Главная / Siyosat / «Uzbek matematika maktabi ikki narsani boy berdi» – professor Utkir Roziqov bilan suhbat
<

«Uzbek matematika maktabi ikki narsani boy berdi» – professor Utkir Roziqov bilan suhbat

«Dissertasiya mavzusini uqishning birinchi kunidan tayinlab quyib, tadqiqotchining erkin ijodini chegaralab quydik. Bu – tugilmagan chaqaloqqa ugil-qizligini bilmasdan ism quyishga ukhshaydi».

Foto: KUN.UZ

Utkir Roziqov – Uzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan buyicha urinbosari bulib ishlaydi. U, shuningdek, 2018 yilda Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademikligiga saylangan.

Olim bilan suhbatimiz ilm-fan, talimi, ilmiy tadqiqotlar va matematik tafakkurning inson hayotiga tasiri mavzulari atrofida kechdi. Suhbatdoshimiz sohadagi muammoli masalalarni sanab, ularga uz echimlarini taklif qildi.

«Uch muammo»

— Bugungi kunda ilm-fan rivojiga etibor qaratish davlat rivoji uchun qanchalik dolzarb bulib turibdi, fikringizni aytsangiz?

— Inson paydo bulganidan buyon uchta asosiy muammoni hal qilish bilan ovora: oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy («uch muammo»). Bu muammolar dinamik kharakterga ega, yani vaqt utishi va odamlar soni oshishi «uch muammo»ning yangi holatlariga olib keladi va yangicha hal qilinishini talab qiladi. Yangicha hal qilish esa olimlar uchun masuliyatdir.

Masalan, oziq-ovqat muammosining zamonaviy kurinishi butunlay uzgacha. Bugun biokimyoviy yullar bilan oziq-ovqatlar yaratish avj olgan. Zamonaviy uy-joy qurilishida bugungi kunda gisht ishlatilmay qoldi. Katta miqdordagi energiya talab qiladigan qurilish usullarining urnini ancha arzon va engil qurilish usullari egallamoqda.

Bu kabi shiddat bilan bulayotgan uzgarishlarga Uzbekiston faqat istemolchi sifatida qarab turishi mumkin emas. Chunki tayyor mahsulotni sotib olish davlat uchun ancha qimmat buladi. Demak, davlatimiz yuqorida keltirilgan «uch muammo»ning zamonaviy usullarini topishda bevosita ishtirok etishi lozim.

Shu sababli prezidentimizning yanvar oyidagi Oliy Majlisga murojaatida «uch muammo»ning zamonaviy echimlari asosini tashkil qiluvchi fanlar: matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yunalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi takidlandi.

«Uch muammo» dinamikligi sababli doimo ilm-fan rivojiga etibor qaratish butun dunyo rivojlanishi uchun dolzarb bulgan va dolzarb bulib qoladi.

— Malumki, matematika Uzbekistonda ilgor fanlardan biri hisoblanadi. Buni yanada kuchaytirish zaruratini qanday baholaysiz?

— Albatta, Uzbekistonda matematika fani rivojlangan, biz bu fanni jahon standartlari doirasida saqlashga doim harakat qilmoqdamiz. Dunyoda matematika sohasida bulayotgan yangiliklarni uqib tushunishga va ularga munosib hissa qushishga bizda ilmiy salohiyat etarli. Ayniqsa, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun safimizda yosh matematiklarning kupligi va ular soni yanada oshib borayotgani madad bulmoqda.

Shiddat bilan uzgarayotgan dunyoda matematika fani bugungi kunda erishgan yutuqlari bilan chegaralanib qola olmasligimiz ravshan. Ayniqsa, Uzbekiston uchun matematikani yanada kuchaytirish zaruriyati juda yuqori. Har bir soha rivojining asosida, albatta, matematika buladi.

Mashhur faylasuf I.Kant aytganidek, «Har bir ilmda qancha kup matematika bulsa, shuncha kup haqiqat bor». Shu gapni har bir yurtdoshimizga qarata shunday talqin qilmoqchiman: «Turmushingizda har bir qadamingiz qanchalik matematikaga asoslangan bulsa, shunchalik muvaffaqiyat qozonasiz».

Aytmoqchimanki, insoniyat shiddat bilan uzgarayotgan bu zamonda uz kelajagini matematik asoslab qurishi zarur. Buni bir misolda oydinlashtirmoqchiman. Oldingi asrda atom bombani yaratib, endi undan qutilishga ojiz bulsak-da, bugungi kunda undan ham khavfli, chegara bilmas muammolar bor. Masalan – kibertahdid, akhborot khavfsizligi, virus tarqalishi khavfi (jumladan, bugungi kundagi Khitoydagi koronavirus) va hokazolar.

Bu zamonaviy muammolarni echishda informasion tekhnologiyalar, dasturlash, matematik modellashtirish va kimyo-biologiya kabi sohalarni rivojlantirish juda muhim. Bu sohalarning asosi esa, albatta, matematika!

— Matematika qaysi sohalar uchun lokomotiv vazifasini bajaradi?

— Matematika lokomotiv buladigan sohalarni sanab tugatolmasam kerak. Masalan, kompyuter tekhnologiyasi, dasturlash, kriptografiya, iqtisodiyot, fizika, nazariy mekhanika, kimyo, mashinasozlik, optimal boshqaruv va hokazo va yana bir bor va hokazo.

Ikki asosiy yuqotish

— Prezident uz nutqida bir paytlar matematika ilmiy maktabi bulganini takidladilar. Utgan davrda matematika ilmi va maktablari nimalarni boy berdi?

— Matematika ilmiy maktablari bizda utgan asrning birinchi yarmidan shakllana boshlagan va bugungi kungacha kengayishi va rivojlanishi uchun ustozlarimiz doim harakat qilishmoqda. Matematika fani chegara bilmaydi, yani bizning olgan natijalarimiz faqat Uzbekiston uchun emas, balki butun dunyo uchun yangilik bulishi lozim. Shuning uchun bizning faoliyatimizga dunyo miqyosida baho beriladi va biz khorijlik matematiklar etiborini qozonishimiz shart.

Uzbek matematiklaridan 2 nafari – Butunjahon fanlar akademiyasi akademigi va 5 nafari – TWAS’ning yosh olimlar bulimi azosi. Bizning olimlarimiz chet el olimlari tomonidan etirof etilmoqda. Masalan, mening bir maqolamga chet elning nufuzli jurnali keltirgan taqrizda: «…one of the authors is a well-known expert [23]», yani «juda taniqli ekspert…» deb etirof etilgan.

Bunday etiroflar uzbek matematiklarining kupi uchun aytilgan. Aytmoqchimanki, bugungi kunda ham, ustoz akademiklarimiz va matematiklarning fidoyiligi natijasida, uzbekistonlik matematiklarning ilmiy maktablari uz mavqeyini khalqaro darajada saqlab kelmoqda.

Endi «nimalarni boy berdi?» degan savolingizga qaytsak. Ikki narsani boy berdik. Birinchisi – etuk matematik mutakhassislar tayyorlash imkoni.  Ikkinchisi esa, vaqt. Har biriga izoh bermoqchiman:

Etuk matematiklar tayyorlash imkoni. Ilmda zamonaviy matematika, shuningdek, ming yillardan buyon echimini kutib turgan muammolarimiz juda kup. Ularni echish uchun biz etuk matematik kadrlarni muntazam tayyorlashimiz kerak. Bu kadrlarni oliy talim muassasalarini bitirgan yoshlar orasidan olib tayyorlaymiz.

Afsuski, OTM bitiruvchilarining kupchiligi 3 bahoga arzigulik bilim bilan bizga kelar edi. Chunki maktab va OTMlardagi talim sifati tushib ketgandi va OTMga uqishga kirish jarayonlaridagi nohaqliklar sababli ularni bitirgan yoshlar ichidan etuk matematiklar tayyorlash imkonini yuqotdik.

Bu bilan butunlay etuk mutakhassis yoshlar yuq, demoqchimasman. Salohiyatli yoshlarimiz ham bor. Bugun Uzbekistonda ilmiy darajali matematiklar soni takhminan 500 nafar, lekin ularning soni prezidentimiz aytganlaridek, 5000 nafar bulishi kerak edi.

VaqtMendan kup surashadi: dunyoda matematika buyicha eng mashhur markaz qaerda? Bu, shubhasiz, Fransiyaning Byur-syur-Ivett (Parijdan 23 km uzoqlikdagi kichkina shaharcha) shahridagi «Oliy ilmiy izlanishlar instituti» (IHES) hisoblanadi.

Institut saytini ochganingizda shunday jumlaga kuzingiz tushadi: «A total freedom of research for outstanding researchers», yani «Etuk olimlar ilmiy faoliyatiga tula erkinlik».

Ijod qiluvchilarga erkin ishlash sharoitini yaratib bergan bu institut muvaffaqiyatlari anchagina. Jumladan, bu institut khodimlari tarkibida 7 (etti) ta Filds medali (Fields Medal) va Shao mukofoti (The Shaw Prize – takhminan 1 mln. dollar) sohiblari ham bor. Ularning bu yutuqlaridan khulosa shuki, olim ilmiy natijalarga erishishida unga erkin ijod qilish sharoitini yaratish ulkan samara beradi.

Bu institut har yili dunyodagi taniqli olimlardan takhminan 200 nafarini taklif qilib, uz professorlari bilan hamkorlik sharoitlarini yaratib beradi. Men bu institutga 3 marta borganman.

Safarlarimning 1 oyida bajargan ishimni Toshkentda 6 oyda ham qilolmaganman. Nega? Chunki maoshimiz etmasdi, sharoitlar (internet, adabiyotlar etarli emas edi), qogozbozliklar kup edi.

25 yoshimda fan nomzodi va 30 yoshimda fan doktori ilmiy darajasini olganimga qaramay, tirikchiligim repetitorlik orqasidan edi. Miyam tinch emasdi, uning ijod vaqti boshqa narsalarga sarflanar edi. Qisqasi, IHES`dagi sharoit — ijod qilish erkinligi menda yuq edi. Yani ijodning juda kup vaqtini boy berdik.

«Olimlarni qattiq nazorat qilish foydasiz»

— Bu boy berilgan imkoniyatlar urnini qanday tuldirish mumkin?

— Quvonarlisi shuki, bugun maoshlarimiz 3 barobarga oshdi, Matematika instituti uchun yangi, zamonaviy, innovasion bino qurildi. Bugun hamma narsamiz bor! Endi erkin ijod qilib, natija kursatishimiz lozim.

Khush, topshiriqlarni uz vaqtida bajarishning chora-tadbirlari qanday? Uning rejasi qanaqa buladi? YOki olimlardan «Ilmiy ishlash kalendar rejasi va kutilayotgan natijalar» jadvalini olib, ularning har qadamini qattiq nazorat (chorak hisoboti, prezentasiyalar…) qilib ishlatish bilan vazifa bajariladimi?

Aslo! Chunki bu chora uzini oqlamaganini okhirgi 30 yillik faoliyatimiz kursatdi.

Bu – olimning vaqtini ugirlab, ijoddan muntazam chalgitdi, kholos.

Matematiklardan 1 yildan keyingi kutilayotgan natijalarini rejasiga kiritishni suradik. Ular esa takhminan yozib berishdi. Chunki, ayniqsa, matematika sohasida, olim kutilayotgan natijani bugun bilsa, u holda olayotgan natijasi yil okhiriga borib yangilik bulmaydi-ku!

Aspirant va doktorantlarimizga ham nazoratni kuchaytirib vaqtini ugirlab quydik. Har gal yoshlarimiz ilmiy ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbiri sifatida ularni kuchliroq nazorat qilish va yangi «20ta» jadval uylab topishdan boshqa chora kursatolmadik.

Dissertasiya mavzusini uqishning birinchi kunidan tayinlab quyib, uning erkin ijodini chegaralab quydik. Bu tugilmagan chaqaloqqa ugil-qizligini bilmasdan ism quyishga ukhshaydi.

Qolaversa, dissertasiya mavzusini OAK byulletennida (tekin emas!) chop ettirib, har safar yangisiga almashtirilganda OAKga khabar qilish va yangilash shartini quydik. Yani tugilmagan chaqaloqning hujjatini ham tayyorlab quydik.

Ilmiy darajalar berish tartibini uzgartirishlar natijasida qancha olimning vaqtini va davlat resurslarini yuqotdik.

Bugun esa olimlar uchun hamma sharoitlar bor! Lekin nega chet eldagi bazi vatandoshlarimiz qaytishga shoshilmayapti? Ular vatanparvar emas, deyishga shoshilmang. Chunki, bir vaqtlar bizning OTMlarimizdan birida kafedra mudiri bulib, «jadvallarga kumilib» yurgan, hozirda chet elda ishlayotgan bir olimning gapi menga juda tasir qildi:

«Daromadimning hammasini kharajat qilaman, chunki bu erlarda yashash qimmat. Hech narsa orttirmayman. Lekin ilmiy ish qilishga miyam tinch, erkin ijod qilaman».

Demak, vatandoshlarimiz chet elda uz yurtimizda topayotgan daromadidan kuproq daromad topolmayotgan bulsa-da, ilmiy ish qilishga bulgan muhit ularni chet elda qolib ketishiga sabab bulmoqda.

Aslida ijod erkinligi bilan talim erkinligi juda bogliq. Bunday faoliyat tusqinlik qiladigan va uqituvchini erkin ijodidan bezdiradigan suniy talablarga bir hayotiy misol keltirmoqchiman. Respublika OTMlaridan biridagi bir iqtidorli, chet elda himoya qilgan matematik olim matematikadan tugarak tashkil qilib, talabalarga (tekinga!) dars utib yurgan.

