Главная / Iqtisodiyot / Uzbekiston va Turkiya erkin savdo hududi tashkil etishni rejalashtirmoqda
<

Uzbekiston va Turkiya erkin savdo hududi tashkil etishni rejalashtirmoqda

Uzbekiston va Turkiya erkin savdo zonasini tashkil etish tugrisida bitim imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekiston investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov malum qildi.

Foto: Anadolu Agency

Uning suzlariga kura, hozir tomonlar imtiyozli savdo tugrisidagi kelishuv buyicha muzokaralar olib bormoqda. «Kelgusida biz erkin savdo zonasi tugrisida kelishuvga erishamiz. Bu bizning rejalarimizda bor», – dedi Umurzoqov prezident Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga tashrifi buyicha qushimcha malumot berib.

Vazir sunggi uch yil ichida ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmi ikki baravar kupayganini, 2020 yil okhiriga qadar esa tomonlar u 3 milliard dollarlik darajaga etishini kutayotganini takidlab utdi.

«Prezidentlar yaqin kelajakda savdo hajmini 5 milliard dollarga etkazish vazifasini quydi. Buning uchun bizda barcha asoslar bor. Turkiyalik sheriklarimiz bilan juda jiddiy ishlashimiz kerak. Avvalo, imtiyozli savdo tugrisidagi kelishuvni imzolash yunalishi buyicha. Biz bu bilan shugullanmoqdamiz», – deya qushimcha qildi Umurzoqov.

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurdi va u erda ikki mamlakat rahbarlari raisligida birinchi marotaba oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining yigilishi bulib utdi.

Muzokaralar chogida davlatlararo hamkorlikka oid keng kulamli masalalar, ularni hal qilish yullari, istiqboldagi muhim vazifalar kurib chiqildi, tomonlar qushma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. Strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisi yakunlari buyicha qushma bayonot, shuningdek, savdo, iqtisodiyot va tekhnologiyalar sohasidagi hamkorlik tugrisida hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kunida Mirziyoev Turkiyaning etakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashdi, Turkiya Respublikasi prezidenti qoshidagi Khalq kutubkhonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

О нас

Яна маълумот

5mi8CciwAxbgWh-_hLH11-C0iUlOiKZv

Karantin tatili paytida kontrakt va stipendiya tulash tartibi malum qilindi

Kontrakt tulash muddati haqida karantin tatili tugaganidan keyin khabar beriladi. Stipendiya esa avvalgi tartibda, faqat …