Главная / Jamiyat / Uzbekistonda yil uchun davlat dasturi, AQShda saralanayotgan nomzodlar, Suriyada yangi urush khavfi va haftaning boshqa khabarlari
<

Uzbekistonda yil uchun davlat dasturi, AQShda saralanayotgan nomzodlar, Suriyada yangi urush khavfi va haftaning boshqa khabarlari

Yakunlanayotgan hafta ham barcha haftalarda bulganidek muhim jarayonlarga boy buldi, jahonning turli nuqtalarida ham, Uzbekistonda ham etiborga molik voqealar bulib utdi. Kun.uz utgan haftaning eng asosiy va diqqat markazida turgan mavzulari buyicha haftalik dayjestni taqdim etadi.

Propiska, aviakompaniyalar va Konstitusiyaviy sudga murojaat qilish huquqi

11 fevral kuni prezidentning «Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili da amalga oshirishga oid davlat dasturi tugrisida»gi farmoni loyihasi muhokamaga quyildi. Unga kura, Toshkentda 2020 yil 1 apreldan doimiy propiskasiz uy sotib olishga rukhsat berilishi mumkin.

Farmon loyihasida Uzbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega bulgan jismoniy shakhslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda kuchmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish ham kuzda tutilgan.

Davlat dasturi loyihasida Uzbekistonda 5ta yangi aviakompaniya tashkil etilishi ham kuzda tutilgan.

Unga kura, yangi aviareyslar uchish va qatnovlar davriyligini oshirish asosida mavjud aviaqatnovlar soni qushimcha 2800taga kupaytiriladi. Shuningdek, IATA (Havo transporti khalqaro assosiasiyasi) Summer-2021 yozgi mavsum boshlangunicha, «Ochiq osmon» rejimi tatbiq etilgan mamlakatning khalqaro aeroportlarining har birida yangi 10ta khalqaro aviareysni yulga quyish vazifasi topshirilgan. ora-tadbirlar dasturida fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar sonini yanada kupaytirish, turizm sohasida nufuzli khalqaro reytinglarda, khususan, Butunjahon sayohat va turizm kengashi (World Travel & Tourism Council) reytingida Uzbekiston urnini yakhshilash ham kuzda tutilgan.

12 fevral kuni Uzbekistonda utkaziladigan khalqaro aviasiya forumi buyicha matbuot anjumanida Transport vaziri Elyor Ganiev kelgusi 5 yilda aviasiya bozorida raqobat muhiti kuchayishi, monopoliya butkul tugatilishi va 5-6ta yangi aviatashuvchi tashkil etilishi haqida gapirdi. Shuningdek, Uzbekistonda aviakompaniyalar uchun aeroport yigimlari 20 foizga, aviayoqilgi narkhi urtacha 100 dollarga arzonlashtirilishi malum qilindi.

Khorijiy aviatashuvchilarni ular Uzbekiston rezidenti sifatida ruykhatdan utish sharti bilan jalb etishni rejalashtirmoqda. Hozirda turtta kompaniya bilan muzokaralar boshlangan. 19-20 fevral kunlari Toshkent shahrida utkaziladigan «Uzekspomarkaz» kurgazmalar maydonida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistic Forum» (UAALF-2020) khalqaro aviasiya forumi doirasida khorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib boriladi.

2020 yilgi davlat dasturiga kura, Konstitusiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega shakhslar toifasini kengaytirish taklif etilmoqda.

Konstitusiyaviy sudda kurib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega bulgan subektlar qatoriga jismoniy va yuridik shakhslar, prezident huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish buyicha vakil, Inson huquqlari buyicha milliy markaz, viloyatlar va Toshkent shahar khalq deputatlari Kengashlarini kiritish nazarda tutilgan.

Konstitusiyaviy sudning kurib chiqishi uchun masala Konstitusiyaviy sudning kamida uch sudyasi tashabbusi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Uzbekistonda sud qarorlarini ijro etish tizimini ilgor khalqaro amaliyot asosida qayta kurib chiqib, nodavlat ijrochilar instituti tashkil qilish, khususiy ijro byurolari faoliyati yulga quyish rejalashtirilgan.

AQShda saylovlarga start berildi

Trampga qarshi chiqishi mumkin bulgan nomzodlar Sanders, Buttidjich, Uorren va Bayden

Fevral oyida AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari rasman boshlandi. Avval Ayovada kokus, Nyu-Hempshirda praymeriz bulib utdi. Demokratik partiyada dastlabki ovoz berishlardan sung, 4 yil avvalgi saylovlarda ham Hillari Klintonga okhirigacha qarshilik kursatgan 78 yoshli senator Berni Sanders etakchilik qilmoqda. Undan keyingi urinlarni 38 yoshli Pit Buttidjich, Minnesota shtatidan senator bulgan 59 yoshli Emmi Klobushar hamda Massachusets shtatidan AQSh senatori, 70 yoshli Elizabet Uorren band etgan. Saylovga nomzodini quyganida favorit bulgan va utgan yilgi surovlarda birinchi bulgan sobiq vise-prezident Jo Bayden esa AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tomonidan unga qarshi olib borilgan kampaniya tasiri tufayli uz pozisiyalarini boy bergan – praymerizda beshinchi bulgan bu nomzod hozircha birorta delegat ovoziga ega emas.

Fevral oyi okhirigacha yana ikkita praymeriz bulib utadi – 22 fevral kuni Nevadada, 29 fevral kuni Janubiy Karolinada. 3 mart kuni esa AQShd «superseshanba» bulib utadi – shu kunga birayula 15ta shtatda, jumladan, Tekhas va Kaliforniyada saylovlar belgilangan.

«Superseshanba»ni yutganlar poygada katta ustunlikka ega buladi. Bu yil «superseshanba» mart oyining dastlabki seshanbasiga tugri kelmoqda. Demak, 16 iyunda vakillar tanlash yakunlangach, 13-16 iyul kunlari Miluoki shtatida utkaziladigan partiya yigilishida demokratlar partiyaning asosiy nomzodini tanlab oladi. Prezidentlik saylovlari esa 3 noyabrda bulib utadi, bu AQSh tarikhidagi 59-prezidentlik saylovi buladi.

Idlibdagi keskinlik

Bashar Asad armiyasi askarlari Idlibda / Getty Images

Prezident Bashar Asad boshqaruvidagi Suriya armiyasi utgan yil dekabrida Eron tasiridagi kuchlar bilan birgalikda mamlakat shimoli-garbidagi Idlib viloyatiga yurish boshlagandi.

Fevral oyi boshida Idlibdagi vaziyat keskinlasha boshladi. 10 fevral kuni Asad armiyasi bergan artilleriya zarbalari oqibatida turk harbiylari halok buldi. Turkiyaning sunggi haftalardagi yuqotishlari 14 harbiyni tashkil qilmoqda. Turkiyadagilar nafaqat javob zarbasi qaytarishni, balki Suriya hukumati qullayotgan Rossiya bilan munosabatlarni qayta kurib chiqishni ham talab qila boshlashdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugan agar Idlibda yana bir turk askari jabrlansa, Anqara Suriya kuchlariga «har qayoqda» javob zarbalari berishini malum qilgan.

U hatto ultimatum quygan: fevral oyi okhirigacha Rossiya tomonidan qullanayotgan Asad kuchlari Idlibdan chekinishi va turklarning postlari atrofidan ketishi kerak.

Turkiya ayni vaqtda Idlibdagi kuzatuv postlari va harbiy bazalariga 12 ming harbiysini joylashtirgan, yuzlab tanklar va harbiy tekhnikalar postlarni kuzatish uchun junatilmoqda.

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Aleksey Erkhov Idlibdagi keskinlashuv ortidan unga turli tahdidlar kela boshlaganini malum qilgan. Rossiyaning avvalgi elchisi Andrey Karlov 2016 yil dekabrida Anqarada otib uldirilgandi. Ekspertlarning hisoblashicha, sunggi voqealardan keyin Turkiya va Rossiya urtasiga yana sovuqchilik tushishi mumkin.

Koronavirusning Evropadagi ilk qurboni

Foto: GETTY IMAGES

16 fevral tongidagi malumotlarga kura, Covid-19 koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligiga chalinganlar soni 69264 kishini tashkil qilmoqda. Khitoyning materikdagi qismida bir kunda 2009ta yangi holat qayd etildi, mamlakat hududidagi bemorlar soni 68500 nafarga etgan.

Khitoyda bu virus qurbonlari soni 142taga oshdi va qurbonlarning jami soni 1668tani tashkil qilmoqda. Qurbonlar orasida 6 nafar shifokor ham bor, Khitoyda 1100dan ortiq tibbiyot khodimlari virusni yuqtirib olgan.

Yaponiya, Fransiya va Filippinda ham bittadan ulim holati qayd etilgan. KhKhRdan kelgan 80 yoshli sayyoh koronavirusning Evropadagi ilk qurboni buldi.

Buyuk Britaniyada sogliqni saqlash vazirligi khodimlari Londondagi konferensiyaga kelgan yuzlab ishtirokchilar bilan boglangan, ulardan biriga koronavirusdan zararlanish tashkhisi quyilgan. Hozircha Britaniyaning 9 fuqarosida kasallik aniqlangan.

Misr sogliqni saqlash vazirligi mamlakat hududida khorijlik sayyohlardan birida koronavirus aniqlanganini malum qildi – bu Afrika hududidagi ilk holatdir. U karantinga joylashtirilgan.

Vetnamda 10dan ortiq virus holati aniqlangach, un mingdan ortiq kishi karantinga joylashtirilgan. Umuman, Khitoydan tashqaridagi 24 davlatda 500dan ortiq virusdan zararlanish holati qayd etilgan.

