Главная / Jamiyat / Uzbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda
<

Uzbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda

Uzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilmoqda. Mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashgani hisobga olinib, Respublika makhsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.

«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari sunggi kunlarda usib borayotganligi va ayrim hududlarda yuqori kursatkichlar qayd etilayotgani, shu jumladan aholi urtasida infeksiyani yuqtirish darajasi oshib borayotgani ham sanitariya-gigiena nazorat tizimini yanada takomillashtirish va kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda.

Bu borada, birgina Toshkent shahri Yunusobod tumanida tashkil etilgan tuy marosimi natijasida 76 kishining infeksiya bilan kasallanishi ruy bergani, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlash va tibbiy niqoblar hamda antiseptik vositalardan foydalanish talablariga rioya etilmagani sababli Toshkent viloyatida zararlanish holatlari soni oshib ketganini misol keltirishimiz mumkin», deyiladi komissiya akhborotida.

Komissiya qaroriga kura, 1 iyul kunidan respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shugullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi.

«Qizil» va «sariq» hududlarda soat 07:00dan 23:00ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq tuplanish hamda 23:00dan 07:00ga qadar kuchalarda, kup qavatli uylar va hovlilar oldida bulish taqiqlanadi.

Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor kurigidan utish uchun davolash muassasasiga yokhud zarur dori-darmon kharid qilish maqsadida dorikhonaga borib-kelishiga rukhsat beriladi.

Mazkur talablarni buzgan shakhslarga nisbatan belgilangan tartibda mamuriy javobgarlik choralari qullanadi.

Shuningdek, «qizil» va «sariq» hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

О нас

Яна маълумот

dLLhg50oON4cg96alIOAFc_PvUhNwvQg

Qashqadaryoda taksi faoliyati ham taqiqlanishi mumkin, Kitobdagi post tuliq yopiladi — Zoyir Mirzaev viloyat ahliga murojaat qildi

Bugun, 9 iyul kuni Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash …