Главная / Jamiyat / Uzbekistonda 1 noyabrdan darakhtlar kesilishiga moratoriy joriy etiladi
<

Uzbekistonda 1 noyabrdan darakhtlar kesilishiga moratoriy joriy etiladi

2019 yilning 1 noyabridan Uzbekistonda darakhtlar kesilishiga moratoriy joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “2030 yilgacha bulgan davrda Uzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash tugrisida”gi farmonda aytilgan.

Hujjatga kura, Davlat ekologiya qumitasi, Uzbekiston Ekologik partiyasi va jamoatchilikning davlat urmon fondiga kirmaydigan darakhtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etish tugrisidagi taklifi maqullandi.

Belgilanishicha:

a) moratoriy 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha amal qiladi;

b) moratoriy amal qilish davrida vakolatli davlat organlariga davlat urmon fondiga kirmaydigan darakhtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga rukhsatnoma berish man etiladi, ushbu bandda belgilangan holatlar bundan mustasno;

v) moratoriy:

tabiiy omillar yoki zararkunandalar, usimliklar kasalliklari tasirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogligiga, yuridik va jismoniy shakhslarning mol-mulkiga khavf tugdiruvchi darakhtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga;

yogoch va mevalar olish uchun ustirilayotgan darakhtlar hamda butalarni (terak va tez usuvchi boshqa navlar, tut plantasiyalari, mevali darakhtlar va butalar) kesishga;

plantasiyalarda ustirilayotgan va/yoki yuridik va jismoniy shakhslarning mulki hisoblangan darakhtlar hamda butalarni kesishga joriy etilmaydi.

Vazirlik va idoralar, shuningdek, khujalik boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari obektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun er maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv taminoti, kanalizasiya, temir yul hamda avtomobil yullari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan, darakhtlar va butalarni kuchirib utkazish amaliyotini qullash orqali ularning saqlab qolinishini qatiy taminlaydi.

О нас

Яна маълумот

n5aFd6Cf70jDzH24iG6Z0D_1YcIxXtdC

Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlarda uzgarish yuz beradi

Uzbekiston Qurolli Kuchlaridagi harbiy unvonlarda uzgarish yuz beradi. “Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartish va …