Главная / Jamiyat / Uzbekiston khalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi
<

Uzbekiston khalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi

Uzbekiston khalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi khabar qilmoqda.

Manba khabariga kura, Tohir Malik shifokhonada bulgan, oshqozon kasalligi bilan bogliq ogir jarrohlik amaliyotidan sung uziga kelmagan. Bildirilishicha, janoza marosimi bugun, 16 may kuni asr namozidan keyin bulib utadi. YOzuvchi «Kukcha» qabristoniga dafn etiladi.

Tohir Malik (Tohir Abdumalikovich Hobilov) 1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tugilgan. Uzbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969).

Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining ulimi» (1972). «Zaharli gubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yuli elchilari» (1978), «Chorrahada qolgan odamlar» (1982), «Bir kucha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «Sunggi uq» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur.

«Shaytanat» romani yozuvchining yirik asarlaridandir. Asar asosida kup seriyali telefilm yaratilgan. «Jinoyatning uzun yuli» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuygular» (2003) nomli khotira, yodnoma, adabiy maqolalar tuplami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varakhsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan.

Rus yozuvchisi F. M. Dostoevskiyning «Masuma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini uzbek tiliga tarjima qilgan.

Tohir Malikka Uzbekiston khalq yozuvchisi unvoni 2000 yilda berilgandi.

Kun.uz tahririyati marhumning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

О нас

Яна маълумот

01

Prezident qarori: Uzbekistonda hokimlarning urinbosarlari soni yana bittaga kupaydi

Uzbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qushimcha chora-tadbirlar tugrisida prezident qarori …