OTM rahbariyati tugarakning dars rejasi, vaqti, maqsadi, qatnashuvchilar ruykhati kabi malumotlarni tayyorlab berishni talab qilgan. Shundan sung uqituvchi hatto «Yuq, menda tugarak yuq», deyishga majbur bulgan. Nega? Chunki tekinga qilayotgan faoliyati uchun rahmat eshitish va ishonch bildirish urniga, yana jadvallarga kumilib, uylaganidan kuproq vaqti behuda ketishini tushungan, uni rasmiylashtirishdan qurqqan.

Atigi 4 bet qogoz qilib quysa, yuqoridan surovchilarga isbotlashga kerak-da dersiz. Lekin hurmatli tekshiruvchilarga bir haqiqatni aytay, qaysi OTM yoki ilmiy tadqiqot tashkilotida hamma qogoz-hujjat joyida bulsa, u joyda «ish bulmagan», ish bulmaganini qogozni joyida qilib yashirgan.

Boyagi uqituvchi tugarakni qogozini qilib quyib, uzi umuman dars utmaganida ham tekshiruvchilar 100 foiz ish bajarilgan degan bulardi.

Ikkinchi misol bundan-da ayanchli: bir professorning roziligini olmasdan, allaqanday komissiyaga azo qilib quyilgan. Bundan professorning uzi khabari ham bulmagan. Uni komissiyaning birinchi majlisiga taklif qilishganda, professor men ertaga ilmiy safar bilan chet elga ketaman, deb javob bergan. Urningizga boshqa odamni komissiyaga beringlar, shakhsan uzingiz uni bugun olib kelib, mening urnimda bu kishi qatnashadi, deb keting, deya topshiriq berilgan.

Bunday topshiriq bilan professorning vaqti behuda sarflanishiga kuz yumilmoqda. Professorning roziligi va komissiyada munosib azo sifatida faoliyat yuritishini hisobga olmasdan komissiyaga qushish esa tegishli tashkilotlarning ishni notugri tashkil qilishiga bir misoldir.

Demak, bugungi olimlar oldiga quyilayotgan topshiriqlarni samarali bajarilishi uchun olimlarning ilmiy salohiyati va imkoniyatiga mos ishlargagina jalb qilish maqsadga muvofiq.

Ijod erkinligi berish chorasi bizda tulaligicha ishlamaydi, shu bilan birga, olimlarimizga ijod erkinligini berib, ularning faoliyatini nazorat qilishdan butunlay voz kechishga ham tayyor emasmiz. Nega? Chunki olimlarimiz orasida, haqiqiy bahosi 3 bulganlari ham juda kup. Ular bilan prezident bizdan yil okhirida kutgan natijaga erishish mushkul, albatta.

Lekin olimlar safiga adashib kirgan va adashganligini tan olmayotganlarning hammasini ishdan haydash chorasi ham masalaga echim emas.

Shu urinda, ayniqsa matematiklarga khos bir haqiqatni tan olaylik: agar ijodkor olimning «teorema isbotlash» qobiliyati bulmasa, uni hech qanday kuchli nazorat bilan «teoremani isbotlash»ga majbur qilolmaymiz. Ular uzi uyalib, qulidan keladigan ishga utib ketishga undaydigan chora-tadbir kerak.

Matematiklar uchun (balki boshqa soha odamlari uchun bu taklif urinli bulmas), ijodiy erkinlik chorasini (nazoratdan butunlay voz kechmasdan) quyidagicha mahalliylashtirish mumkin:

·                   Ilmiy khodimlar ishi samaradorligi nazoratini institut rahbarlariga tula ishonish kerak. Masalan, institut khodimi chet el grantini olib (Uzbekiston puli bilan emas) safarga bormoqchi bulsa, unga rukhsat berishni institut rahbarining uzi hal qilishi lozim.

·                   Har bir matematik ilmiy khodim bir yilda kamida 2ta maqolasini chet el nufuzli jurnallarida chop etsin. Bu talabni olim qanday bajarishni uzi hal qilsin (khohlasa ish reja qilsin, khohlasa «ketmon chopsin»). Lekin yil okhirida kamida 2ta maqola chiqargani haqida hisobot bersin. (Masalan, mening chet eldagi birinchi maqolam 1997 yil chiqqan, bugungi kunda ular soni 135ta, yani 22 yildan buyon bir yilda urtacha 6ta maqolani chet elning nufuzli jurnallarida chop etiraman).