AQSh Davlat departamenti Shimoliy Koreya hududida kasallik keng tarqalishi mumkinligidan khavotir bildirgan, bu davlat hukumati hozirga qadar kasallik bilan bogliq hech qanday malumot bermagan.

Qizil Khoch jamiyati Shimliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni va u erga dori-darmon etkazishni osonlashtirishni suramoqda. Mamlakatda virusni aniqlash vositalari hamda virus tarqalishiga tayyorgarlik kurish uchun himoya vositalariga zarurat yuzaga kelgan.

JSST maslahatchisi Ayra Lonjini esa epidemiya hali uz chuqqisiga etmagani, virus Er aholisining uchdan bir qismini qamrab olishi mumkinligidan ogohlantirgan. Uning prognozi Bloomberg agentligi tomonidan keltirilgan.

Koronavirus infeksiyasidan 6465 kishi sogayib ketgan. Khitoy sogliqni saqlash milliy komissiyasi biologik markazi direktori Chjan Sinmin malum qilishicha, mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovdan utkazilmoqda.

Uzbekiston Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi malumotiga kura, 1-14 fevral kunlari davomida Khitoyning 451 nafar fuqarosi Uzbekiston hududiga kirib kelgan va ular urtasida kasallik aniqlanmagan (tibbiy kuzatuv olib borilmoqda). Bundan tashqari, 4-6 fevral kunlari Uzbekistonga Khitoydan kelgan 584 nafar Uzbekiston fuqarosi «Buston», «Energetik» sanatoriylari va 6-sonli shahar klinik shifokhonasiga joylashtirilgan bulib, ular urtasida ham koronavirus aniqlanmagan.

Ayni vaqtda, 14-15 fevral kunlari 6-sonli klinik shifokhona va «Energetik» sihatgohiga joylashtirilgan fuqarolar va ularga khizmat kursatuvchi ishchi-khodimlardan jami 389ta qayta laboratoriya tahlili uchun namuna olindi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik kursatmaga asosan 15 fevraliga qadar jami 1 352 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Rektorlarning ommaviy ravishda ishdan olinishi

14 fevral kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent kimyo-tekhnologiya instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Jizzakh davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Quqon davlat pedagogika instituti rektorlari lavozimidan ozod etildi.

Maktabgacha talim vaziri urinbosari Sobitkhon Turgunov Namangan davlat universiteti rektori lavozimida Muzaffar Esanovni, Khalq talimi vazirining birinchi urinbosari Alisher Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetida Shavkat Sharipovni, Iqtisodiyot va sanoat vaziri urinbosari Botir Usmonov Toshkent kimyo-tekhnologiya institutida Shuhrat Mutalovni almashtirgan.

Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Jasur Rizaev ham lavozimdan olinib, 16 yildan buyon Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektorlik qilib kelgan Azamat Shamsiev urniga tayinlandi.

Jizzakh davlat pedagogika instituti rektori Abdugani Kholbekov lavozimidan ozod etilgan va uning urnini Toshkent davlat pedagogika universitetining sobiq rektori Shavkat Sharipov egallagan.

31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qumitasida olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoev oliy talim masalasida fikr bildirib, rektorlar faoliyatini tanqid qilgan hamda kuplab rektorlar ishdan olinishi haqida gapirgandi.

«Yaqinda kup rektorlar ishdan olinadi. Mening stolimda turgan malumotlarga kura, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor bulish u yoqda tursin, hatto qorovul bulishga arzimaydi», degandi prezident.

Oltinsoydagi mojaro

14 fevral kuni Surkhondaryo viloyatining Oltinsoy tumanining «Khalqabod» mahallasi hududida uyi buzilishidan norozi aholi va IIB khodimlari urtasida tuqnashuv yuz bergani tasvirlari tarqaldi.

Viloyat IIB akhborot khizmati khabariga kura, hodisa 8 fevral kuni ruy bergan bulib, mazkur jarayonda ayrim fuqarolar qullariga turli buyumlar — tayoq, bolta, belkurak va toshlar bilan ishchi guruh vakillariga hujum qilganliklari oqibatida urtada janjal kelib chiqqan. Kurilgan choralar natijasida jamoat tartibini buzayotgan fuqarolar zararsizlantirilib, vaziyat barqarorlashtirilgan.

Ushbu jarayonda ikki nafar tuman IIB khodimlari hamda bir nafar fuqaro tan jarohati olgan.

16 fevral kuni Uzbekiston Bosh prokuraturasi ushbu nizoli holat yuzasidan bayonot berdi.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

О нас

Яна маълумот

BDPyLOC3ZZ8aCtWWsbmJbzYPD6Lo7wWh

Liviyadagi aviabazaga nomalum samolyotlar hujum qildi

Ayrim manbalarga kura, ushbu aviabazada Turkiya havo hujumidan mudofaa vositalari joylashtirilgan. Foto: Anadolu Agency  Liviya …