Главная / Jamiyat / Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi
<

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ

Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. Bu haqda «Uztuqimachiliksanoat» assosiasiyasi khabar bermoqda.

Qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli dunyoning kuplab mamlakatlari aholi uchun himoya niqoblari va kombinezonlar etishmasligi muammosiga duch keldi. Uzbekistonda ham aholini niqoblar bilan taminlash dolzarb vazifaga aylandi.

Sohadagi 275 korkhonada kuniga 6 mln donadan ortiq niqob va 45 ming dona kombinezon ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga, 1,7 mln dona himoya niqobi va 1,2 mln dona khalat gumanitar yordam sifatida, 13,4 mln dona niqob eksportga junatildi.

Mamlakatda niqoblar ishlab chiqarish buyicha Toshkent shahri, Namangan, Andijon va Toshkent viloyatlari etakchilik qilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 75 foizi ular ulushiga tugri keladi.

О нас

Яна маълумот

uH1YB77CSVKXNoocvl81EUWqU6ggplOb

Uyda davolanayotgan bemorlar uchun makhsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi

2 iyul kuni «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida …