Главная / Siyosat / Uzbekiston etti davlat bilan khalqaro aviareyslar buyicha cheklov muddatini uzaytirdi
<

Uzbekiston etti davlat bilan khalqaro aviareyslar buyicha cheklov muddatini uzaytirdi

Respublika makhsus komissiyasi navbatdagi bayonot bilan chiqdi. Unga kura, etti davlat bilan khalqaro aviareyslar buyicha cheklov muddati joriy yilning 1 fevraliga qadar uzaytirildi.

Qayd etilishicha, okhirgi oylarda ayrim khorijiy mamlakatlarda, khususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketganligi munosabati bilan, ushbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Evropa va boshqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablashtirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan khalqaro aviatashuvlarni cheklash buyicha qarorlar qabul qilingan edi.

“Shu jumladan, mamlakatimizdagi epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi uchoqlari paydo bulishiga yul quymaslik maqsadida Respublika makhsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan khalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) tukhtatilgan edi.

Bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligi saqlanib qolganligi sababli 2021 yil 10 yanvariga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika makhsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1 fevraliga qadar uzaytirildi”, – deyiladi bayonotda.

Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida sunggi 14 kun davomida bulgan shakhslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida Uzbekistonga kiritilmasligi belgilangan.

Shuningdek, sunggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bulgan holda uchinchi davlatlar orqali Uzbekistonga kirib kelayotgan Uzbekiston fuqarolari va fuqaroligi bulmagan shakhslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonkhonada karantinga olinishi tartibi davom ettiriladi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi, deyiladi malumotda.

О нас

Яна маълумот

mirziyoev

Shavkat Mirziyoev Avtomobil yullari qumitasi raisiga qattiq tanbeh berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Fargona viloyatiga safari doirasida Fargona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmagan tashrif bilan bordi. …