shartnomaUzbekiston Respublikasi va Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondi urtasida 30 million dollarlik zayom shartnomasi imzolandi. Bu haqida Investisiyalar buyicha davlat qumitasi matbuot khizmati khabar berdi.

Shartnomada qayd etilgan mablaglar “Qishloq joylarda zarur muhandislik, kommunikasion va yul-transport infratuzilmasiga ega turar-joylar qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga yunaltiriladi.

Hujjat Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Uy-joy va kommunal khizmatlar, Sogliqni saqlash, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari, Investisiyalar buyicha davlat qumitasi va boshqa joylarda utgan qator uchrashuv va muzokaralardan sung imzolangan.

Takidlash joizki, loyiha doirasida respublikadagi 138 km yulak va massivlararo yullar, 198 km suv quvurlari tarmoqlari, 151 km elektr taminoti tarmoqlari, 151 km gaz va ijtimoiy taminot tarmoqlari hamda bozor obektlari qurilishi kuzda tutilmoqda.