harbiy-delegatciyaUzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari delegasiyasi Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarligi bilan tanishish uchun Ekaterinburgga keldi. Bu haqda 27 fevral, seshanba kuni okrug qushinlari qumondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkin khabar berdi.

«Toshkent harbiy okrugi qushinlari qumondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegasiya Uralga Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarligi va kundalik faoliyatini tashkil etish tajribasi bilan tanishish uchun tashrif buyurdi. Ekaterinburgda mehmonlar MHO qarorgohida bulib, harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa 14-armiyasi qumondonligi bilan ham uchrashishdi», – deya aytib utdi Roshchupkin.

Uning qushimcha qilishicha, yaqin kunlarda mehmonlar Chelyabinsk viloyatida joylashgan 90-tank bulinmasida ishini davom ettiradi.