·                   Matematik olim talim sohasidagi ishini prezidentimiz quygan vazifalarni bajarilishiga qaratsin.

·                   Har bir fan doktori bir yilda kamida bitta PhD (yoki fan doktori) shogirdini himoya qildirsin. (Masalan, mening ilmiy rahbarligimda 12 aspirantning 11 nafari hamda 3 doktorant ilmiy ishini himoya qildi).

·                   Olimdan ish faoliyati haqidagi hisoboti yilda faqat 1 marta, yil okhirida olinsin. Yuqoridagi talablarni bajarmagan olimlar qulidan keladigan boshqa sohaga (uz khohishi bilan) utsin.

·                   Tayanch doktorant va doktorantlarning faoliyati nazoratini ilmiy rahbarga tuliq ishonish lozim. Ishni qanday tashkil qilishni ilmiy rahbarning uzi hal qilsin. Ilmiy rahbarga faqat bitta shart: olgan doktorantini uz muddatida himoya bilan tugatish vazifasi yuklatilsin. Agar shogirdi uz muddatida himoya qilmasa, bunday ilmiy rahbar va shogirdi davlat ularga sarflagan pulni belgilangan foizlar qushib davlatga qaytarishi belgilansin. Shu orqali bugun amalda bulgan «bir vaqtda kupi bilan 3tagacha doktorantga ilmiy rahbarlik qilish mumkin» degan shartni bekor qilish lozim.

Menimcha, yuqorida aytilgan choralar olimlar oldiga quyilgan vazifalarni tezroq bajarishga, olimlarni nazorat qilishga bugungi kunda ajratilayotgan mablaglar, resurslar va shtatlarni keskin qisqartirilishiga, nazorat qilishga masul bulgan shtatlarning uylab topayotgan har khil jadvallari va hisobotlarini keskin kamaytirilishiga, natijada esa olimlar ish samaradorligi oshirilishiga hamda davlatning bizga ajratayotgan pulining behuda sarflanishining oldini olishga khizmat qiladi.

— Matematika talimi, darsliklar holati qanday, kamchiliklar qanday bartaraf etiladi?

— Biz maktabda uqigan paytlarda darsliklar yillar davomida uzgarmas edi. Akalarim, men va uka-singillarim ham bitta darslikdan uqigan edik. Balki, usha paytlar bu darsliklar juda mukammal yozilgani bunga sabab bulgandir.

Matematika fani boshlangich asoslarini urgatuvchi mavzular 100 yillab uzgarmasligini hisobga olganda, bu mukammal darsliklarni yangi variantini yozish zaruriyati yuq edi.

Masalan, Sh.A.Alimov va boshqalarning «Algebra va analiz asoslari» darsligi, hamda A. Pogorelovning «Geometriya» kitobi juda mukammal yozilgan. Shunday bulsada, negadir matematika fani buyicha darsliklarni muntazam uzgartirishdi. Yangi darsliklar mazmuni va sifati biz uqigan darsliklardan kura uzgargani bugungi kunda sir emas.

Quvonarlisi shundaki, darsliklar sifati va bugungi kundagi talim dasturlari qayta kurib chiqiladigan buldi. Biz ishni boshladik, Khalq talimi vazirligidan hozirgi uqitilayotgan darsliklar va dasturlarni suradik. Maqsadimiz – ularni tanqidiy tahlil qilish va yangi yoziladigan darsliklar haqidagi aniq takliflar ishlab chiqish.

Khalq talimi tizimida darsliklardan kura qiyinroq muammo borki, bu — kadrlar. Matematikani uquvchilarga chuqur urgatadigan uqituvchilar etarli emas. Darsliklar bilan chegaralanib qolgan uqituvchilar juda kup. Uqituvchi dars utishda ijodiy yondoshishi, har bir matematik mavzuni hayotiy muammolar bilan boglab utishi, darslikdagi mavzuni sinfdagi uquvchilar uzlashtirish khususiyatini baholagan holda sinfga mos bayon qilishi zarur.

Mavzuning darslikdagi bayoni har bir sinfga mos ravishda «mahalliylashtirilishi» kerak. Masalan, alochi va matematik qobiliyatli uquvchilari kup sinflarga mavzuning darslikdagi bayoni kamlik qilishi, aksincha kuchsizroq sinflarda darslik bayoni qiyinlik qilishi mumkin. Bunda uqituvchi mahorati zarur buladi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekistondagi koronavirus bemorlari haqida yangi malumotlar berildi

Sogliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlar buyicha qushimcha malumot berdi. Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan …