Mirza Yusuf jome-masjidi bosh imom khatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinov Kun.uz mukhbiri bilan suhbatda ayni yuqoridagi savollarga ham javob berdi.

– Musulmon inson vabo chiqqanida qanday manzilda bulishi kerak? Avvalambor, musulmon kishi etiqodini tugrilaydi. Vabo nima, qaerdan keldi va nima uchun berildi? Bizning aqidamizda vabo – Alloh subhanahu taoloning bandalariga bazan sinov uchun, bazida jazolash uchun va bazan ularni poklash uchun yuboradigan narsadir.


Rahmatulloh qori Sayfuddinov

Bu haqda, vatandoshimiz Imomul Bukhoriy uzlarining «Sahih»larida Ummul muminin sayyida Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilganlar.

Hazrati Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilarki:

«Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan toun* haqida suradim. Shunda Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam javob berdilar: «U Alloh taoloning bandalariga olodin yuborgan bir azobi bulib, khohlagan bandasiga yuborar edi. Lekin, mumin-musulmonlarga Allohning rahmatidir. Kimki, mana shu toun tarqalganida uz shahrida yoki uz uyida sabr qilib, savob umid qilgan holda va unga Alloh taoloning yozganidan boshqa narsa etmasligiga ishongan holda utirsa, unga shahidning ajri barobarida ajr beriladi», – dedilar».

Bu hadisi-sharif ayni bizning vabo vaqtida manzilimizni bayon qilgan hadisdur. Amal qilishimiz kerak bulgan hadisi-sharifdur. Demak, khalq bunday vaziyatda uz uyida qolmogi, sabr qilmogi, sabridan savob umid qilmogi va albatta, usha vaqtda ham etiqodda adashmaslik kerak. Etiqod nima? Bizga Alloh haq subhanahu taolo yozgandan boshqa narsa etmaydi. Hadisga etibor qiling, oldin sabablarni qilishga kursatma bulyapti, yani uyingda utir, sabr qil, usha karantin talablariga rioya qil, sungra, aqidangni ham tugrila: Alloh yozganidan boshqa narsa menga etmaydi!

Bundan insonga, vabodan vafot etishi shart emas, tirik insonga ham uyda sabr qilib utirgani, karantinga rioya qilgani uchun shahidning savobi beriladi.

Bunday hadisi-shariflar ham bor. Oyatlarda ham biz bunga (karantinga) chaqiriq topamiz. Masalan, Naml surasida, Sulaymon alayhissalomning insonlar, jinlar va qushlardan tarkib topgan qushini kelayotganida, chumolilar podshohi qavmiga qarata: «Uylaringga kiringlar, Sulaymonning qushini sizlarni bilmagan holda ezib, halok qilib quymasin», – degan mazmunda. Yani, ogir vaziyat paydo bulganida, chumolilar podshosi khalqiga aytayaptiki, uylaringga kiringlar.

Hozir ham shunday vaziyat. Rahbariyat, buning oqibatini tushunib etdilar-da, darrov, khalqimizga kerakli kursatmalarni berishdi, khalq endi itoat etishi va kursatmalarga rioya qilishi kerak, shunda salomat qoladi.

*Toun – vaboning eng yuqori chuqqisiga chiqqan vaqtiga aytiladi, epidemiya holati.

О нас

Яна маълумот

cYL5vepodYHVnzI99tivRz-_bvMQ_Ef8

Uzbekiston Afgoniston rahbarlarining «Tolibon» bilan muzokaralar jamoasini shakllantirish tugrisidagi kelishuvini olqishladi

Uzbekiston Afgoniston rahbarlarining «Tolibon» bilan muzokaralar jamoasini shakllantirish tugrisidagi kelishuvini olqishlaydi. Bu haqda Uzbekiston TIV …