Главная / Jamiyat / Uzbekistonda pakhta dalalarini tekshirish buyicha kampaniya boshlanmoqda. Bolalar mehnati va majburiy mehnat yuzasidan monitoring utkaziladi
<

Uzbekistonda pakhta dalalarini tekshirish buyicha kampaniya boshlanmoqda. Bolalar mehnati va majburiy mehnat yuzasidan monitoring utkaziladi

Uzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasida “2019 yilgi pakhta yigim-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratish, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoringni tashkil qilish borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida brifing utkazildi.

Uzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi matbuot khizmati khabariga kura, bir necha yildan buyon pakhta yigim-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilishini nazorat qilish, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring utkazib kelinmoqda.

Brifingda joriy yilda ham mazkur monitoringni utkazish rejalashtirilgani, u 25 sentyabrdan 31 oktyabrgacha davom etishi hamda bu yilgi Milliy monitoring Uzbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan tashkil etilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi bilan hamkorlikda utkazilishi tugrisida malumot berildi.

Monitoringga tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari, Khotin-qizlar qumitasi, Savdo-sanoat palatasi, YOshlar ittifoqi va joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek mahalliy huquq himoyachilari ham jalb etilishi bildirildi. Shuningdek Milliy monitoringda AQSh, Evropa davlatlari va bir qator khalqaro kasaba uyushmalari markazlari vakillarining ishtirok etishi ham kutilayotgani takidlandi.

mqqsu4xpngmb1_br4fsjyxajwor0pg3t

Monitoringni utkazishdan asosiy maqsad – pakhta yigim-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilganini baholash, pakhta yigim-terimi ishlarida 18 yoshga tulmagan shakhslarning, uquvchi va talabalarning, byudjet tashkilotlari khodimlarining majburiy mehnatidan foydalanishga yul quyilmasligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralarini kurish.

Urganish jarayonida pakhta terayotgan voyaga etmagan shakhslar aniqlansa, ularni zudlik bilan daladan olib chiqish va uquv dargohiga yoki uyiga qaytarish choralari kuriladi. Bu haqda akt (dalolatnoma) tuziladi va mehnat inspeksiyasiga aybdor shakhslarga nisbatan chora kurish uchun yuboriladi.

Majburiy mehnatdan foydalanish holatlari aniqlangan holda ham zudlik bilan akt (dalolatnoma) tuziladi hamda mehnat inspeksiyasi chaqirilib, ularni ish joylariga qaytarish choralari kuriladi. Shu bilan birga, mazkur vaziyatni urganish uchun hududiy “Qayta aloqa mekhanizmi” (MOS) vakillariga ham khabar beriladi.

Eslatilishicha, khodimlarning mehnat huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan Qayta aloqa mekhanizmi (MOS) Uzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimida tashkil etilgan bulib, mavsum davomida uzluksiz ravishda kecha-yu kunduz ishlaydi, bunda 1092 qisqa raqamli “Ishonch telefonlari”, internet saytlar, telegram ijtimoiy tarmogi imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.

Milliy monitoring davrida urganish natijalarini oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi va monitoring yakunlari dekabr oyida Khalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda utkaziladigan davra suhbatida batafsil elon qilinadi (Uzbekiston Respublikasining “Bola huquqlari tugrisida”gi va “Shakhsiy malumotlar tugrisida”gi Qonunlari hamda Khalqaro mehnat tashkiloti bilan kelishilgan “Monitoring uslubiyoti” talablariga muvofiq oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi).

Alohida takidlanishicha:

– korkhona, tashkilot va muassasalar khodimlaridan hech kimni mehnat shartnomasini bekor qilish yoki intizomiy jazo berish tahdidi ostida pakhta yigim-terimiga jalb etish mumkin emas;

– hech bir korkhona, tashkilot, muassasa rahbari khodimlarni pakhta yigim-terimiga yuborish tugrisida buyruq chiqarishi mumkin emas;

– mehnatkashlar, tadbirkorlar, dehqon bozorlarida savdo-sotiq bilan shugullanuvchilar, mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan pakhta yigim-terimi uchun pul mablaglari yigish qatiyan taqiqlanadi;

– terilgan pakhtaning har bir kilogrammi uchun tulanadigan terim pullari har besh kunda, terimchilar khohishiga kura zarurat tugilganda – har kuni tulanishi lozim.

Byudjet tashkilotlari khodimlarini, uquvchi va talabalarni, umuman, fuqarolarni pakhta yigim-terimi ishlariga majburan jalb qilish yoki bunday ishlarni boshqalar bajargani uchun pul yigish holatlari ruy berganda huquqni muhofaza qilish organlariga yoki kasaba uyushmalarining 10-92 raqamli “Ishonch telefoni”ga  khabar berilishi zarur.

Shuningdek, majburiy mehnat qaltisliklarini keltirib chiqaruvchi boshqa alomatlar, yani fuqaroning zaifligini suiistemol qilish, aldov, hujjatlarni olib quyish, ish haqini tulamaslik, khavfli mehnat sharoitlarida ishlatish, ish vaqti meyorlariga rioya qilmaslik kabi holatlarda ham yuqoridagi “Ishonch telefoni”ga murojaat qilish mumkin.

О нас

Яна маълумот

BPG-QxVAp4Vmca626OtLF2BXmuWOPSkq

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng …