Главная / Jamiyat / Uzbekistonda qancha amaldor korrupsiyaga qul urdi?

Uzbekistonda qancha amaldor korrupsiyaga qul urdi?

Korrupsiyaga qarshi kurashning oltin qoidalari mavjud emas: u turli jamiyatlarda har khil kurinishda namoyon buladi. Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi malumotiga kura, respublika buylab, 2018 yilda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shakhs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu shakhslarning 821 nafari uzganing mulkini uzlashtirish yoki rastrata yuli bilan talon-taroj qilish, 138 nafari pora olish va berish, qolganlari esa boshqa mansabdorlik jinoyatlarida ayblangan.

2tfi4gpbavvne_93gvm0p8eggmybwqoz

Hisobotda keltirilayotgan raqamlar kichik yo kattaligini tasdiqlab bulmaydi. Shunga qaramay, korrupsiyaga qarshi kurash qanday kechayotganini tahlil qilish mumkin.

Nimalar qilindi?

Uzbekistonning zamonaviy tarikhida korrupsiyaga qarshi kurashish buyicha muhim qarorlar qabul qilindi: BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qushilish, «Korrupsiyaga qarshi kurashish tugrisida»gi qonun, «Korrupsiyaga qarshi kurash tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tugrisida»gi Prezident qarori kuchga kirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning institusional tuzilmasi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish buyicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Ammo 2018 yil davomida faqat 138 nafar amaldorning pora olish va berish holati bilan qulga tushgani, ishlar samarali tashkil etilganini anglatmaydi.

Negaki, korrupsiyaga aloqadorlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan shakhslarning aksariyatini – khujalik yurituvchi subekt rahbarlari (580 kishi), talim sohasi vakillari (247 kishi), sogliqni saqlash tizimi vakillari (83 kishi) va qolgan qismini boshqa soha vakillari tashkil qiladi. Yani, korrupsion holatlarni fosh etish ijtimoiy soha vakillari orasida tez-tez uchrab turibdi, ammo jamiyatning boshqa kasb egalari haqida malumot mavjud emas. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shakhslarning 39 nafari respublika, qolganlari viloyat tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korkhona va tashkilotlarda ishlab kelgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashning 5 yuli

1. Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy richagi — jazoning muqarrarligi va javobgarlik mavjudligida. Qonunlarda javobgarlikni qatiylashtirmasdan, har bir harakat uchun jazo muqarrarligini belgilamasdan, hech qaysi jamiyatda korrupsiyaga qarshi samarali kurash tizimini tashkil etib bulmaydi. Masalan, Uzbekiston Jinoyat kodeksida korrupsiya holatlarida bazan etkazilgan moddiy zararning urni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qullanilmasligi ham mumkin.

Masalaning boshqa tomoni esa jazo mavjud bulsa-yu, javobgarlikka tortish holati yokhud ishlari sust kechsa, u holda nima qilmoq kerak? Uylashimcha, buning uchun quyidagi bandalarga etibor qaratish lozim.

2. Mamuriy va moliyaviy ish yuritish uslubini isloh etish kerak. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, audit agentliklari rolini oshirish jamiyat hayotida kutilgan va ijobiy yangiliklarga sabab buladi. Fuqarolar uchun byudjet elon qilindi, ammo davlat kharidlari masalasida yakuniy nuqta quyilmagan. Khalqaro moliyaviy tashkilotlar taqdim etayotgan kreditlar nima maqsadda, qanday sarflanayotgani haqida ham ochiq malumotlar bazasi mavjud emas.

Uzbekistonda juda kup korrupsiogen holatlar maishiy yumushlar, khususan idora yo tashkilotlar tomonidan kursatiladigan davlat khizmatlari bilan bogliq. Jahon tajribasida ekspress kassa tushunchasi yuritiladi, yani khizmatlarning tezkor kursatilishi uchun qushimcha pul tulash legallashtirilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashning bunday echimi haqida ham uylab kursa buladi, chunki pora berish masalasi aynan davlat khizmatlarini kursatishda kup uchraydi. Shuningdek, mamuriy boshqaruvdagi byurokratik tusiqlar, sansalorlikka solish ham korrupsiyaning rivojlanishiga jiddiy sabab buluvchi omillardan sanaladi. Buning uchun qonunchilikning korrupsiyaga moyil normalarini qayta kurib chiqish tavsiya etiladi.

3. Matbuot erkinligi va malumotlar ochiqligi korrupsiyaning ashaddiy kushandasi hisoblanadi. Freedom House inson huquqlarini himoya qilish khalqaro tashkiloti «Freedom in the world 2019» hisobotida 195 mamlakatidagi vaziyatni qiyosiy tahlil qilib, Uzbekistonni suz erkinligi mavjud bulmagan davlatlar qatoriga qushgan. Bunday salbiy kursatkich matbuot erkinligiga ham taalluqlidir.

Davlat tashkilotlari, idora va khujalik subektlarining moliyaviy shaffofligi maqtovga arzigulik darajada emas, yillik hisobotlar esa davra suhbatida aytiladigan umumiy gaplar bilan tuldiriladi. Ahamiyatga molik tender, tanlov va imtiyozlar qay tartibda taqdim etilishi, berilgani deyarli mavhum qoladi. Rasmiy statistikaning imiji uzoq paytlar salbiy fonda qolgandi.

4. Parlament oldida mansabdorlar, tashkilot vakillarining hisobdorligini oshirish kerak, bu jarayonlar keng jamoatchilikka etib borishida kumak zarur. Uzbekistonda davlat byudjetidan tashqari, vazirlik, tashkilotlar huzurida turli maqomdagi jamgarmalar mavjud. Uning mablaglari qanday sarf etilayotgani, balans haqida umumiy malumot ham ommaga elon qilinmaydi. Masalan, shu paytgacha utgan Uzbekistondagi saylov kampaniyalari uchun qancha pul sarflangani OAVga malum qilinmagan.

5. Lobbizm va davlat khizmatchilari, ularning yaqin qarindoshlariga oid malumotlar ochiqlanishi kerak. Soddaroq qilib aytganda, tor doira shakhslar manfaatida parlament muhokamasida (bizning vaziyatda hukumat va quyi buginlarda ham) bir yoqlama ish kuruvchilar maqomi rasman keltirilishi, davlat amaldorlari va biznes doirasining har bir uchrashuvi rasman ruykhatga olinishi lozim. Aks holda, ruykhatga olinmagan uchrashuv yokhud aloqaning uzviyligi aniqlansa, javobgarlik paydo bulishi kerak.

Shu bilan birga, davlat khizmatchilarining alohida maqomini belgilab beruvchi qonun qabul qilinishi lozim. Davlat khizmatchisi va uning yaqin qarindoshlari qancha mol-mulkka egaligi, orttirayotgan boyligi haqida rasmiy malumot tarqatilishi lozim.

Korrupsiya davlat va fuqaro urtasidagi ijtimoiy shartnomaga rakhna soladi, jamiyatda vayronkor goyalarning paydo bulishiga, rivojlanishiga sabab bulishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurash masalasi qanchalik siyosiy iroda bogliq holat kurinsa-da, unga befarqlik oqibatlari faqat iqtisodiy buhronlarga olib keladi. Korrupsiyaga qarshi kurash sohada yuqori tekhnologiyalarni joriy etmasdan turib, yakhshi natijaga erishish mumkin bulgan harakat emas.

Alisher Ruziokhunov

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …