Главная / Jamiyat / Uzbekiston 250 nafar fuqarosini Khitoydan olib keldi
<

Uzbekiston 250 nafar fuqarosini Khitoydan olib keldi

Uzbekiston khavfli koronavirus tarqalayotgan Khitoy hududidan fuqarolarini evakuasiya qilishni boshladi.

Bugun, 4 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:21da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter reys orqali Uzbekiston fuqarolarini Khitoydan evakuasiya qilgan samolyoti Toshkent khalqaro aeroportiga qundi.

Samolyotda 250 nafar yulovchi, ekipaj azolari, shuningdek, tibbiyot khodimlari zamonaviy himoya vositalari bilan taminlangan virusologiya sohasi mutakhassislari Pekindan olib kelindi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi 

«Charter reysga Sogliqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar buyicha tajribali mutakhassis va epidemiolog-shifokorlari hamrohlik qilishdi. Ular tomonidan evakuasiya qilingan yulovchilar samolyotga chiqish paytida dastlabki tibbiy kurikdan utkazildi. Lozim bulganda zarur tibbiy yordam kursatish va parvoz paytida biologik khavfsizlikni taminlash uchun barcha zarur vositalar taqdim etildi.

Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Khitoydan olib kelingan vatandoshlarimiz koronavirusning Uzbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, khavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni taminlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida makhsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubasiyasi davrini hisobga olgan holda, Khitoydan olib kelinayotgan fuqarolarimiz ikki hafta davomida khalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qatiy karantin holatida saqlanadi. Shu davr yakuniga qadar harorati kutarilgan yoki boshqa kasallik alomatlari yuzaga kelganda zudlik bilan alohidalash, makhsus laboratoriya tekshiruvidan tuliq utkazish hamda davolash ishlarini standartlar buyicha olib borish uchun barcha zarur choralar kurilgan. Shu davrda ularning oila azolari bilan uchrashishi taqiqlanadi. Yaqinlari bilan faqat makhsus telefon aloqasi orqali muloqot qilishi mumkin buladi.

Tashkil etilgan vaqtincha karantin muassasalarida yuqumli kasalliklar buyicha malakali virusolog, epidemiolog va boshqa etakchi shifokor-mutakhassislar ish olib borishadi. Ular khavfli infeksiyalarga qarshi kurashda tashkhis quyish, davolash hamda karantin tadbirlarini tashkillashtirish tajribasiga ega. Shifokorlar karantin muassasasida belgilangan muddat yakuniga etgunga qadar faoliyat olib borishadi», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi khabarida.

  • Khitoydan olib kelinganlar orasida koronavirusga gumon qilinayotganlar yuqligi malum qilindi

Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Yulovchilarning vaqtincha turar joy markazida bulishiga oid savollar bilan Sogliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: +998 (71) 276-49-66.

Ayni vaqtda olib kelinganlarning qanchasi khavfli koronavirus uchogi bulgan Ukhandan evakuasiya qilingani malum emas. Ukhanda qolayotgan boshqa vatandoshlarni ham olib kelish uchun yana bir samolyot Khitoyga yuborilgan.

О нас

Яна маълумот

Qishloq khujaligi vaziriga yangi urinbosarlar tayinlandi

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Qishloq khujaligi vazirligida Uzbekiston prezidenti administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov raisligida …